N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115
Sarazm madaniyati eneolit davrining noyob yodgorligi hisob­
lanadi. Hozirgi Sarazm qishlog‘i Zarafshon vohasining yuqori qismida 
0 ‘zbekiston bilan Tojikistonning chegara hududida joylashgan. Shu 
qishloqda istiqom at qiluvchi Ashurali Toyloqov 1976 yili o ‘z tomorqasi 
va q o ‘shnilarining hovlilaridan topilgan sopol siniqlari, bronza bolta va 
pichoqlarni olib, Panjikent muzeyiga topshiradi. Bu topilm alar darhol 
olim larning diqqatini o ‘ziga jalb qiladi va 1977 yilda tojikistonlik 
arxeologlar tadqiqot ishlarini boshlab yuboradilar. U erda 1977 yildan 
beri Tojikistonlik arxeolog Abdulla Isaqov tadqiqot ishlarini olib 
boradi. Keyinchalik bu erda fransuz va amerikalik olim lar ham 
ham korlikda tadqiqot ishlarini olib bordilar.
Sarazm qishlog‘i 90 gektar maydonni egallagan bo‘lib, lO tepalikdan 
iborat. Bu erda aholi eneolit davridan ilk bronza davrigacha yashagan. 
Bu m adaniyat 4 bosqichda rivojlangan bo‘lib, uning I va 
II 
bosqichlari eneolit davriga to ‘g ‘ri keladi.
Birinchi bosqichda Sarazm qishlog‘iga asos solinadi. Bu davrda 
qishloq atrofi mudofaa devori bilan o ‘ralib, guvaladan 
qurilgan bir 
xonali uylari boMgan. U ylar yaqinida 
xilxonalar boMgan. Qishloq 
hududidan sirtiga qora va qizil bo‘yoqlar turli geometrik naqshlar 
solingan sopol parchalari, misdan yasalgan qurollar, mis oyna, oltin va 
kumushdan yasalgan taqinchoqlar, qimmatbaho toshlar-bronza, lazurit 
va 
serdolikdan 
yasalgan 
m unchoqlar 
topilgan. 
Bu 
topilm alar 
Turkmanistonning Anov II moddiy buyumlariga ancha o ‘xshaydi. 
Olim lar bu davrning xronologiyasini radiokarbon usulida aniqlaganlar. 
U mil.avv. 3100-2930 yilliklarga mansub boMgan.
Ikkinchi bosqich so‘nggi eneolitdan ilk bronza asriga o‘tish davri 
hisoblanadi. Bu davrda qadimgi qishloqlar hududi ancha kengayadi, bir 
xonali guvala uylar o ‘rnida xom g ‘ishtdan yasalgan ko‘p xonali uylar 
paydo boMadi. Ayrim uylarda oilaviy e ’tiqod joyi— dumaloq shaklda 
ishlangan altar (olovxona) boMgan. K o‘p xonali xovlilar oraligMda tor 
ko‘chalar va m aydonlar shakllangan. Qishloqning ikkita joyida
64


ibodatxona boMgan. Ibodatxonalam ing devorlari boshqa uylardan farqli 
ravishda qizil rangda bo‘yalgan va ulam ing qoq o ‘rtasida mehrob 
joylashgan. Bu sarazm liklaming olovga sigMnish e ’tiqodi mavjud 
boMganligini ko‘rsatadi.
Qishloqdan 
toshdan 
ishlangan 
tarozi 
toshlari, 
to ‘qim achilik 
dastgohining qismlari, eshik osti toshlari, urchuq toshlari, misdan 
ishlangan pichoqlar, xanjarlar, qarmoqlar, igna va bigizlar topilgan.
0 ‘zbekiston 
hududida 
Amudaryoning quyi oqim ida joylashgan 
eneolit davri yodgorliklarini S.P. Tolstov, quyi Zarafshon hudud- 
larini Ya.GM G ‘ulomov, A. Asqarov, 0 ‘. Islomovlar tadqiq qilishgan.
0 ‘rta Osiyoning shimoliy va markaziy 
hududlaridagi qabilalar 
metall 
bilan mil. avv. 
Ill 
ming yilliklar oxiri va II 
ming 
yilliklarning boshlarida birinchi bor tanishishgan. Bu hududlardagi 
eneolit davri makonlari qalin madaniy qatlamga ega boMmagan
ular qisqa muddatli m akonlar tipidagi qishloqlar boMgan. Shunday 
makonlar Zarafshonning 
quyi 
oqimida ^Kaptar 
ko‘li 
va 
Katta 
Tuzkon-35 mavzelari atrofining 4 ta joyidan eneolit davri makon­
lari topilgan. Bu yodgorliklar 1960 yillarning boshlarida A.Asqarov va 
O M slom ovlar tomonidan o ‘rganilgan. Bu joylardan miloddan avvalgi 
I I I- II ming yillikning chegarasida iste’qomat qilgan eneolit davri 
urug‘ jam oalarining kulbalari qoldiqlari topilgan. Moddiy buyum lar -
yorg‘uchoqlar, o ‘roq, pichoq qadamalari, mis mehnat qurollarining 
siniqlari taqir va qum ustida sochilib yotgan.
Eneolit makonlari Buxoro viloyatining Lavlakon, Beshbuloq va 
Zamonbobo I makonlaridan ham topilgan.
0 ‘zbekistonda eneolit davri manzilgohlari kam o ‘rganiIgan. Lekin 
mavjud arxeologik manbalar asosida eneolit davrining ijtimoiy iqtisodiy 
rivojlanish yoMlarini aniqlab olish mumkin. Bu davrda 0 ‘zbekistonning 
shimoliy hududlarida hali neolit davri jam oalari, y a’ni Kaltaminor 
madaniyati jam oasi yashab kelardi. Lekin ularning janubiy hududlar 
bilan aloqasi ulam ing iqtisodiy hayotlariga o ‘zgarishlar olib keldi. 
Jumladan, 3 ming yillikning oxirlarida metall bilan tanishdilar, 
ilk 
chorvachilik va 
dehqonchilik xo‘jaliklari paydo boMa boshladi. Bu 
° ‘zgarishlar 0 ‘zbekiston hududida bronza davrida ijtimoiy - iqtisodiy 
hayotni jadal rivojlanishiga asos yaratdi.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling