N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115
K o‘zaIiqir qal’asi mil.avv. VI-IV asrlarga oid yodgorlik bo‘lib, u 
Amudaryoning chap sohilida qadimgi Xorazm hududida joylashgan. 
Yodgorlik 
1938 yilda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik 
ekspeditsiyasi tomonidan topilgan. Umumiy maydoni 25 
ga
dan ortiq. 
YoMaksimon, burj va shinaklari boMgan mustahkam m udofaa devoriga 
ega boMgan. Ko‘zaliqirda stansionar arxeologik tadqiqotlar 1953 yilda 
boshlanib, XX asrning 80-yillarigacha davom etgan.
Yodgorlikni dastlab tadqiq qilganda, yoMaksimon mudofaa devori­
ning janubiy ichki 
qismidan 
madaniy qatlam topilgan va uni 
arxeologlar, aholining yashash joylari deb taxmin qilganlar. Q al’aning 
markaziy qismi tekislik boMib, hech qanday madaniy izlar topilmagan. 
Shuning uchun S.P.Tolstov qal’ani «devorlari ichida odam yashay- 
digan qal’a» sifatida ta’riflagan. Lekin XX asrning 70-80 yillarda olib 
borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qal’aning sharqiy tomonida 
temirchilik ustaxonasi, markaziy qismidan 1 
ga
maydonni egallagan 
saroy qoldiqlari topilgan. Saroydan 20dan ortiq xonalar, q al’aning 
shimoliy 
qismidan o ‘ziga xos 3 minorali bino topilgan. Shuningdek, 
bu erdan sopol buyumlar, diniy e’tiqod bilan bogMiq bino va buyumlar
99


ham topilgan. Arxeologlar uni qadimgi xorasm iylam ing ilk shahri deb 
baholaydilar.
O ybuyirqal’adan eng qadimgi yozuv namunasi topilgan. U xum 
sirtiga yozilgan boMib, unda xumning sig‘imi ko‘rsatilgan. Oybuyir- 
qal’a Q oraqalpog‘istondagi Shumanay qishlog‘idan 41 
km
shimoli- 
g ‘arbda joylashgan. Halq uni 
Djam pikqal’a deb ataydi. 
Yodgorlik 
dastlab 1946 yilda Xorazm ekspeditsiyasi tom onidan ro‘yxatga olingan. 
XX asrning 70-80 yillarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar 
natijasida uning m il.avv.V asrlarga oid madaniy qatlamlari topildi. 
Q al’aning um um iy maydoni 10 
ga.
Burjlar bilan mustahkamlangan 
mudofaa devoriga ega boMgan. Tadqiqotlar natijasida, uning 3 bosqichi 
aniqlangan:
1. 
mil.avv. V-II1 asrlarning oxiri, 2. Mil. I- IV asrlar., 3. Mil. IX-XI 
asrlar.
Yodgorlikning quyi qatlam idan bir metr balandlikdagi 3 ta xum 
topildi. Ularda suyuq va sochiluvchan narsalarni saqlashgan. Xumlar- 
ning har birida yozuv bor, ularni sug‘dshunos olim V.A.Liviuic o'qigan. 
Oramiy yozuvi asosida shakllangan ilk Xorazm yozuvi ekanligini 
aniqladi.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling