Namangan davlat universiteti ikromova musharrafxon nematillayevna maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko
Ilmiy rahbar: Najmiddinova Xilola Yokubjanovna
Download 0.87 Mb.
|
автореферат Икромова М Н 25 04
- Bu sahifa navigatsiya:
- T.Fayzullayev Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi, s.f.d., professor Sh.K.Xo‘jamberdiyeva
- KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Ilmiy rahbar: Najmiddinova Xilola Yokubjanovna
pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Rasmiy opponentlar: Beknazarova Saida Safibullayevna texnika fanlari doktori, professor Nazirova Guzal Malikovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti Dissertatsiya himoyasi Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil «___» ___________ soat ______ dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. (Manzil: 160107, Namangan shahri, Boburshox ko‘cha, 161. Tel.: (+99869) 228-85-01; faks: (+99869) 228-85-02; web sayt: www.namdu.uz; e-mail: info@namdu.uz.) Dissertatsiya bilan Namangan davlat universitetining Axborot-resurs markazida tanishish mumkin (____ raqami bilan ro‘yxatga olingan). (Manzil: 160119, Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 136-uy. Tel.: (+99869) 227-29-81.) Dissertatsiya avtoreferati 2023-yil «__» __________kuni tarqatildi. (2023-yil «_____» _______ dagi ____- raqamli reestr bayonnomasi). T.Fayzullayev Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi, s.f.d., professor Sh.K.Xo‘jamberdiyeva Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent K.M.Boymirzayev Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminar raisi, g.f.d. (DSc), dotsent KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Butun dunyoda raqamli texnologiyalarning rivoji natijasida yoshlar uchun zarur bo‘lgan, XXI asr ko‘nikmalarini o‘zida jamlagan “Computation thinking” (“Вычислительное мышление”, “Hisoblash tafakkuri”) atamasi bilan bog‘liq malakalarni rivojlantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu malakalarni rivojlantirishda dasturlash asosiy yondashuv sifatida qaralib, uning dastlabki elementlaridan biri bo‘lgan algoritmik fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish rivojlangan davlatlarning boshlang‘ich ta’limi va xatto ayrim mamlakatlarda maktabgacha ta’lim dasturlariga kiritilmoqda. AQShda 2012 yildan “Computer science for all” (“Kompyuter fani barcha uchun”) nomli loyiha ishga tushirilgan. Unda K-12 ta’lim tizimida 4-5 yoshli bolalarga algoritm tuzish va kodlash bilan bog‘liq malakalarni shakllantirish ko‘zda tutilgan. 2014 yilda Singapurda “Smart Nation” (“Aqlli millat”) tashabbusi ostida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beruvchi raqamli o‘yinchoqlar va robototexnika to‘plamlarini ishlab chiquvchi “PlayMaker” dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Jahonda algoritmik fikrlashni dasturlash uchun zarur ko‘nikma sifatida qarab, uni bolalarning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Rossiya Fanlar akademiyasi ilmiy izlanishlar institutining o‘quv informatikasi bo‘limida professor A.G.Kushnirenko rahbarligida bolalarni kelajak kasblariga tayyorlash, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Piktomir” dasturi ishlab chiqilgan. Shuningdek, Tafts universitetining (AQSh) Marina Bers rahbarligidagi ilmiy izlanishlar guruhi 2000 yildan beri dasturlash va robototexnika bilan bog‘liq yangi texnologiyalarning maktabgacha yoshdagi bolalar kognitiv rivojlanishiga ijobiy ta’sirini o‘rganib kelmoqda. Ushbu guruh bolalar qobiliyatining ustuvor jihatlarini, bolalarda algoritmik fikrlash ko‘nikmalari, muammoni hal etish strategiyalari, kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish orqali ularda yangicha fikrlay olish, turli vaziyatlarda tez qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini shakllantirishga mo‘ljallangan “Scratch JN” dasturini ishlab chiqgan. Yurtimiz Yangi O‘zbekiston qurish yo‘lini tanlab, “Uchinchi renessans”ga poydevor qo‘yayotgan davri raqamli texnologiyalarning sun’iy intellekt, kiberfizik texnologiyalar bilan uyg‘unlashib, to‘rtinchi sanoat inqilobini boshlayotgan davrga to‘g‘ri kelmoqda. Shunday davrda yosh avlodga raqamli dunyo uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirish ta’lim tizimiga katta mas’uliyat yuklaydi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, ”…Yangi Oʻzbekistonning yosh avlodi zamonaviy koʻnikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta oʻzlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs boʻlib shakllanishi zarur”1. Bularning asosida rivojlangan mantiqiy va algoritmik fikrlash ko‘nikmalari yotadi. Ushbu tadqiqot ishi 2020-yil 5-oktabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6079-son “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 487-son “Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or axborot va pedagogik texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari kabi mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling