Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


miy asosda oldindan ko‘ra bilishdir


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

miy asosda oldindan ko‘ra bilishdir.
THD modelidan foydalanish muayyan tovar bozoridagi bir­
lamchi talab evolutsiyasiga oid sifat yoki miqdoriy bashoratlami 
ifodalash qobiliyatini ko‘zda tutadi. Ushbu muammo so'nggi o ‘n 
yillikda kuzatilayotgan muhitning turbulentligi va tub o'zgarishlar 
oqibatida g‘arb mamlakatlarida g‘oyatda murakkablashib ketdi. 
Ushbu qiyinchiliklarni hamda bashoratlardagi ,,xatolar“ning tan- 
qidiyligini hisobga olgan holda, ba’zi tahlilchilar bashoratlashning 
befoyda ekanligi haqida fikr bildirishga majbur bo‘ldilar. Aslida
85


esa bashoratlash — barcha firmalar muqarrar ravishda ochiq yoki 
yashirin shaklda bajarishi lozim bo‘lgan majburiyatdir.
Bashorat qilish uslublarining tipologiyasi. Bashoratlash uslub- 
larini ikki mezon bo‘yicha tasniflash mumkin bo‘lib, bu mezon- 
lar bashoratlash jarayonining subyektivlikdan erkinlik darajasi va 
ushbu jarayonning k o‘proq yoki kamroq darajada tahliliy 
bo'lishidir. Ushbu olchashlarning qutblarida subyektiv va obyek- 
tiv uslublar hamda sodda va sabab-oqibat usullari yotadi.
Subyektiv uslublar. Subyektiv uslublarda bashoratni shakllan­
tirish uchun foydalaniladigan jarayonlar ochiq uslubda bay on 
qilinmaydi va ular bashorat qiluvchidan ajralmasdir.
Obyektiv uslublar. Bunda bashoratlash jarayonlari aniq ifoda- 
langan boiib , boshqalar tomonidan ham ijro etilishi mumkindir 
va ular ham muqarrar ravishda xuddi shunday bashoratni ifoda- 
laydilar.
Aslini olganda, birinchi mezon miqdoriy uslublami intuitsiya, 
ijod va tasawur ustunlik qiladigan sifat uslublariga qarshi qo‘yadi.
Sodda uslublar. Bashorat o ‘rganilayotgan o ‘zgaruvchining 

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling