N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

114-mashq.
  Ko‘chiring. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositani va ergash
gapning qanday ma’no bildirayotganini aniqlang.
1. Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo‘lingga. (Hamid Olimjon)
2. Shu mo‘jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi.
(A.Oripov)  3. Kamalakdek rango-rang Bo‘lsin deb, san’at, tillar, Asrlarcha
qildim jang. (E.Vohidov) 4. Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin
deb sevgan elimda. (Hamid Olimjon) 5. Yovlar yakson bo‘lsin deb, Yigitlar
jang boshladi, Yovlar qocha boshladi. (Hamid G‘ulom)
115-mashq. 
Bosh gapga deb  yordamida bog‘langan ergash gaplarga to‘rtta misol
keltiring. Ergash gapning kesimi qanday shaklda ekanligini  tushuntiring.
116-mashq.
 Rasm asosida «Bozor taassurotlari» mavzusida hikoya yozing. Unda
qanday qo‘shma gaplardan foydalanganingiznideb so‘zining vazifalarini ayting.


48
29-dars
1. Qanday ma’noni bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga deb so‘zi yordamida
bog‘lanadi?
2. Bosh gapga deb so‘zi yordamida bog‘langan ergash gaplarning kesimi
qanday mayl shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi?
3. Bosh gapga deb so‘zi yordamida bog‘langan ergash gapga ikkita misol
keltiring va bu bog‘lovchi vositani uchun ko‘makchisi bilan almashtirib
ko‘ring.  Deb va  uchunning o‘zaro almashinish sababini tushuntiring.
4. Bosh gapga deb so‘zi yordamida bog‘langan ergash gaplarda qanday tinish
belgisi qo‘yilishini tushuntiring.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling