Kirish to ‘siqlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
— miqyosdan tejash, ya’ni kirib kelayotgan firmani keng
ko‘lamli ishlab chiqarishni tashkil qilishga majbur qilish yoki
unga xarajatlar bo‘yicha zarar ko‘rish xavfini vujudga keltirish;
— ,,Kodak“ va ,,Poloroid“ firmalari o ‘rtasidagi nizodagi kabi
patentlar yordamidagi huquqiy himoya;
— xaridorlarni yangi firmaning tashviqotlariga e ’tibor ber-
maslikka undaydigan marka imijining kuchi;
— faqat ishlab chiqarishni o ‘zlashtirish emas, balki reklama
xarajatlarini qoplash uchun zarur b o ‘lgan kapitalga bo‘lgan
ehtiyojlar;
— xaridordan mashhur ishlab chiqaruvchining tovaridan
yangi firmaning tovariga o ‘tishda talab qilinadigan real yoki ruhiy
qayta qurishga sarflanadigan o ‘tish xarajatlari;
— sotuv tarmoqlariga kirish: ulguiji sotuvchilar yangi tovar-
lami olishda juda ehtiyotkor bo‘lishlari kerak, shunda yangi firma
yangi tovar uchun yangi sotish kanalini tashkil qilishga majbur
bo‘ladi;
— bozorda oyoqqa turib olgan firma ega bo‘lgan tajriba samarasi
va xarajatlar bo'yicha ustunlik, ayniqsa, qo‘l mehnati sektorlarida
juda katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
0 ‘rinbosar tovarlar xavfi. 0 ‘rinbosar tovarlar — muayyan
iste’molchilar guruhi uchun muayyan funksiyani bajaruvchi,
biroq boshqa texnologiya asosida ishlab chiqarilgan tovarlardir.
0 ‘rinbosar tovarlarning bozorga kirib kelishiga, masalan, fan-
92
texnika taraqqiyoti yoki narx siyosatining o ‘zgarishi sabab bo‘lishi
mumkin — mikrokompyuterlar narxining pasayib borishi an’a
naviy pochtaning elektron aloqa tomonidan siqib chiqarilishiga
Do'stlaringiz bilan baham: |