Namangan davlat universiteti ikromova musharrafxon nematillayevna maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi
Download 0.87 Mb.
|
автореферат Икромова М Н 25 04
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovasion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga mos ravishda bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Yurtimizning yetakchi metodist olimlaridan T.L.Xurvaliyeva maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirish, X.Y.Najmiddinova maktabgacha yoshdagi bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishda kompyuter o‘yinlariga asoslangan multimedia texnologiyalaridan foydalanish, G.A.Berdaliyeva maktabgacha ta’lim muassasalari nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, I.I.To‘ychiyeva maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning fikrlash faolligini rivojlantirish, F.A.Abdug‘opirova kognitiv faoliyatni rivojlantirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning didaktik tizimini takomillashtirish masalasini, G.M.Nazirova maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan masalalarni tadqiq etishgan. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, ta’limda pedagogik va axborot texnologiyalar asosida ta’lim jarayonlarini va tarbiyachi pedagoglarning faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish masalalari bilan N.Sh.Abdullayeva, M.M.Berdiyeva, N.X.Begmatova, G.E.Djanpeisova, M.Djumabayeva, S.S.Raximova, N.I.Rejametova, Sh.A.Sodiqova, Z.S.Qodirovalar shug‘ullanganlar. Algoritmni tushuncha sifatida ta’riflab, undan ta’limda foydalanish hamda turli yoshdagi ta’lim oluvchilarning algoritmik fikrlashlarini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha turli muammolarni M.M.Aripov, A.A.Abduqodirov, Z.S.Abdullayev, A.R.Azamatov, U.Sh.Begimqulov, Sh.Nazirov kabi bir qator olimlar o‘rganganlar. Biroq, yurtimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tizimli va ilmiy natijaga ega bo‘lgan tadqiqot ishlari olib borilmagan. Bolalarning mantiqiy, algoritmik fikrlashlarini shakllantirish va rivojlantirish masalalarini MDH davlatlari olimlaridan A.V.Beloshistaya, N.Ya.Vilenkin, L.V.Voronina, K.O.Klimova, A.A.Stolyar, O.G.Soroka, E.A.Utyumova, S.E.Sareva, S.D.Yazvinskaya kabi olimlar o‘rganganlar. Bolalar psixologiyasi, maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi, o‘yinlar nazariyasi, kichik yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasida turli texnologiyalardan foydalanish masalalarini M.E.Bershadskiy, O.K.Burshlinskiy, L.S.Vigotskiy, N.E.Veraksa, P.Ya.Galperin, Z.M.Istomina, A.A.Lyublinskaya, I.Ya.Kaplunovich, R.S.Nemov, D.B.Elkonin kabi olimlar o‘rganganlar. Informatika hamda dasturlash asoslari fanlarini o‘qitishning turli muammolarini va ta’lim oluvchilarda algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shaklantirish va rivojlantirish masalalarini A.P.Yershov, G.Kushnirenko, P.M.Lapchik, Yu.N.Nilova, Yu.A.Pervin, I.G.Semakin, N.E.Ugrinovich kabi olimlar tadqiq etganlar. Xorijiy davlatlarda algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini raqamli tafakkur va dasturlash uchun zarur ko‘nikmalar sifatida, maktabgacha yoshdagi bolalar kognitiv rivojlanishidagi o‘rnini M.U.Bers, A.Sullivan (Amerika), S.S.Papadakis, M.Kalogiannakis, N.Zaranis, G.Fessakis (Gretsiya), A.Otterbon (Shvetsiya), R.Simon (Angliya), S.Metin, Akyol-Altun (Turkiya), A.Saxena, G.Vong (Xitoy), J.Mezak kabi bir qator olimlar o‘rganganlar. Dasturlash asoslari fanini o‘qitish muammolarini T.Bell, S.Bocconi, Von S.R.Gillern, J.Hromkovic, Z.Katai, S.Papert, M.Reznick, M.Romàn-Gonzàlez kabi olimlar tadqiq etganlar. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling