N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


Download 359.27 Kb.
bet29/80
Sana10.11.2023
Hajmi359.27 Kb.
#1764339
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org (1)

IKKINCHI BO‘LIM
YER OSTI INSHOOTLARINI BARPO ETISH
TEXNOLOGIYALARI 
Bunyod etilayotgan binolar va inshootlarning juda xilma-xilligi,
qurilish amaliyotida uchraydigan grunt sharoitlari, yer osti suvlarining
mavjudligi, poydevorlarga va gruntli asoslarga ta’sir ko‘rsatuvchi
yo‘naltirilgan va taqsimlangan yuklamalar xilma-xil yer osti inshootlari
bulishini belgilab beradi.
Mazkur ishning hajmi stakan turidagi poydevorlar va yirik blokli
yaxlit lentali poydevorli binolar uchun ishlarni amalga oshirishning faqat
o‘ziga xos xususiyatlarini qarab chiqishga imkon beradi. Qurilish
amaliyotiga ishlarni bajarishning “grunt ichida devor” usuli keng joriy
qilish munosabati bilan yer osti inshootlarini barpo etishning bu usulining
o‘ziga xos xususiyati qisqa tarzda ko‘rib chiqilgan.

56


VI BOB. YER OSTI INSHOOTLARINI QURISH UCHUN “GRUNT 
ICHIDA DEVOR” TEXNOLOGIYASI 

Yer osti inshootlari gidrogeolik sharoitlar va o‘rnatilish chuqurligiga


bog‘liq holda turli usullarda amalga oshiriladi, ulardan asosiylari – ochiq,
“grunt ichidagi devor” va tushirilgan quduq usullaridir.
“Grunt ichidagi devor” texnologiyasining mohiyati shundan iboratki,
gruntda planda turli xil shaklga ega bo‘lgan qazilmalar va transheyalar
barpo etilib, ular ustiga monolit yoki yig‘ma temir betondan iborat yer osti
inshootining to‘suvchi konstruksiyalari barpo etiladi, so‘ngra bu
konstruksiyalar himoyasida ichki gruntli yadro ishlab chiqiladi, tubi quriladi
va ichki konstruksiyalari barpo etiladi.
Mamlakatimiz amaliyotida “grunt ichidagi devor” usulining bir
qancha turlari qo‘llaniladi:

qoziqli, bunda to‘suvchi konstruksiyalar burg‘ulab to‘ldirilgan


vertikal qator qoziqlardan tashkil topadi;

transheyali, monolit betondan yoki yig‘ma temirbeton


elementlardan zich devor tarzida ishlanadi.
Bunday texnologiya shahar qurilishi sharoitlaridagi mavjud binolar
yaqinida, korxonalarni qayta qurishda, gidrotexnik qurilishdagi yerosti
inshootlarini barpo etishda istiqbolga ega.
“Grunt ichidagi devor” texnologiyasidan foydalanib, quyidagilarni
barpo etish mumkin:
• filtrlashga qarshi to‘siqlar;
• yuzaga yaqin joylashgan tunnellar metro uchun;
• yerosti garajlari, avtomobil yo‘llaridan o‘tish yo‘llari va
kesishmalar;
• suyuqlik saqlovchi idishlar va tindirgichlar;
• turar – joy va sanoat binolari poydevorlari.

57


Gruntning xossalari va uning namligiga bog‘liq holda devorlarni
barpo qilishning ikki turi – quruq va xo‘l turlari qo‘llaniladi. Gruntli
qorishma talab etilmaydigan quruq usul, namligi kamroq barqaror gruntlarda
devorlarni barpo etishda qo‘llaniladi.
Qoziqli devorlar ham quruq, ham xo‘l usullarda barpo etilishi
mumkin, bunda ketma-ket quduqlar burg‘ulanadi va ularda qoziqlar
betonlanadi.
Odatda gruntga ishlov berish jarayonida va beton qorishmasini
joylashda transheyalarning devorlarni yemirilishidan (nurashdan)
mustahkamlashni talab qiluvchi, suvga to‘yingan nobarqaror gruntlarda
devorlar xo‘l usulda barpo etiladi. Bu usulda yer qazish mashinalarining
ishlash jarayonida odatda qazilmalar va transheyalar devorlarining
mustahkamligiga ularni tiksotrop xossali gruntli qorishmalar (suspenziyalar)
bilan to‘ldirish orqali erishiladi. Tiksotroplik – dispers tizimning mexanik
ta’siri natijasida buzilgan dastlabki strukturasini tiklovchi muhim
texnologik xossasidir. Loyli qorishma uchun bu tinch holatda quyuqlashish
va transheyalar devorlarini o‘pirilib tushishdan saqlash, ammo tebranuvchi
ta’sirlardan suyuqlashish qobiliyatidir.
Loyli qorishma ostida zarur chuqurlik va kenglikkacha ochiq bo‘lgan
qazilmalarda bu qorishmani asta-sekin ko‘taruvchi yoki to‘suvchi
konstruksiyalar sifatida monolit beton, yig‘ma elementlar, gruntning sement
yoki boshqa materiallar bilan turli xil aralashmalaridan foydalanib, asta-
sekin o‘rnini almashtiriladi.
Bentonitli loylar eng yaxshi tiksotrop xossalarga ega. Loyli qorishma
ta’sirining mohiyati shundakimkim, transheya devorlarining buzilishiga
(upirilishiga) to‘sqinlik qiluvchi gidrostatik bosim hosil qilinadi, bundan
tashqari, devorlarda loydan 2 ... 5 mm qalinlikdagi amalda suv
o‘tkazmaydigan plyonka hosil bo‘ladi. Qazilmalar devorlarini loylash
jarayoni shpunt qoqish, suvni pasaytirish va gruntni muzlatish kabi

58


yordamchi va og‘ir mehnatni talab qiluvchi ishlardan voz kechishga imkon
beradi.
Transheyalarni qazishda siklik va uzluksiz ishlovchi uskunadan
foydalaniladi; odatda transheyalarning eni 500...1000 mm ni tashkil etadi,
ammo 1500...2000 mm ga ham yetishi ham mumkin.
Transheyalarni loyli qorishma himoyasida ishlab chiqish uchun
umumiy vazifani bajaruvchi yer qazish mashinalari – greyferlar, draglayn va
teskari chumichli, aylanuvchi burg‘ulash qurilmalari va zarb bilan
burg‘ulovchi qurilmalar va maxsus chumichli, frezerli va yo‘nuvchi
qurilmalardan foydalaniladi.
Burg‘ulash qurilmasi “grunt ichidagi devor”ni 100 m.gacha
chuqurlikdagi har qanday grunt sharoitida qurishga imkon beradi.
“Grunt ichidagi devor” usulini quyidagi holatlarda qo‘llash
maqsadga muvofiq emas:

g‘ovak va kavakli, yumshoq sochiluvchan ag‘darma gruntlarda;

oldin g‘isht terimi bo‘lgan, singan beton va temirbeton elementlari
bo‘laklari, metall konstruksiyalari bor va boshqa uchastkalarda;

bosimli yerosti suvlari yoki gruntlarning katta mahalliy filtratsiyali
xududlarida.
Ish texnologiyasining eng oddiysi filtrlashga qarshi to‘siqlarni qurish
bo‘lib, ular odatda monolit betondan, og‘ir, qattiq loydan tayyorlanadi.
To‘siqlarning vazifasi to‘g‘onlarning (plotinalarni) jismiga suv singib
o‘tishini bartaraf etishdir.
Filtrlashga qarshi to‘siq kotlovanlarni qazishda, ularni yerosti suvlari
bosishidan himoyalash uchun qo‘llanilishi mumkin. Bunda gruntni
muzlatish yoki yerosti suvlari satxini ninafiltrlash yo‘li bilan pasaytirish
ehtiyoji yo‘qoladi. To‘siq doimiy ravishda amal qiladi, bunda qolgan
usullardan faqat ishlar bajarilayotgan davrdagina foydalaniladi, holbuki
yerosti suvlari juda agressiv (tajovuzkor) bo‘lishi ham mumkin.

59


Mavjud binolarning paydevorlari yaqin joylashgan hollarda
transheyalarni qazish ishlari, undan keyingi ishlarni amalga oshirish kabi
alohida qamrovlar bilan bajariladi, ya’ni birinchi, uchinchi, ikkinchi,
beshinchi, turtinchi va h.k.
Betonlashning qamrab olish uzunligini (qamrovlar) 3 m dan 6 m
gacha qilib belgilanadi va quyidagi mezonlar bo‘yicha aniqlanadi:
• transheyaning mustahkamligini ta’minlash shartlari;
• qabul qilingan betonlash jadalligi;
• transheyalarni qazuvchi mashinalarning turi;
• “grunt ichidagi devorning” konstruksiyasi va vazifasi.
Monolit konstruksiyalarning “grunt ichidagi devor” usuli bilan
qurishdagi ishlar ketma – ketligi quyidagicha (6.1-rasm):
1) qamrab olishda chetki quduqlarni burg‘ulash;
2) transheyani ayrim qismlarga ajratib ishlov berish yoki butun
uzunligi bo‘yicha ketma – ket ochiq sirtni bentonitli qorishma bilan
transheyani alohida qamrovlarga chegaralagichlar bilan ajratib, doimiy
to‘ldirish;
3) to‘la ochiq qamrovda armatura karkaslarini montaj qilish va
transheya tubiga betonquyuvchi quvurlarni tushirish;
4) beton qorishmasini vertikal siljuvchi quvur usuli bilan joylashtirib
loyli qorishmani zaxira idishga yoki transheyaning ishlov beriladigan
qo‘shni qismiga siqib chiqarish bilan.
“Grunt ichidagi devor” armaturasi davriy profilli po‘latdan qilingan
fazoviy karkasdan iborat bo‘lib, u transheya kengligidan 10... 12 sm
kichikroq bo‘lishi kerak. Yopishib qoladigan loy plyonkasi qalinligini
kamaytirish va armaturaning beton bilan ishlashini oshirish uchun armaturali
karkaslarni transheyaga tushirishdan avval suv bilan xo‘llab olish maqsadga
muvofiq.

60



Download 359.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling