Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
raqamli dunyoda faoliyat olib borish uchun zarur bilim va ko‘nikmalar majmuyi asosida aniqlashtirilgan “Raqamli tafakkur” tushunchasining mazmun mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan “Algoritmik tillar va dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan va nashr ettirilgan;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan individual, kichik guruhli va guruhli mashg‘ulotlarda bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga mo‘ljallangan “Sxema bo‘yicha o‘z uyingni top”, “Sxema asosida xonadan o‘yinchoqni top”, “Quvnoq algoritmika”, “Qaysi shakllarni bilasiz”, “Kim kimning do‘sti sxemasi” kabi o‘yin va topshiriqlar, “O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga ketma-ket qadamlar asosida sayohat qilamiz”, ”Xazina izlab”, “Raqamli tafakkur tomon ilk qadam” kabi harakatli, kompyuter o‘yinlari va topshiriqlar majmuyi ishlab chiqilgan hamda tarbiyachi-pedagoglar uchun ulardan mashg‘ulotlarni o‘tkazishda foydalanish bo‘yicha “Zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantiramiz” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop etilgan;
Maktabgacha ta’limning ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida tavsiya etilgan mashg‘ulotlar mavzulari asosida algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga mo‘ljallangan “Raqamli tafakkur sari ilk qadam” nomli kompyuter o‘yin dasturi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida n mualliflik guvohnomasi olingan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Muammoga metodologik, metodik, psixologik va pedagogik yondashuvlar hamda ma’naviyatni rivojlantirishga doir milliy tajriba, respublikamiz va chet ellik olimlar, shuningdek, individual, guruh va kichik guruhlarda ta’limiy faoliyatni tashkil etishga doir tajribalarga asoslanganligi; tadqiqot vazifalariga mos keluvchi, o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi tadqiqot metodlarining qo‘llanilganligi; tahlil va tadqiqot tavsifining miqdor, shuningdek, sifat jihatidan ta’minlanganligi; tajriba-sinov ishlarining reprezentativligi hamda olingan natijalarning matematik-statistik tahlil metodlari yordamida qayta ishlanganligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |