VIII BOB. KATTA ORALIQLI BINO VA INSHOOTLARNI MONTAJ
QILISH USULLARI
8.1. Umumiy qoidalar
Ko‘pchilik sanoat va fuqaro bino va inshootlari uchun arxitektura
nuqtai nazaridan, foydalanish talablari bo‘yicha oraliq tayanchlarni
qurmasdan katta oraliqli qoplama (ustyopma) larni nazarda tutish zarur.
Barcha muhandislik inshootlaridan bir qavatli sanoat binolari
iqtisodiyotning turli tarmoq korxonalarini joylashtirish uchun keng
qo‘llanilmoqda. Katta oraliqli fuqarolik binolariga yirik sport, ko‘rgazma va
konsert zallari, usti yopilgan stadionlar, vokzallar, sirklar, bozorlar va
boshqa shunga o‘xshash inshootlar kiradi. Sanoat binolarida katta oraliqlar
ko‘pincha avia va kemasozlik yig‘uv sexlarida, mashinasozlik
korxonalarining yig‘uv va eksperimental sexlarida eng ko‘p qo‘llaniladi.
Binolardan foydalanish va yong‘in havfsizligi texnologiyasi samolyotlarning
turishi va ta’mirlanishi uchun mo‘ljallangan, qo‘shma transport
birliklarining katta miqdori joylashtiriladigan yirik avtobus va trolluybus
parklari uchun katta oraliqli binolarni loyihalashni talab etadi.
Katta oraliqli binolarning xilma – xilligi va ularga qo‘yiladigan turli
xil talablar tegishli konstruktiv yechimlarga sabab bo‘ldi. Ko‘pincha, ramali,
to‘sinli tizimlar, arkali ustyopmalar va osma fazoviy tizimlar qo‘llaniladi.
Fazoviy inshootlarning konstruktiv yechimlari, ularni barpo etish shartlari,
qurilish maydonining xususiyatlari, montaj qilish mexanizmlaridan
foydalanish imkoniyatlari ko‘pincha eng maqbul texnologiyani va inshootni
barpo etish ketma – ketligini talab etadi. Odatda, inshootni barpo etish
uchun montaj qilishning xilma – xil usullaridan foydalanish mumkin,
ko‘pincha ular birga qo‘shib foydalaniladi va shu bilan texnologiyalarning
ko‘p variantligini tashkil etadi, bunda maqbul texnologiyani tanlash montaj
ishlarini loyihalashning mazmunli masalasini tashkil etadi.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |