Ishlab chiqarishdagi zararli omillarning nomi CHREK
sianli natriy - 0.3 mg/m3
sulfat kislotasi - 1.0 mg/m3
xlorid kislotasi - 5,0 mg/m3
azot kislotasi - 2,0 mg/m3
ammiakli suv - 20 mg/m3
kaustik sodasi (o‘yuvchi natriy) - 0,5 mg/m3
tiomochevina - 0,3 mg/m3
ohak changi - 1,0 mg/m3
tarkibida kremniy bo‘lgan ruda changi (SiO2 10% dan 70% gacha) - 2,0 mg/m3
1.3.1. SIANLI NATRIY (sianid natriy)
Rangsiz kristallar, salgina achchiq bodom hidli, CHREK – 0,3 mg/m3. Toksik ta'siri sianli kislota ta'siriga o‘xshash. Suvda yaxshi eriydi va boshqa sianidlarga qaraganda kuchli ta'sir qiladi, sianli natriyning o‘limga olib keladigan dozasi 0,1 gr. Zaharlanish belgilari – tomoq yullarida qirilish, og‘izdagi achchiq kuydiruvchi ta'm, gandiraklash, gapirolmay qolish, bosh aylanishi, qayt qilish, hushni yo‘qotish, nafas yo‘llarning falaji, yurak falaji, o‘lim.
Sianli birikmalar bilan zaharlanganda birinchi yordam: jabrlanuvchini zudlik bilan toza havoga olib chiqish kerak, ifloslangan kiyimini va protivogazni tezda уechish, zavod tibbiyot bo‘limidan feldsherni chaqirish, jabrlanuvchini issiq o‘rash va kislorod bilan ta'minlash kerak. Nafas olishi qiyinlashganda sun'iy nafas oldirish va yurakni yopiq massaj qilish lozim. Feldsher kelganidan so‘ng uning ko‘rsatmalariga amal qilish lozim.
Sianli vodorod bilan zaharlanganda tezda jabrlanuvchiga paxtaga 5 - 8 tomchi amilnitrit tomizib hidlatish zarur.
Sianidlar ichga ketganda oshqozonni kaliy peroksidining 3 % li yoki kaliy permanganatning 0.2% li eritmasi bilan yuvish kerak. Har 15 minutda temir sulfati va kuydirilgan magneziya eritmasi (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) ichirib turilishi kerak.
Sianidlar teriga tushganda birinchi yordam ko‘rsatishda tezda sianidlarni ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak, keyin borat kislotali yoki borat malhami surtilgan ho‘l bog‘lam qo‘yiladi.
Sianidlar ko‘zga tushganda - ularni 2% li soda eritmasi yoki borat kislotasi eritmasi bilan yuvish zarur, eritmalar bo‘lmaganda ko‘zlarni ko‘p miqdordagi oqib turgan suv bilan yuvish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |