Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Ishning diagnostik bosqichini uslubiy ta’minlash


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

Ishning diagnostik bosqichini uslubiy ta’minlash 
Qatnashchilarning 
psixologik 
diagnostikasi 
suitsidal 
maqsadlarning 
darajalarini, kompleks birgalikning zarurligini, psixologik yordam strategiyasini 
aniqlashga yo’naltirilgan. 
Suitsidal maqsadlar darajasini ifodalovchi metodlar: 


34 
1.M.Lyusherning ranglar testi. Psixoemotsional holat va nerv-psixik 
barqarorlik, kechinmalarning namoyon bo’lishi, keskin vaziyatlarda xulq-atvor 
xususiyatlari va o’z kuchi bilan shunday vaziyatlardan chiqish imkoniyatlari
depressiv holatlarga moyillik va affektiv reaktsiyalarni aniqlash imkonini beradi. 
Mazkur metodika kattalar va 5 yoshdan katta bolalar uchun mo’ljallangan. Suitsidal 
xulq-atvor xavfli alomatlari namoyon bo’lgan Q7Q4 guruhini tanlash hisoblanadi 
ya’ni muammolar, qiyinchiliklar, keskinliklardan asoratsiz va kutilmagan harakatlar 
bilan xalos bo’lishga intiladi. Xalos bo’lish yo’llarini qidiradi, engiltak qiliqlari bilan 
o’z joniga qasd qilishgacha qodir bo’ladi. 
2.A.A.Kucher, 
V.P.Kostyukevichning 
bolalarda 
suitsidal 
xavfning 
namoyon bo’lishi testi. Autoagressiv mayl va omillarining namoyon bo’lishi, 5–11 
sinf o’quvchilarida suitsidal maqsadlarning shakllanganlik darajasini o’rganish 
maqsadida qo’llaniladi. 
3.“Tugallanmagan gaplar” metodi, uslubning SAKS-Sidney varianti, 
V.M.Bexterev nomli psixonevrologiya labaratoriyasida adaptatsiya qilingan. 1-
sinfdan boshlab barcha o’quvchilar uchun foydalanish mumkin. Metodika orqali 
o’ziga, oilasiga, tengdoshlariga, kattalarga, boshdan o’tkazilgan qo’rquv va 
xavfsirashlarga, o’tmish va kelajakka, hayotiy maqsadlarga nisbatan munosabatlarini 
baholashga imkon beradi. 
4.O’smirning suitsidal xulq-atvori diagnostikasi (G.Ayzenkning o’smirlar 
uchun “Shaxsning o’z psixik holatiga bahosi” so’rovnomasi modifikatsion varianti). 
So’rovnoma shaxsning xavotirlanish, agressiya darajasini o’smirning suitsidal mayli 
shakllanishiga ta’sirini aniqlash uchun mo’ljallangan. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling