Namangan davlat universiteti ikromova musharrafxon nematillayevna maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko


Download 0.87 Mb.
bet5/30
Sana09.05.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1449620
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
автореферат Икромова М Н 25 04

Tadqiqotning predmetini maktabgacha yoshdagi (3-7 yoshli) bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini didaktik va kompyuter o‘yinlaridan foydalangan holda shakllantirishning mazmuni, shakli, metodi, vositalari va texnologiyalari tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida o‘rganilayotgan muammoga doir siyosiy, falsafiy, sotsiologik, psixologik, pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil etish; dialog, pedagogik kuzatish, umumlashtirish, savol-javob, so‘rovnoma, anketa; texnik va pedagogik eksperiment; natijalarni matematik va statistik tahlil etish usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Raqamli tafakkur” tushunchasi shaxsning intellektual sezgirligining ichki qonuniyatlarini o‘rganib unga ta’sir etishning samarador usullarini tafakkurning predmetli-harakatli, predmetli-obrazli, mantiqiy, ijodiy, abstrakt, algoritmik shakllariga hamda hamkorlikda ishlash, muammoning eng maqbul yechimini aniqlash, kasbga yo‘naltirgan holda o‘zini-o‘zi maqsadli rivojlantirish kabi kompetensiyaviy yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining integratsiyasi hamda davlat o‘quv dasturi talablari bilan moslashuvchanligini ta’minlovchi “Sxema asosida o‘z uyingni top”, “Quvnoq algoritm”, “O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga ketma-ket qadamlar bilan sayohat qilamiz”, ”Xazina izlab”, “Raqamli tafakkur tomon ilk qadam” kabi didaktik hamda kompyuter o‘yin texnologiyalarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda algoritmik fikrlash ko‘nikmalari shakllanganligini aniqlovchi mantiqiy, semantik va faoliyatga doir mezonlari obrazli tafakkurning tashkil etuvchilari topologik, proyeksion, tartibli, metrik va algebraik hamda mantiqiy tafakkurning bolalar kognitiv rivojlanishiga ta’sirini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish modelining konseptual-mazmunli komponenti raqamli tafakkurning kompleks omillar ta’sirida uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan intellektual qobililiyatlarni shakllantirish tizimi bilan vertikal integratsiyasini adaptiv aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling