Namangan davlat universiteti ikromova musharrafxon nematillayevna maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko
Download 0.87 Mb.
|
автореферат Икромова М Н 25 04
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning metodik asoslari
2-jadval
Maktabgacha yoshdagi bolalarda algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini obrazli tafakkurning tashkil etuvchilari hamda mantiqiy tafakkur asosida shakllanganlik darajasini ularning kognitiv rivojlanishiga ta’sirini aniqlovchi mezon Albatta ushbu mezon bolalarning kognitiv rivojlanganligi va kognitiv rivojlanganlikni talab etuvchi kasblarga layoqati, moyilligini aniqlaydi xolos, lekin kelgusida bolalarga layoqati, moyilligi bor kasblarga yo‘naltirgan holda, tizimli, uzviylik asosida ta’lim-tarbiya berilsa, kelgusida dasturchi bo‘lishi bilan birga raqamli dunyo talablariga javob beradigan darajada o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishib chiqishiga yordam beradi. O‘rganilgan ma’lumotlar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini aks ettiruvchi raqamli tafakkurning kompleks omillar ta’sirida uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan intellektual qobililiyatlarni shakllantirish tizimi bilan vertikal integratsiyasini adaptiv aloqadorligini ta’minlovchi modeli takomillashtirildi (q. 1-rasm). Dissertatsiyaning Maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning metodik asoslari deb nomlangan ikkinchi bobida maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda pedagogik va axborot texnologiyalarining integratsiyasini ta’minlovchi mavjud hamda tadqiqot ishi doirasida tayyorlangan didaktik, harakatli va kompyuter o‘yinlarining umumiy tavsifi, ulardan individual va guruhli ta’lim faoliyatlarida foydalanish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar bolalarda algoritmik fikrlash ko‘nikmasining shakllanganlik darajasini obrazli tafakkur tashkil etuvchilari, mantiqiy tafakkur hamda algoritmik ko‘nikmalarni shakllanganligi asosida aniqlash mezoni bayon etilgan. Hozirgi raqamli texnologiyalar keng tarqalgan davrda yosh avlodga ta’lim berish paradigmalari bir muncha o‘zgarganligini tan olish kerak. Endi o‘qitishni va o‘quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishni talab etmoqda. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini bir-biridan ajratish mumkin emas, chunki yangi pedagogik texnologiyalarning keng joriy etilishi ta’lim paradigmasini o‘zgartiradi va faqat zamonaviy axborot texnologiyalarigina yangi pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlay oladi. Shuning uchun ularning integratsiyasi (lotinchadan integratio-tiklash, to‘ldirish) bir birini to‘ldirgan ravishda ta’limda ko‘zlangan maqsadga erishishga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda kompyutersiz va kompyuterli faoliyatdan birgalikda foydalanish yaxshi samara beradi. Maktabgacha ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo‘llashda pedagog xodimlarning kompyuter savodxonligining yetarli emasligi, kompyuterning texnik vositalar va dasturiy mahsulotlarning narxi qimmatligini inobatga olinsa zamonaviy qo‘nikmalarni shakllantirishda kompyutersiz faoliyatdan foydalanish o‘ziga xos ustunlikka ega bo‘ladi. Xorijiy davlatlar tajribasida kompyutersiz hamda kompyuterli faoliyatning integratsiyasidan foydalanish orqali ta’lim samaradorligiga erishilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda I.Ya.Kaplunovich modeli asosida obrazli tafakkur tashkil etuvchilarini, mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga hamda algoritmning chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi turlari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllanishiga yordam beruvchi o‘yin va topshiriqlarni “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida belgilangan yillik va haftalik rejadagi mavzularga moslab didaktik va kompyuter o‘yinlari, multimedia vositalari ishlab chiqildi. 3-jadvalda katta guruh (5-6 yosh) tarbiyalanuvchilarining algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning texnologik xaritasi keltirilgan. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling