- To‘rtinchidan, muallif o‗z yangiliklari va ularni amalga oshirish yo‗llarini
o‗qituvchi-hamkasblar tomonidan taqdim etganda,
muallifning ham, uning
hamkasblarining ham shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda "rad etish"
reaktsiyasi paydo bo‗lishi mumkin.
- Beshinchidan, bu guruh alohida o‗qituvchiga ham,
pedagogik jamoaga
nisbatan ham nafaqat amalga oshirish, balki keyingi tahlil va tuzatish
funksiyalarini ham o‗z zimmasiga olishga qodir.
- Oltinchidan, bunday guruh pedagogik monitoring – tizimli saralash,
mamlakatimiz va xorijiy matbuot materiallari, oliy o‗quv yurtlari tajribasi asosida
yangi g‘oyalar, texnologiyalar, kontseptsiyalarni saralash ishlarini olib boradi.
Amalga oshirish faoliyatini boshqarish muallifning o‗zini bunday ishda
ishtirok etishini istisno etmaydi, aksincha, uning individual ijodiy qobiliyatlaridan
maksimal darajada foydalanish va rag‘batlantirish uchun sharoit yaratadi. Shunday
qilib, pedagogik innovatsiyalarni yaratuvchilar va tarqatuvchilarning sa‘y-
harakatlari maktab sharoitida birlashtiriladi. Haqiqiy
amaliyotda innovatsion
jarayonlarning xarakteri olingan natijalarning mazmuni, taklif etilayotgan
takliflarning murakkabligi
va yangilik darajasi, shuningdek, amaliyotchilarning
innovatsiyalarga tayyorlik darajasi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: