Navoiy “Do٬stlik” ordenli kon-metallurgiya kombinati


-GMZ HAMMA ISHCHILARI UCHUN MEHNAT MUHOFAZASI


Download 299.52 Kb.
bet7/10
Sana02.06.2024
Hajmi299.52 Kb.
#1835014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
№ 5П-А4 (узб.-латиница)

2. 2-GMZ HAMMA ISHCHILARI UCHUN MEHNAT MUHOFAZASI
VA XAVFSIZLIGI BO‘YICHA UMUMIY TALABLAR
Hamma ishchilar quyidagilarga majbur:
2.1. 2-GMZ hududida va 2-GMZ ga tutashgan hududlarda jamoat tartibi qoidalariga rioya qilish; ma'muriyat tomonidan ajratilgan jamoat transportida ishga borayotganda va ishdan qaytayotganda o‘zaro bir biriga xushmuomala bo‘lish; iflos qilmaslik, so‘kinmaslik, bezorilik qilmaslik.
2.2. NKMK xodimlari uchun ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish.
Ushbu yo‘riqnoma va 2-GMZ da amal qiladigan mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha boshqa me'yoriy hujjatlar talablarini bajarish.
Ma'muriyat tomonidan belgilangan muddatlarda, kasbiy va umumiy kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va uni boshlanish davrida davolash bo‘yicha choralar ko‘rish uchun 3-TSQ da profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tish. SHifokorlar topshiriqlarini va tavsiyalarini bajarish.
2.3. O‘z vaqtida, grafikka asosan, mehnat shartnomasi va ish majburiyatlari bo‘yicha bajaradigan asosiy ishi va qo‘shimcha ishlari, yaqin va ikkinchi kasbi bo‘yicha mehnat muhofazasi va xavfsizligi me'yoriy hujjatlarni funksional majburiyatlari hajmida bilishi haqida
komissiyaviy sinovdan o‘tish.
2.4. Har 3 oydan kam bo‘lmagan muddatda, mehnat shartnomasi va ish majburiyatlari bo‘yicha bajaradigan ishchiga ruhsat etlgan asosiy ishi va qo‘shimcha ishlari, yaqin va ikkinchi kasbi bo‘yicha ish o‘rnida mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha davriy (takroriy) instruktajdan o‘tish.
2.5. Ish vaqtida 2-GMZ ishlab chiqarish binolari ichida (zavod boshqarmasi binosi, ZML, HKK, TQU dan tashqari) himoya kaskasida yurish. Fosfarit konsentrati ishlab chiqarish sexi, ohaktosh kuydirish uchastkasi, chiqindi xo’jaligi uchastkasi hududida ham himoya kaskasida bo’lishlari lozim.
2.6. Betartib uyib tashlangan yuklar, materiallar, ehtiyot qismlar, jihozlar ustidan yurmaslik. 2-GMZ ga tutashgan hududda, 2-GMZ hududida va ishlab chiqarish binolari ichida faqat shuning uchun mo’ljallangan yo’laklardan yurish lozim. Avtoyo‘llarda harakatlanish lozim bo‘lganda, yulning chap tarafida, kelayotgan avtotransportga qarama qarshi tomonda harakatlanish zarur. Yo‘lda bo‘lgan to‘siqlarni (quvurlar, metall konstruksiyalar, transheyalar, xandaqlar va hokazo) kesib o‘tishda faqat statsionar o‘tish joylaridan, ko‘priklardan foydalanish lozim. Statsionar o‘tish ko‘prikchalari bo‘lmagan taqdirda, yo‘lda uchragan to‘siqlarni aylanib o‘tish lozim.
2.7. Avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan berilayotgan signallarga e'tiborli bo‘lish, ushbu signallar talablarini bajarish.
2.8. 2-GMZ ga tutashgan hududda va 2-GMZ hududida, hamda uning hamma bo‘linmalarda ovqatlanish, choy va ichimliklar ichish, chekish va nosvoy qabul qilish faqat maxsus belgilangan va shu maqsad uchun jihozlangan joylarda va o‘rnatilgan vaqtda ruxsat etiladi.
2.9. Harakatlanayotgan avtotransport vositalari kuzovida va tashilayotgan yuklar ustida yurmaslik. Harakatlanayotgan va ishlayotgan traktor va yuklagichlarning kabinasida begona kishilarning bo‘lishi ruxsat etilmaydi. Odamlarni tashish faqat maxsus jihozlangan avtotransport vositalarida ruxsat etiladi.
2.10. Zarur bo‘lmaganda xavfli hududlar to‘siqlari orqasiga o‘tmaslik. To‘siqlar ustidan oshib o‘tmaslik, ular ustida turmaslik, o‘tirmaslik. O‘rnatilgan to‘siqlarni, ogohlantiruvchi plakatlarni, belgilarni olib tashlamaslik va уechib olmaslik.
2.11. Siz o‘zingiz ishtirok etmayotgan ish joylarini xavfsiz masofadan aylanib o‘tish lozim.
2.12. Ko‘tarilgan yuk ostida turmaslik va uning tagidan o‘tmaslik. Balandlikda bajarilayotgan ish joylari ostida turmaslik va tagidan o‘tmaslik (xavfli hudud chegaralari tushib ketish balandligiga bog‘liq va balandlik 10 m gacha bo‘lganda 4,0 m ni, balandlik 20 m gacha bo‘lganda 7,0 m tashkil qiladi).
2.13. Temir yo‘llarda relslar ustida yurmaslik, zarur bo‘lganda ikki yo‘l orasidan, qo‘shni yo‘lda turgan lokomotiv va vagonlardan 3,0 m yaqin bo‘lmagan masofada o‘tish. Relsli yo‘llarni to‘g‘ri burchak ostida, to‘xtab turgan transport vositalaridan 5,0 m dan kam bo‘lmagan masofada, relslar ustiga chiqmasdan kesib o‘tish. Temir yo‘llarda turgan vagonlar, dumpkarlar tagiga emaglab kirmaslik, vagonlar, dumpkarlar ulangan joylari ostidan o‘tmaslik. Vagonlar, dumpkarlar bilan band bo‘lgan temir yo‘llarni kesib o‘tish zarur bo‘lganda, o‘tish maydonchalaridan foydalanish yoki ularni xavfsiz masofadan aylanib o‘tish.
2.14. Ish joylaridagi ko‘chmas narvonlardan ko‘tarilishda va tushishda “uch nuqta” qoidasiga rioya qilish – ikki qo‘l va bir oyoq yoki ikki oyoq va bir qo‘lga tayanish.
2.15. Asboblar, detallar, zagotovkalar, materiallarni tik qiya va tik narvonlar bo‘ylab qo‘llarda tashimaslik. Buning uchun ishchining уelkasiga tashlab yuriladigan va uning harakatlanishiga xalaqit bermaydigan, bog‘ich va kamarlari bo‘lgan sumkalardan, xaltalardan, konteynerlardan foydalanish kerak. Bu ashyolar bo‘lmaganda narsalarni xavfsiz idish va arqondan foydalangan holda ko‘tarish yoki tushirish kerak.
2.16. Qiya (600 dan yuqori) narvonlardan (traplardan) tushishda yonbosh bilan yoki pog‘onalarga qaragan holda, pog‘onalarni tashlab o‘tmasdan, tutqichlarni ushlab va ularga tayangan holda tushish lozim. Pog‘onalardan sakrab tushish taqiqlanadi.
2.17. Narvonlarda, harakatlanayotganda qo‘llar tutqichlardan sirg‘anib chiqib ketmasligi uchun rezina yoki KSH tipidagi, ho‘l yoki moylash materiallari bilan ifloslangan qo‘lqoplardan foydalanmaslik kerak.
2.18. Pollari va maydonchalari moy bilan ifloslangan binolarda, ob'ektlarda, jihozlarda yoki mexanizmlarda o‘rnatilgan tik narvonlar (traplar) old joylariga smena davomida qum sepilishi yoki ko‘tarilish va tushishdan oldin poyafzal tagini tozalash uchun boshqa choralar ko‘rilishi kerak.
2.19. Narvonlar bo‘ylab ko‘tarilishdan oldin poyafzal tagini yopishgan loy va tuproqlardan tozalash kerak.
2.20. Balandligi 2,5 m dan yuqori bo‘lgan narvonlar (traplar) yoysimon to‘siq bilan jihozlanmagan bo‘lsa, bunday narvonlarga chiqish ruxsat etilmaydi.
2.21. Konstruksiyalarga, devorlarga va jihozlarga puxta mahkamlanmagan narvonlar (traplar) bo‘ylab harakatlanish ruxsat etilmaydi. Narvonlarni va uning elementlarini mahkamlash uchun simlardan va boshqa qo‘lga tushgan narsalardan foydalanish taqiqlanadi.
2.22. Pog‘onalari уetishmaydigan va nuqsonlari bo‘lgan narvonlarda (traplarda) harakatlanish mumkin emas.
2.23. Doimiy ravishda qish vaqti narvonlarni, zinapoyalarni, to‘siq va tutqichlarni muz va qordan tozalab turish lozim. Ishchi bu ishlarni bajarayotgan vaqtda himoya kaskasidan, saqlash kamaridan va sirg‘anmaydigan materialdan tikilgan qo‘lqoplardan foydalanishi lozim.
2.24. Tutqichlarga osilmaslik, narvon konstruksiyasi elementlarini moy bilan ifloslangan qo‘llar bilan ushlamaslik kerak, narvon yo’lagida yugurmaslik, suyanchiqli chegaralarga chiqishmaslik, o’tirmaslik, suyanchiqli chegaralardan sirg’alib tusmastlik lozim.
2.25. Tez-tez foydalaniladigan tik va tik qiya narvonlar (traplar) o‘rnatilgan joylar me'yorlarga muvofiq yaxshi yoritilganaga ishonch hosil qilish lozim.
2.26. Harakatlanayotgan o‘ziyurar yoki tashiydigan mashinalar, mexanizmlar, agregatlar narvonlarida, zinapoyalarida, pog‘onalarida va traplarida turish ruxsat etilmaydi.
2.27. Tik va tik qiya narvonlarda harakatlanish bir vaqtda faqat bir kishiga ruxsat etiladi. Bunday vaqtda narvon ostida turish, va unga narsalar qo‘yish taqiqlanadi.
2.28. Narvon bo‘ylab ko‘tarilayotgan yoki tushayotgan ishchini qichqirib chaqirish yoki boshqa yo‘l bilan diqqatini chalg‘itmaslik.
2.29. Narvonlar ostidagi maydonchani va undan chiqish joylarini narsalar va chiqindilar bilan ivirsitib yubormaslik.
2.30. Elektrpayvandlash oloviga qaramaslik. Elektrgaz payvandchi bilan birga ishlaganda rangli filtrli ko‘zoynaklardan foydalanish.
2.31. Gaz ballonlariga, yonuvchi va уengil alangalanuvchi materiallarga ochiq olov bilan yaqinlashmaslik.
2.32. Moy bilan ifloslangan qo‘llarni, hatto ozgina moy tekkan bo‘lsa ham, kislorod ballonlariga tekkizmaslik. Ogohlantiruvchi plakatlar, belgilar, yozuvlar talablarini aniq va to‘liq bajarish.
2.33. Birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan boshqa belgilanmagan maqsadlarda foydalanmaslik.
2.34. Og‘ir metall eshiklarni tutqichidan ushlab turib ochish va yopish lozim. Elektrprivodli darvozalarni ochilishida (yopilishida), ishlab turgan va tovushli signalizatsiyaga e‘tibor berish va darvozani ochilishi (yopilishi) hududida turmaslik kerak.
2.35. Quduqlarning, katta sig‘imli idishlarning, zumpflarning og‘zini, orayopma va pollarning qismlarga ajratilgan joylarini ochiq va to‘silmagan holda qoldirmaslik, ish tugagandan keyin olingan qismlarni joy-joyiga qo‘yish.
2.36. To‘sib qo‘yilgan teshiklar, o‘ralar, kotlovanlar, bunkerlar oldiga 2,0 m dan kam bo‘lgan masofada yaqinlashmaslik.
2.37. Suv bilan tozalash shlanglarini ikki tomonlama nippellardan foydalanib ulash kerak, shlanglar nippellarga maxsus xomutlar bilan mahkamlanadi.
2.38. Ishlatilgan suv elektr jihozlarga tushmasligini kuzatib borish.
2.39. Elektr shkaflarning, sborkalarni eshigini ochmaslik, elektr jihozlarni mustaqil ta'mirlamaslik, agarda bu ishlarni bajarishga haqi bo‘lmasa. Elektr shkaflarning, sborkalarni eshiklarini ochiq holda tashlab ketish, va shuningdek elektr kabellarni uchlarini himoyasiz qoldirish ta‘qiqlanadi.
2.40. Elektr jihozlarning izolyatsiya qilinmagan detallariga tegmaslik.
2.41. Qo‘lda yasalgan elektr yoritgichlardan foydalanmaslik.
2.42. Qo‘lda yasalgan va o‘rnatilgan tartibda ruyxatdan o‘tkazilmagan elektr asboblardan foydalanmaslik; tarmoqqa ulangan elektr isitish asboblarini (elektr plitkalar, kavsharlagichlar, choynaklar va b.) nazoratsiz qoldirmaslik.
2.43. Ma'muriyat tomonidan ishlash uchun berilmagan jihozlarni ishga tushirish va o‘chirish (to‘xtatish), avariya vaziyatlari bundan istisno.
2.44. Ish joylarida va saqlash joylarida ishga yaroqli va yaroqsiz himoya vositalarini, asboblarni, yuk qamrovchi moslamalarni, idishlarni, so‘ri vositalarini, yordamchi mexanizm va moslamalarni birgalikda saqlash ruxsat etilmaydi.
2.45. Materiallarni, zagotovkalarni, mahsulotlarni stanoklar yoniga va ish joylariga balandligi 1,7 m ko‘p bo‘lmagan shtabellarga joylashtirish.
2.46. Ish joylariga begonalarni qo‘ymaslik; ish joyida sho‘xlikka yo‘l qo‘ymaslik, ish vaqtida shaxsiy ba'zi-bir narsalar yasash bilan shug‘ullanmaslik.
2.47. Boshqa ishchilar tomonidan xavfsizlik qoidalari buzilganligini ko‘rib qolganda, ularni bu haqda ogohlantirish.
2.48. Jihozlarning hamma aniqlangan nosozliklari va buzilganliklar haqida ma'muriyatga xabar berish lozim
2.49. УEngil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar bilan maxsus kiyimlarni tozalamaslik lozim.
2.50. УEngil alangalanadigan va yonuvchi moddalarni shu maqsad uchun moslashmagan joylarda saqlamaslik. УEngil alangalanadigan va yonuvchi moddalarni ish joylarida faqat o‘t o‘chirish qismi
bilan kelishilgan holda va sutkalik ehtiyoj miqdorida ruxsat etiladi.
2.51. Maxsus kiyim, maxsus poyafzalni ma'muriyat ruxsatisiz 2-GMZ tashqarisiga olib chiqmaslik, maxsus kiyim, maxsus poyafzaldan belgilangan maqsaddan boshqa va ish vaqtidan tashqari vaqtda ishlatmaslik.
2.52. Ish maydonlarini, zinapoyalar marshlarini, to‘siqlarni moy tekkan lattalar bilan artmaslik.
2.53. 2-GMZ da boshqa ish joylariga va boshqa bo‘linmalariga kirganda ogohlantiruvchi yozuvlarga, plakatlarga, signallarga e'tibor berish va ular talablarini bajarish lozim.
2.54. Alkogol va narkotik moddalarni o‘zi bilan olib kelmaslik, ish joyida ularni tayyorlamaslik va 2-GMZ da, korxona transportida ishga kelayotganda va ishdan qaytayotganda ularni qabul qilmaslik.
2.55. SHaxsiy gigiуena talablarini bajarish.
2.56. Mazkur yo‘riqnoma talablarini bilish va ularni bajarish.
2.57. Zavod avariya xizmati va mehnat muhofazasi bo‘limi telefon raqamlarini bilish:
- yong‘inga qarshi xizmat – 101 yoki 577-33-36- (Besopan maydonchasi);
- tez yordam – 103 yoki 577-33-13- (2-GMZ zdravpunkti);
- 2-GMZ MM va XT bo‘limi – 577-32-25; 577-34-91; 577-32-53; 577-30-05; 577-37-78;
2.58. Tanani ishlab chiqarish zararligining ta'siridan saqlash uchun me'yorlarga ko‘ra bepul beriladigan va bajariladigan ishlarga mos, yaroqli maxsus kiyimni kiyish. Maxsus kiyim ishchi teri qoplamini ishonchli himoya qilishi, qulay, уengil kiyiladigan va уechiladigan bo‘lishi, organizmning normal termoregulyatsiyasini ta'minlashi, kirlardan уengil toza bo‘lishi lozim.
2.59. Boshni tasodifiy zarbalardan saqlash uchun himoya kaskasini kiyib yurish. Kaska tagi va amortizatori orasida yaxshi shamollanadigan bo‘shliqqa ( balandligi kamida 2,5 sm) ega bo‘lishi, boshga yaxshi o‘rnatilishi lozim.
2.60. Ish dastgohi (verstak) qattiq va mustahkam konstruksiyaga ega va turg‘unligiga, dastgoh yuzasi gorizontal va po‘lat varag‘i bilan qoplangan bo‘lishi, o‘yilgan va g‘udur joylari bo‘lmasligi va toza saqlanganligiga ish boshlashdan oldin ishonch hosil qilish lozim. Dastgoh kengligi 750 mm, balandligi 800÷900 mm bo‘lishi lozim.
2.61. Ko‘zlarni himoya qilish vositasi sifatida ochiq yoki yopiq tipdagi ko‘zoynaklardan, boshga kiyiladigan yarim maskalardan, himoya shchitoklari va niqoblaridan foydalanish kerak.Ko‘zni himoya qilish vositalarining foydalanish samaradorligi, ushbu vositalarning to‘g‘ri tanlanganligidan, mosligidan, qarov va saqlash sharoitidan kelib chiqadi.
2.62. Qo‘llarni mexanik jarohatlanishlardan, termik kuyishlardan, kislota, tuzlar, eritgichlar, toksik va terini bo‘yaydigan moddalar ta'siridan himoya qilish uchun himoya qo‘lqoplaridan foydalanish lozim. Qo‘lqoplarni toza bo‘lgan qo‘llarga kiyish lozim; уechishda qo‘llarni iflos qilmaslik kerak.
2.63. Ish vaqtida foydalaniladigan idishlar markalangan bo‘lishi, yorilgan, уeyilgan joylari bo‘lmasligi, stroplash joylari qiyshaymagan bo‘lishi, fiksator va bekitish moslamalari soz bo‘lishi lozim.
2.64. Ishlatishdan oldin saqlash kamarlari tekshirish lozim – ular registratsiya qilingan, sinovdan o‘tgan , uzunligi rostlangan va ishchi belida mahkam turishini tekshirish lozim. Kamarning yuk osiladigan tasmasining kengligi 50 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Kamar karabini qo‘lqop kiyilgan qo‘llar bilan tezda va ishonchli mahkamlanishni va уechib olishni ta'minlashi kerak. Karabin tasodifan ochilib ketmasligi uchun, saqlagich moslamasiga ega bo‘lishi lozim. Kamarning metall detallarida yorilgan, o‘yilgan yirtilgan joylari, g‘udurlar, o‘tkir qirralar bo‘lmasligi kerak.
2.65. Ishlatishdan oldin ishlov berilayotgan detallar mahkamlanadigan tiskaning sozligini, tisklarni shunday o‘rnatish kerakki, uning ishchi jag‘lari ishchining tirsaklari balandligida bo‘lishi lozim. Tisklarning olib qo‘yiladigan po‘lat yassi jag‘larining ishchi yuzasidagi tishlari уeyilmagan va mahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
2.66. Ish boshlashdan oldin almashtiriladigan yassi plankalarining ishchi yuzalari orasidagi tirqishni tekshirish kerak. Tisk yopilgan holatida 0,1 mm dan oshmasligi kerak.
2.67. Ish boshlashdan oldin bolg‘a va kuvalda urgichlarni tekshirish lozim. Ularning yuzalari silliq, salgina qavariq bo‘lishi, singan, o‘yiq, yorilgan, g‘udur joylari bo‘lmasligi kerak.
2.68. Ish boshlashdan oldin bolg‘a, kuvalda va boshqa zarbali asboblarning dastalarini tekshirish lozim. Ular foydalanishda chidamlilikni ta'minlaydigan bargli daraxt turlarining ko‘zsiz va buralmasiz qattiq quruq yog‘ochidan yoki sintetik materiallardan yasalgan bo‘lishi lozim. Dastalar kundalang kesimi oval shaklida, silliq bo‘lishi, yorilgan joylari bo‘lmasligi kerak. Bolg‘a dastalari bo‘sh uchi qo‘l sirg‘anib chiqib ketmasligi uchun yo‘g‘onroq bo‘lishi lozim.
2.69. Dastalarning bo‘ylama o‘qi asbobning bo‘ylama o‘qiga qat'iyan perpendikulyar bo‘lishligini kuzatish lozim.
2.70. Asboblarni dastalariga mahkamlash uchun ishlatiladigan ponalar yumshoq po‘latdan tayyorlanishi va kertiklari (tishlari) bo‘lishligini kuzatish lozim.
2.71. Asboblarning (egovlar,shaberlar) uchiga o‘rnatiladigan dastalarning bandaj metall xalqalari bo‘lishligini kuzatish lozim.
2.72. Belkuraklarning dastasi (sopi) qisqichlariga mahkam o‘rnatilgan bo‘lishligini kuzatish lozim. Dastaning qisqichdan chiqib turgan uchi belkurak tekisligiga nisbatan qiya ravishda kesilgan bo‘lishi lozim.
2.73. Lomlar to‘g‘ri bo‘lishi, uchlari cho‘zilgan va o‘tkirlangan bo‘lishligini kuzatish lozim.
2.74. Zarbali asboblarning (zubilolar, sumbalar (borodoklar), keskichlar, kernalar va boshqalar) orqa qismi silliq bo‘lishi, yorilgan, g‘udurlar, singan joylari bo‘lmasligi kerak, asboblarning ishchi uchlarida esa shikastlangan joylari bo‘lmasligini kuzatish lozim.
2.75. Otvertkalarni shunday tanlash kerakki, uning ishchi qismi (kurakchasi) kengligi, burama mix yoki vintning kallagidagi shlitsa o‘lchamiga mos bo‘lishi kerak.
2.76. Metall kesish uchun ishlatiladigan qaychilarda ezilgan, uvalangan, yorilgan joylari bo‘lmasligini kuzatish lozim. Pichoqlarning kesadigan uchlari o‘tkir va bir- biriga zich tegib turishi kerak.
2.77. Ko‘chma qo‘l elektr yoritgichlari himoya to‘riga, osib qo‘yish uchun ilgakka va shlangli simga (SHRPS tok o‘tkazgich simlari 0,75÷1,5 mm) ega bo‘lishligini kuzatish lozim. Kabelning yoritgich ichiga kiritilayotgan joyi уeyilish va bukilishdan himoya qilingan bo‘lishi lozim.
2.78. Doimiy ish joylarida mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar (yoki yo‘riqnomalardan parchalar) osib qo‘yilgan bo‘lishligini kuzatish lozim, boshqaruv pultlaridagi, asboblardagi va boshqaruv dastalaridagi yozuvlar 500 mm dan kam bo‘lmagan masofadan yaxshi o‘qilishi lozim.
2.79. Ko‘chma tirab qo‘yiladigan narvonlar va qo‘sh oyoqli narvonlar qaydnomali nomerlangan, sinovdan o‘tgan bo‘lishi, shikastlanmagan, sirg‘anib ketmasligi va tepa qismi yiqilib ketmasligi uchun moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishligini kuzatish lozim.
Tirab qo‘yiladigan narvonning umumiy uzunligi 5,0 m dan oshmasligi kerak. Narvon kengligi asosida 400 mm dan va tepa qismida 300 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Uzunligi 3 m va undan uzun yog‘och narvonlar pog‘onalari tagida kamida 2 dona metall tortuvchilari bo‘lishi kerak.
2.80. Metall havozalar va so‘rilar zaminlangan bo‘lishligini kuzatish lozim.
2.81. Vaqtinchalik o‘rnatilgan tashqi elektr simlari izolyatsiyalangan bo‘lishi va ish joylaridan kamida 2,5 m dan yuqorida, o‘tish joylaridan kamida 3,5 m dan yuqorida, transport vositalari o‘tadigan joylardan kamida 6,0 m yuqoridan o’tkazilgan bo‘lishligini kuzatish lozim.
2.82. Ish vaqtida, shuningdek 2-GMZ hududi bo‘ylab harakatlanayotganda va zavod bo‘linmalarida (hamma ish joylarida) ishlab chiqarish jihozlari shovqinini pasaytirishga mo‘ljallanmagan radio garnituralaridan (naushniklardan), pleуerlardan, telefon moslamalaridan va boshqa moslamalardan foydalanish taqiqlanadi.
2.83. Korhona tomonidan taqdim etilgan transportda (avtomobil, temir yul va boshqalarda) ishga borishda va ishdan qaytishda havfsizlik choralariga rioya qilish, tetik bo’lish, qimor va shu kabi o’yinlarni o’ynamaslik.
2.84. Ishchilarni havfsizligini ta’minlash maqsadida, korhona tomonidan taqdim etilgan transportda (avtomobil, temir yul va boshqalarda) ishga borishda va ishdan qaytishda, 2-GMZ hududida, 2-GMZ tsehlari va uchastkalari hududlarida va ishlab chiqarish honalarida harakatlanishda, ish vaqtidaligiga, yoki ishga boorish, yoki ishdan qaytish vaqtidaligiga, yoki ovqatlanish tanaffusi vaqtidaligiga qatiy e’tiboran, va shuningdek ishchilarning ishlab chiqarishda noma’qul kurinishda bo’lishlariga yul quymaslik uchun – ishchilarga yo’qorida kursatilgan holda kelish va harakatlanish TA’QIQLANADI:
- jarohatlanish havfini tugdiradigan oyoq kiyimda: juda baland kablukli (peshanasi) (5 sm. dan baland bo’lganlari), tag charmi juda qalin (“platform”) (5 sm. dan baland bo’lganlari), oyoqni tovon tomoni mahkamlanmaydigan oyoq kiyimda (“shipak”, “slansi”, “tapochka” larda);
- shortida, maykada, yoki badan kiyimda (erkaklar uchun).



Download 299.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling