N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Mavzuni mustahkamlovchi savollar


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115
Mavzuni mustahkamlovchi savollar:
1. N eolit davri yodgorliklarini sanang.
2. Kaltam inor madaniyati necha bosqichda rivojlangan?
3. N eolit davri yutuqlari nimalardan iborat?
4. Uchtutdagi neolit davri shaxtalari haqida m a’lumot bering?
5. Ishlab chiqaruvchi x o ‘jalik va uning mohiyati nima?
6. Joytun madaniyati qaysi hududda shakllangan?
7. Xisor madaniyati xususiyatlarini tushuntirib bering?
8. M arkaziy 
Farg‘ona 
yodgorliklarining 
o ‘ziga 
xos 
jihatlari 
nimalardan iborat?
Y odda tuting!
Neolit davrining asosiy xususiyatlari
■ M iloddan avvalgi VI ming yillikdan IV ming yillikkacha davom 
qiladi.
■ Dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgan.
■ Kulolchilik, to'quvchilik, zargarlik paydo bo'lgan.
■ Tosh qurollarini silliqlash, parmalash uslublari vujudga kelgan.
■ Odam lar o ‘troq hayot tarziga o ‘tganlar.
■ Ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o ‘tilgan.
■ Boltalar ixtjro qilingan.
■ M akrolit qurollar keng tarqalgan.
■ Juft oila vujudga kelgan.
2-§. Eneolit davri yodgorliklari
Neolitdan keyingi davr eneolit deb ataladi. Lotincha «acneus»- 
nus va yunoncha «litos»-tosh so‘zlaridan olingan boMib, mis— tosh 
davri m a’nosini angiatadi. Eneolit miloddan avvalgi IV— III ming


yilliklarni o ‘z ichiga oladi. K o‘pgina hududlarda neolit davri 
jam oalari bilan bir vaqtda hukm ron b o ‘lgan.
M isning k ashf etilishi va undan mehnat qurollari yasashning ixtiro 
qilinishi haqida fanda 2 xil fikr mavjud. B a’zi olimlar mis dastlab bir 
joyda k ash f qilinib, keyinchalik shu erdan boshqa joylarga tarqalgan 
degan fikrni ilgari suradilar. Ular o ‘z fikrlami janubi-g‘arbiy Erondagi 
Chatal-Uyuk va Cheyyunyu tepaliklaridan 
mil.avv. 
V1II-VII ming 
yilliklarga oid misdan ishlangan 
taqinchoqlarning topilishi bilan 
isbotlaydilar. B a’zi olim lar esa, mis va unga ishlov berish uslublari har 
bir hudud aholisining o ‘zlari k ash f etganlar deb ko‘rsatadilar.
Olim lar tomonidan misga ishlov berishning 4 bosqichi aniqlangan:
1-bosqichda misga sovuq holda ishlov berilgan. Mis qizil rangda 
boMganligi sababli, dastlab undan turli taqinchoqlar yasaganlar.
2-bosqichda - m isga olov orqali ishlov berib, undan turli mehnat 
qurollarini yasaganlar. M isning olovda erish xususiyati tasoddifan 
topilgan.
3-bosqichda rudadan misni ajratib olish usuli kashf etilgan.
4-bosqichda mis bilan qalayning aralashmasidan qattiq metall, y a’ni 
bronza k ashf etilgan.
Mis Sharqiy Eron hududida mil.avv. VII ming yilliklarda, Ikki daryo 
oraligM va Hindistonda mil.avv. VI ming yilliklarda, M isr va Bolkon 
yarim orolida mil.avv. V m ing yilliklarda, Sharqiy Evropa va qadimgi 
Amerika hududlarida mil.avv. IV ming yilliklarda, Janubiy Am erikada 
mil.avv. I ming yilliklarda k ashf etilgan.
M isning erish xususiyati undan ancha kech ixtiro qilingan. Bu yaqin 
Sharqda, Janubiy Turkm aniston hududlarida 
mil. avv. IV ming 
yilliklarda, Evropa, Xitoy , 0 ‘zbekiston hududlarida mil.avv. III-II ming 
yilliklarda sodir boMgan.
B.A.Kuftin va V.M. M assonning janubiy Turkmanistonda olib 
borgan arxeologik tadqiqotlari asosida eneolit davrining rivojlanish 
bosqichlarini aniqladilar va eneolit davri rivojlanishi ilk, oM'ta, 
so‘nggi 
bosqichlarga boMdilar. 
Ular tadqiqoti 
natijasiga 
koM'a, 
Nom ozgoh- 1-ilk eneolit davriga, N a m o z g o h -2 -o ‘rta eneolit davriga , 
N am ozgoh-3-so‘nggi eneolit davriga xosdir. Eneolit davrida sug'orm a 
dehqonchilik va xonaki chorvachilik ibtidoiy xo'jalikning asosini 
tashkil etgan.
Eneolit davri iqlim sharoiti hozirgi davrdan ancha farq qilgan. 
YogMngarchilik ko‘p boMgan. T og‘ oldi soylari, daryolar sersuv 
boMib, ular choM zonalarining ichkarisigacha kirib borganlar. Eneolit
62


jam oalari shu suv etaklarida o ‘zlariga m anzilgohlar qurib, yangi 
erlami o ‘zlashtirganlar.
Eneolitning ilk bosqichida aholi bir-biriga zich qilib qurilgan bir 
xonali uylardan iborat qishloqlarda istiqomat qilganlar. U ylar tor, 
kvadrat shaklida xom g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, xona devorlari 
somonli loy bilan suvalgan. 0 ‘rta bosqichida esa qishloqlam ing 
markaziy qismi mudofaa devori bilan o ‘ralib, ko‘p xonali uylar 
ham uchraydi. Ulam ing orasida doira shaklidagi xonalar ham 
bo‘lib, tadqiqotchilar fikricha, bu ibodatxona bo‘lib, ular bu erda olovga 
sig‘inishgan. 
Eneolitning 
so‘nggi bosqichida qishloqlar hududi 
kengayadi va ko‘p xonali uylaming soni oshadi. Ularda dahlizlar 
va hovlilar vujudga keladi. Hovlilami birlashtiruvchi tor ko‘chalar 
rasmiylashgan va 
ularning 
hammasi 
qishloqning 
markazidagi 
maydonga chiqqan. Har bir uyda xo‘jalik kom pleksi-om borxonalari 
boMgan.
S o‘nggi bosqichda qishloqlar yiriklashib, shaharlar qiyofasiga 
o ‘ta boshlagan. Shu jihatini inobatga plib, arxeologlar uni shahar- 
largacha (protogorod) boMgan davr madaniyati belgilari deb hisob- 
laydilar.
Eneolit 
davrida 
mehnat 
qurollari 
asosan, 
toshdan, 
hayvon 
suyaklaridan va qisman misdan yasalgan. Mis m ehnat qurollari 
mavjud boMganligi eng qadimgi mehnat qurollarini kimyoviy tahlil 
qilish 
asosida 
isbotlandi. 
Dastlabki mis 
qurollar 
so f misdan 
yasalgan. Odamlar dastlab misni toshning bir turi deb, sovuq holda 
ishlov berganlar. Miloddan avvalgi IV ming yilliklardagina uning 
olovda 
erish 
xususiyati 
kashf etilgan. 
Mis 
qurollari mehnat 
unumdorligini oshirgan, lekin mis tabiatda kam uchraganligi va tannarxi 
qimmat boMganligi sababli, u tosh qurollarni siqib chiqara olmagan. 
Shuningdek, uning boshqa metallarga nisbatan yumshoqligi va 
egiluchanlik xususiyati, ulardan hamma hududlarda bir xil foydalanishga 
imkon bermagan.
Eneolit davridagi mehnat qurollari asosan dehqonchilik xo‘jaligi 
bilan bogMiq edi. Bu qurollar chaqmoqtoshdan ishlangan qistirma 
o ‘roq, pichoq, o ‘roq randa, qirgMch, bigiz, yorg‘uchoq, ketmoncha va 
boshqalar boMgan. Misdan 
bigiz, igna, to ‘g‘nagMch, bolta, pichoq, 
nayza, kurakchalar va turli taqinchoqlar yasaganlar.
Eneolit davrining ilk va o ‘rta bosqichida sopol loyiga maydalab 
ezilgan somon qo‘shib idish yasalgan. Bu sopol buyumlar qalin va 
m o‘rt boMib, tagi yassi boMgan. Sopol idishlar sargMsh, och sariq,
63


och qizil va qizil angob bilan bo‘yalib, qora mineral rang bilan 
sodda geom etrik naqsh berilgan.
So‘nggi bosqichida esa sopol idishlar yasashda katta o'zgarishlar 
yuz beradi. Birinchidan, sopol buyum lar sifati yaxshilanadi, y a’ni 
loyga gips aralashtiriladi. Natijada sopol buyum lar jarangli va 
mustahkam b o ‘ldi. Ikkinchidan, b a’zi sopol idishlarda 3 tadan oyoq 
paydo bo‘ldi. Uchinchidan, sopol buyumlar naqshi murakkablashib, 
jim jim ador bo‘ldi va hayvon, parrandalarning rasmini solish odat 
tusiga kirdi. Sopol idishlar turi ko‘paygan.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling