Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet187/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Nominal investitsiya pul shaklidagi investitsiyadir. Uning miqdori bazis va joriy davrda qo’yilgan pul o’rtasidagi mutlaq farq bilan aniqlanadi:
Í È = Í È - Í È ; J = Í È 1

1 0 í è
Í È 0

bu erda:NI- nominal investitsiyaning mutlaq o’simi; NI0 va NI1 - bazis va joriy davrlardagi nominal investitsiya; Jni- nominal investitsiya indeksi.
Investitsiya uchun ajratilgan pulga mashina, uskuna, yoqilg’i, material, xom ashyo sotib olinadi va ishlab chiqarishga jalb qilinadi. Ammo NI investitsiyaning haqiqiy darajasini ifoda etaolmaydi. Chunki bu erda inflyatsiya darajasi inobatga olinmaydi. Shu sababli investitsiyani inflyatsiyadan xoli etib hisoblash kerak. Buning uchun real investitsiyani hisoblash lozim.
Real investitsiya moddiy shakldagi investitsiya bo’lib, nominal investitsiyani moddiy resurslarga aylantirishda bahoning o’zgarishini inobatga olgan holda hisoblangan investitsiyadir. U quyidagicha hisoblanadi:
RI = NI : Jr
bu erda, RI- real investitsiya, J = q1p1 - bahoning umumiy indeksi.

p
q1p0
Investitsiya ikki qismdan iborat bo’ladi: qoplash fondi, ya’ni amartizatsiya fondi; sof investitsiya yoki jamg’arish fondi.
Sof investitsiyaning mutlaq va nisbiy me’yori mavjud. Investitsiyaning umumiy miqdori uning mutlaq me’yori deyiladi va pul shaklida belgilanadi. Sof investitsiyaning sof milliy daromaddagi salmog’i uning normasini yoki darajasini bildiradi. Bu nisbiy me’yordir. Uni jamg’arma normasi deb ham yuritiladi:

бн =
„С

„ММ
100



bu erda: JN - jamg’arma normasi yoki investitsiya normasi; SI - sof investitsiya; SMD - sof milliy daromad.
Real investitsiyaning natijasi - bu erishilgan samara (natija) yoki iqtisodiy o’sishdir. Uning samaradorligi (Ris)ni aniqlash uchun sof milliy daromad o’simi (SMD)ni sof investitsiya o’simi (SI)ga bo’lish kerak:
СМД

РИс

СИ



Masalan, investitsiya o’simi 10 milliard so’m bo’lib, u 5 milliard so’mga teng qo’shimcha sof milliy daromad bersa, investitsiya samarasi quyidagicha hisoblanadi:

РИс
СМД СИ
5  0,5
10

Demak, bir so’mlik investitsiya 50 tiyinlik qo’shimcha sof milliy daromad
bergan. Agar SMD 60 tiyinga etsa, investitsiya samardorligi o’sgan bo’ladi. Agar 40 tiyinga tushgan bo’lsa, samaradorlik pasaygan bo’ladi.

Investitsiyaning samaradorligi asosan investitsiyani qaysi soxaga joylashtirishga va ularni qaysi yo’nalishda ishlatishga bog’liq. Agar investitsiya bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga, istiqbolli sohalarga qo’yilsa, yangi, yuksak unumli texnologiyani joriy etishga sarflansa, mehnat unumdorligi tez o’sib, samaradorlik yuqori bo’ladi.
Sobiq ittifoq davrida shakllangan ishlab chiqarish tarkibi bugungi davr talabiga javob bermay qo’ydi. Respublikalararo mavjud iqtisodiy aloqalar zaiflashdi. Shunday sharoitda tarkibiy tuzilishda chuqur o’zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O’zbekistoning barqaror iqtisodiy o’sishini va aholi farovonligini ta’minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishning eng asosiy shartlaridan biridir.
Izdan chiqqan, xom ashyo etishtirishga qaratilgan, chuqur hududiy nomutanosibliklarga hamda asosan ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirgan ishlab chiqarish bazasiga ega bo’lgan iqtsiodiyotni zamon talabiga javob beruvchi iqtisodiyotga aylantirish uchun kuyidagi tarkibiy uzgarishlarni amalga oshirish bugungi kunning bosh vazifalaridan bo’lib hisoblanadi: xom ashyo etishtirishga mo’ljallangan iqtisodiyotimizning bir tomonlamaligini qat’iyan bartaraf etish; tarmoq tuzilishni tubdan o’zgartirish; «mamlakat miqyosida ixtisoslashtirish» ishori ostida ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishda yo’l qo’yilgan nomutanosiblikni tugatish; tayyor maxsulot ishlab chiqarishga o’tish; Mahsulot sifati va raqobatbardoshligini jahon bozori talablari darajasiga etkazish.
Bu tarkibiy o’zgarishlarni quyidagi ko’rsatkichlarda ifodalash mumkin (15.7- jadval)

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling