Navoiy “Do٬stlik” ordenli kon-metallurgiya kombinati
GMZ-2 NING STRUKTURAVIY BO‘LINMALARI ISHCHILARI UCHUN XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
Download 299.52 Kb.
|
№ 5П-А4 (узб.-латиница)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyultirish sexida
- Tamirlash mexanika sexining
- Ishlab chiqdi: MM va TH buyicha muhandis A.A. Sadenov Kelishilgan: MM va TH buyicha 2-GMZ bosh muhandisi urinbosari A.A. Astanov
6. GMZ-2 NING STRUKTURAVIY BO‘LINMALARI ISHCHILARI UCHUN XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
6.1. Ruda tayyorlash sexining yanchish bo‘linmasi ishchilari uchun mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar. 6.1.1. Ruda tayyorlash sexining yanchish bo‘linmasida ishlab chiqarishning zararli omillari qo‘yidagilar hisoblanadi: - qayta ishlanayotgan ruda tarkibida 10 % dan 70 % gacha erkin kremniy to‘rt oksidi bo‘lishi va yanchish va tashish jarayonida ajraladigan ruda changining ishchi zonasida mavjudligi - payvandlash ishlari vaqtidagi aerozollar; - ishlab chiqarish shovqini; - ish joylarida, drobilka shaxtasida havoning yuqori darajadagi namligi va tabiiy yorug‘likning yo‘qligi; qabul bunkerlari yaqinida, ± 0,00m otmetkada harakatlanayotgan temir yo‘l va avtomobil transporti vositalari mavjudligi; Jarohatga xavfli omillar quyidagilar hisoblanadi: - temir yo‘l transporti harakati zonasida bo‘lish; - uzluksiz ishlaydigan texnologik jihozlarga: katta uzunlikdagi qiya statsionar va ko‘chma plastinkali va lentali konveyуerlarga, yirik yanchish drobilkasiga yaqin masofada bo‘lish va ularga xizmat ko‘rsatish zaruriyati; - уerdan turib boshqariladigan yuk ko‘targich kranlar va yuk ko‘targich mashinalar yordamida yuk tashish; - qabul qiladigan va to‘playdigan bunkerlarda to‘siqlarning yo‘qligi; - sexda ion hosil qiluvchi nurlanish manbaalari mavjudligi; - tungi vaqtida sun'iy yorug‘likning o‘chish mumkinligi; - ko‘p sonli metall statsionar narvonlar bo‘ylab har xil balandlikda joylashgan ish joylari orasida harakatlanish zaruriyati; - texnologik jihozlarni yuritmasida 0,4 kV dan 6,0 kV gacha kuchlanishli elektr dvigatellardan foydalanish; - sutkaning qorong‘i paytida elektroenergiya o‘chganda, ishchilarni chiqarish uchun avariyali yoritish statsionar manbalari yo‘qligi. 6.1.2. Ruda tayyorlash sexining yanchish bo‘linmasi hamma ishchilarini shaxsiy xavfsizligini ta'minlash uchun, 2-GMZ hamma ishchilari uchun xavfsizlik talablariga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni bajarish zarur: - hamma ishlab chiqarish binolarida bo‘lganda nafas olish yo‘llarini himoya qiladigan changga qarshi IHV ni (filtrlovchi polumaska, respirator) va shovqinga qarshi vositalarni (tiqinlar (vkladishlar) va quloqchinlar) o‘zi bilan olib yurishi va foydalanishi; - bo‘linma hududida qabul qilish bunkeri, KKD-1 va KKD-2 drobilkalari yonida bo‘lganda, e'tiborli bo‘lish va harakatlanayotgan teplovozlar, dumpkarlar, avtomashinalardan ehtiyot bo‘lish; - ± 0,00 m otmetkasida harakatlanishdan oldin KKD-1 va KKD-2 qabul qilish bunkerlari atrofida avtotransport va temir yo‘l transporti harakat tarkiblari yo‘qligiga ishonch hosil qilish; SHuni yodda tutingki, svetoforning yashil signali teplovozlarga, dumpkarlarga, “vertushkalarga” temir yo‘l bo‘ylab harakatlanishga ruxsat beradi; - temir yo‘llarni kesib o‘tishda shunga mo‘ljallangan o‘tish estakadasidan foydalaning; - temir yo‘lni kesib o‘tish zaruriyati bo‘lganda, to‘g‘ri burchak ostida, yo‘lda turgan sostavdan 5,0 m dan kam bo‘lmagan masofada o‘ting, relslar ustida turmang; - temir yo‘l yoqalab relslar orasida yurmang, (temir yo‘l yoqalab yurish zaruriyati paydo bo‘lganda, yo‘lda turgan dumpkarlarga 3,0 m yaqin masofaga bormasdan, yo‘llar orasidan yurish kerak); - konveyуer lentasidan odamlarni tashish uchun foydalanmaslik kerak (rudadan tashqari); - + 29,0 m otmetkali to‘playdigan bunkerning bir tomonidan ikkinchi tomoniga otmetka poli bo‘ylab, ko‘chma (g‘altakli) konveyуerning sharqiy yoki g‘arbiy tomonidan yoki ko‘chma (g‘altakli) konveyуerning yuritma kallagi ustida joylashgan o‘tish ko‘prikchalaridan konveyуer to‘xtagan paytida o‘tish mumkin; - qiya konveyуerlardan o‘tish faqat qiya konveyуer galereyasining уer yuzasiga chiqish joyida jihozlangan statsionar o‘tish joylaridan foydalangan holda ruxsat etiladi; - konveyуer yoqalab yurayotganda konveyуer va konveyуer lentasi harakati haqida ogohlantiruvchi yorug‘lik va tovush signallariga e'tiborli bo‘lish kerak; - shuni yodda tutingki, har qanaqa konveyуerlarni ularning yonida tortilgan trosdan tortib darhol to‘xtatish mumkin. 6.1.3. Ovqatlanish, chekish faqat shuning uchun maxsus jihozlangan joylarda ruxsat etiladi. Ichish uchun qaynatilgan suvdan foydalanish kerak. 6.1.4. Qabul bunkerlari yonidagi 0,00 m otmetkasidan KKD-1 va KKD-2 drobilkalari shaxtalariga kirishda faqat maxsus jihozlangan marsh zinapoyalaridan foydalaning. 2- GMZ hududidan drobilkalarning shaxtasiga faqat kirish eshiklari orqali, KLS-1 yoki KLS-2 konveyуerlari lentasi ustiga o‘rnatilgan o‘tish ko‘prikchalari ustidan, qiya konveyуerning ishchi tarafidagi marshli zinapoyadan kirish kerak. 6.1.5. Drobilka shaxtasidan va 2-GMZ hududidan qiya konveyуerlarning yuqorida joylashgan barabaniga, +32,00 m otmetkasiga faqat qiya konveyуerlar galereyasi ishchi tomonidagi pog‘onalari ustidan yurib chiqish lozim. 6.1.6. Ko‘chma (g‘altakli) konveyуerlarning +29,0 m va +28,0 m otmetkasiga o‘tish uchun +32,00 m otmetkasidan mavjud bo‘lgan statsionar narvonlardan tushib kelish yoki maydalash sexining sharq tomonidagi marsh zinapoyasidan ko‘tarilib chiqish lozim. 6.1.7. Maydalash sexi orqali (sex № 2) ko‘chma (g‘altakli) konveyуerga, +29,00 m otmetkasiga o‘tish zaruriyati bo‘lganda quyidagi marshrut bo‘yicha borish lozim: - maydalash sexi binosining janubiy devoridagi, uning sharqiy qisqa yon tomoniga yaqin joyidagi ta'mirlash- mexanika sexiga o‘tish joyi orqali; - hech qayoqqa burilmasdan, sexning 9 metrlik oralig‘idan o‘tish; - chapga burilib, +0,00 m otmetkasidan tegirmon otmetkasiga narvon bo‘ylab ko‘tarilish va №38 tegirmon uzatmasining sinxron elektrodvigateligacha borish; - № 38 sinxron elektrodvigatelidan o‘tib, o‘ngga burilish, № 2 sexning asosiy (30 metrlik) oralig‘idan o‘tish; - narvon bo‘ylab o‘lchov konveyуerlari otmetkasiga ko‘tarilish; - № 19 blok o‘lchov konveyуeri yoqalab maydalash sexi binosining shimoliy devorigacha borish va o‘ngga burilib, zinapoya marshiga chiqish va zinapoya bo‘ylab +29,00 m otmetkasiga ko‘tarilish. 6.1.8. +29,00 m otmetkasi bo‘ylab harakatlanish, binoning janubiy devori yonidan, konveyуerga yoki KLP-2 konveyуeri relsli yo‘lining chet relsiga 1,0 m dan kam bo‘lgan masofaga yaqinlashmasdan yurgan holda ruxsat etiladi. 6.1.9. +29,00 m otmetkasidan KLP-2 boshqaruv pultiga ko‘tarilish va KLP-2 konveyуeri harakatlanayotgan vaqtda KLP-2 boshqaruv maydonchasidan +29,00 m otmetkasiga tushish man etiladi. 6.1.10. KLP-2 o‘rnatilgan binoning janubiy tomonidan maydalash sexi binosi tomiga chiqish eshigi hamda g‘arbiy tomondan maydalash sexiga tushish uchun o‘rnatilgan narvon lyuki, ular orqali yanchish bo‘limining +29,00 m otmetkasiga begona kishilarning o‘tib ketmasligi uchun doimo yopiq bo‘lishi shart. 6.1.11. Nafas olish yo‘llarini ruda changidan himoyalovchi individual himoya vositasini va avtonom energiya manbasiga ega bo‘lgan yorituvchi asbobni ishchi doimo o‘zi bilan olib yurishi shart. 6.2. 2-GMZ ruda tayyorlash sexining kompressor stansiyasi uchastkasida ishlovchilar uchun mehnat muhofazasi va xavfsizligining umumiy talablari. 6.2.1. 2-GMZ ruda tayyorlash sexining kompressor stansiyasi uchastkasida quyidagi xavfli va zararli omillar mavjud: - ishlab chiqarish shovqini; - jihozlar yuzalarining yuqori harorati; SHu bilan birga jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - bosim ostida ishlaydigan sig‘imlarga xizmat ko‘rsatish; - ishlovchilar ustidan yuk ko‘tarish kranlarining yuk ko‘tarib o‘tishi; - turbokompressor operatorlari xonasiga metall statsionar narvon bo‘ylab ko‘tarilish zaruriyati; - tomda joylashgan ventilyatorlarga xizmat ko‘rsatish uchun tik narvonlar bo‘ylab kompressor stansiyasi binosi tomiga chiqish zaruriyati. 6.2.2. Ishlab chiqarish shovqinining ishlovchilar organizmiga zararli ta'sirini kamaytirish bo‘yicha asosiy choralari, eshitish a'zolarini individual himoya qilish vositalaridan foydalanish, ishlovchilarni ruxsat etilgan darajadan yuqori bo‘lgan shovqin sharoitida ishlash vaqtini kamaytirish (vaqt bilan himoyalash) hisoblanadi. 6.2.3. Kompressor binosida ishlovchilarni xavfsizligini ta'minlash uchun, 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni bajarish lozim: - kompressor stansiyasi binosiga kirish eshigini doimo yopiq holda saqlash, kompressor stansiyasi binosiga va hududiga begona kishilarni kiritmaslik; - bosim ostida ishlaydigan kompressor va sig‘imlarning ishchi parametrlarini mavjud bo‘lgan nazorat -o‘lchov asboblari yordamida doimiy ravishda kuzatib borish va Sanoatkontexnazorat organlariga qarashli jihozlarning kerakli ish tartibini saqlab borish. 6.2.4. Zavod o‘tish joyidan kompressor stansiyasi uchastkasiga borish uchun maishiy xizmat binosining g‘arbiy devori yonidan, avtoyo‘l bo‘ylab, maydalash sexi binosining janubiy devorigacha va devor yonidan yurib maydalash sexi binosi tagida joylashgan уerosti o‘tish joyidan o‘tish, keyin maydalash sexi binosining shimol tarafidagi devori yonidan avtoyo‘l bo‘ylab, havo quvurlari ostidagi piyodalar yulakchasigacha yulakdan utib borish. 6.2.5. O‘zi bilan eshitish organlarini individual himoya qilish vositalarini, shovqinga qarshi tiqinlar (vkladishlar) va naushniklar olib yurish. 6.3. Maydalash sexi ishchilari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha xavfsizlikning umumiy talablari. 6.3.1. Maydalash bo‘linmasida quyidagi zararli ishlab chiqarish omillari mavjud: - tarkibida 10% dan 70% gacha erkin kremniy to‘rt oksidi bo‘lgan ruda changi; - payvandlash aerozollari; - ishlab chiqarish shovqini; - umumiy va mahalliy ishlab chiqarish tebranishi; - havoning yuqori darajadagi namligi; Jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - kuchlanishi 0,4 -6 kV bo‘lgan elektr yuritmalardan foydalanib namlab maydalash va ruda massasini klassifikatsiya qilish texnologik jarayonlarini olib borish, oltinni gravitatsion usul bilan ajratib olish; - ± 0,00 m otmetkasida ish joylarining уetarli darajada yoritilmaganligi; - chegaralangan maydonda bir vaqtda bir ish joyining turli sathida bir necha tashkilot vakillari bilan ish olib borish mumkinligi; - bir vaqtda bir nechta yuk ko‘tarish kranlari bilan ishlayotgan jihoz ustidan yuklarni ko‘tarib o‘tish; - ish otmetkalari tomlaridagi yopilmagan va to‘sib qo‘yilmagan teshiklar; - texnologik agregatlarning (tegirmon barabanlari, sinxron elektrodvigatellar rotorlari, uzatish (uzatmali elektrodvigateldan harakatlantiriladigan mexanizmlarga) moslamalari, klassifikator spirallari, konveyуerlarning lentalari, barabanlari va roliklari, vibrota'minlagichlar va gravitatsion stollari) aylanadigan, harakatlanadigan va tebranadigan detallari va uzellariga tegib ketish mumkinligi; - metall sharlar omborida, ta'mirlash maydonchalarida va kirish darvozasi yonidagi maydonchalarda harakatlanayotgan avtotransport vositalarining mavjudligi; - “Vostok” ta'mirlash maydonchasida va sharlar omborida harakatlanayotgan temir yo‘l transporti vositalarining mavjudligi; - har xil sathda joylashgan ish joylariga borish uchun ko‘p sonli metall narvonlar va marshli zinapoyalar bo‘ylab yurish zaruriyati; - aeratsion yoritgichning tom usti tarafidan to‘siqlari yo‘qligi, sex tomining statsionar to‘siqlari yo‘qligi; -tungi paytda elektroenergiya ta'minotida uzilish bo‘lganda ishchilarni chiqarish paytida yoritish uchun elektr ta'minotining mustaqil statsionar manbalari yo‘qligi. 6.3.2. Maydalash sexida ishlovchilarni xavfsizligini ta'minlash uchun, 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni bajarish lozim: - sex yoqalab faqat +13,2 +14,0 m otmetkalari G-D qatorining “general marshruti “ bo‘ylab yurish; - sex binosining 30 metrlik oralig‘idan o‘tish uchun o‘tish ko‘prikchalaridan va ish maydonchalaridan foydalanish; - bir sathda joylashgan ish joylaridan bir- biriga o‘tishda, boshqa sath otmetkalari tomi zinapoyalari bo‘ylab chiqib va tushmasdan shu sath otmetkasi tomidan o‘tish kerak; - narvonlar bo‘ylab yurishda tutqichlaridan ikki qo‘l bilan ushlab yurish lozim; - yuklarni bir ish joyidan boshqa sathda joylashgan ikkinchi ish joyiga ko‘chirishda yuk ko‘targich kranlardan foydalanish lozim; - sex ishlab chiqarish binolarida faqat himoya kaskasida, eshitish organlarini naushniklar yoki berushilar bilan himoyalagan holda borish lozim; - quyidagilardan ehtiyot bo‘ling: binoning yuqorida joylashgan otmetkalarida ishlayotganlardan, ish otmetkalari tomlaridagi yopilmagan teshiklardan, to‘siqlari bo‘lmagan xavfli joylardan, yuk ko‘targich kranlar ko‘tarib yurgan yuklardan, yuqoridan yoki yon tomonlardan oqib tushayotgan pulpadan, mazut bilan ifloslangan maydonchalardan, zinapoyalardan, yorug‘lik manbalari o‘chib qolishidan, kirib kelayotgan, chiqib ketayotgan va harakatlanayotgan avtomashinalardan,elektr yuritmali ochilayotgan va yopilayotgan darvozalardan, avtomatik ravishda ishga tushadigan texnologik jihozlardan, ionlovchi nurlanish manbalari o‘rnatilgan joylarda radiatsion nurlanishdan. 6.4. Maydalash sexining oltinni gravitatsion usul bilan ajratib olish tartibot bo‘linmasida ishlovchilar uchun 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar. 6.4.1. Maydalash sexining oltinni gravitatsion usul bilan ajratib olish tartibot bo‘linmasida zararli ishlab chiqarish omillari quyidagilar hisoblanadi: - oltinni gravitatsion usul bilan ajratib olish texnologik jarayonida foydalaniladigan jihozlarning tebranishi; - havoning yuqori darajadagi namligi, pulpa bilan bevosita aloqada bo‘lish; - havoning yuqori darajadagi harakatlanish tezligi, уelvizaklar, ochiq holda bo‘lgan kirish darvozalari yonida ishlash; Jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - oltinni gravitatsion usul bilan ajratib olish texnologik jarayonini kuchlanishi 0,4 kV bo‘lgan elektr jihozlar bilan olib borish; - bo‘linma otmetkalari orasida metall narvonlar bo‘ylab yurish zaruriyati; - tom ustiga o‘rnatilgan ventilyatorlarga xizmat ko‘rsatish uchun statsionar tik metall narvonlar bo‘ylab tom ustiga chiqish zaruriyati; - tom usti perimetri bo‘ylab to‘siqlarning yo‘qligi. 6.4.2. Maydalash sexi gravitatsion bo‘linmasida ishlovchilarni xavfsizligini ta'minlash uchun, 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda, texnologik jarayonni olib borishda quyidagi xavfsizlik choralarini ko‘rish lozim: - rezina qo‘lqoplarda, уengliklarda, suv o‘tkazmaydigan fartuklarda ishlash; - elektr jihozlarni mustaqil ta'mirlamaslik; - zavod o‘tish joyidan gravitatsion bo‘linmasiga borish uchun avtoyo‘l chap tomonidan, ABK g‘arbiy devori va maydalash sexi binosining janubiy devori yoqalab yurish kerak; 6.5. Sorbsiya va regeneratsiya sexi, sorbsiya bo‘linmasida ishlovchilar uchun mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar: 6.5.1. Sorbsiya bo‘linmasida ishlab chiqarishning zararli omillari quyidagilar hisoblanadi: - sianli natriy va sianli kislota; - ishlab chiqarish shovqini; - otmetkalarning tomlarida montaj teshiklarining mavjudligi; - sorbsion ishqorlab yuvish texnologik jarayonini olib borishda, texnologik jihozlarni ta'mirlash va tozalashda ishlovchilarni tarkibida sian bo‘lgan pulpa bilan bevosita aloqada bo‘lish mumkinligi; - otmetkalar orasida metall narvonlar bo‘ylab yurish zaruriyati; - tom usti perimetri bo‘ylab ishonchli to‘siqlarning yo‘qligi. 6.5.2. SHaxsiy xavfsizlikni ta'minlash uchun, 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda, sorbsiya bo‘linmasi hamma ishchilari quyidagi talablarni bajarishlari lozim: - sianli birikmalarning inson organizmiga xavfli ta'sirligini bilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish choralarini bilish, ovqatlanishdan va chekib olish uchun qisqa dam olish oldidan qo‘llarni sovunlab yuvish; - hamma ish joylarida bo‘lganda o‘zi bilan “V” yoki “BKF” qutichali protivogaz (sanoat – filtrlovchi) yoki shunga o‘xshash va eshitish organlarini individual himoya qilish vositalarini, shovqinga qarshi tiqinlar (vkladishlar) va naushniklar olib yurish; - sianli pulpa bilan bevosita aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishchilar, rezina qo‘lqoplarda, rezina etiklarda, suv o‘tkazmaydigan fartuklarda ishlashi lozim; - ish joylarida chekmaslik, ovqatlanmaslik, suv va biror-bir ichimlik ichmaslik. 6.5.3. Zavod o‘tish joyidan sorbsiya va regeneratsiya sexining sorbsiya bo‘linmasiga borish uchun bo‘linma № 1 zanjir pachuklari shimoliy tomonidan avtoyo‘l bo‘ylab yurish lozim; marshli zinapoya bo‘ylab yoki passajir liftida, bo‘linma va sex ichidagi birinchi va ikkinchi zanjirlar oralig‘ining shimoliy tomonida yurish, sex ma'muriyati tomonidan o‘rnatilgan marshrut bo‘yicha ruxsat etiladi. 6.6. Sorbsiya va regeneratsiya sexining regeneratsiya bo‘linmasida ishlovchilar uchun, 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar. 6.6.1. Sorbsiya va regeneratsiya sexining regeneratsiya bo‘linmasida ishlab chiqarishning zararli omillari quyidagilar hisoblanadi: - sianli natriy va sianli kislota, sulfat kislota va tiomochevina, kaustik sodasi (o‘yuvchi natriy); - tartibot bo‘linmasiga kirish darvozalari yaqinida ishlaganda havoning yuqori darajadagi harakatlanish tezligi (elvizaklar); Jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - tungi paytda yoritish tarmog‘ida kuchlanishning yo‘qolish ehtimoli; - ishchi zonasi atmosferasiga zararli kimyoviy moddalarning otilib chiqishi. 6.6.2. 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda, regeneratsiya bo‘linmasi hamma ishchilari texnologik jarayonda ishlatiladigan zararli kimyoviy moddalarning : sianidlar, sulfat kislotasi, tiomochevina, kaustik sodasining inson organizmiga ko‘rsatadigan ta'siri xavfli ekanligini bilishlari va jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsata bilishlari shart; - o‘zi bilan V yoki BKF qutili yoki shunga o‘xshash protivogazni olib yurish; - ish joyida maxsus kiyim va maxsus poyafzalda bo‘lish; - tungi paytda o‘zi bilan mustaqil ta'minlash manbasi bo‘lgan yoritish asbobini olib yurish. 6.6.3. Zavod o‘tish joyidan bo‘linmaga borish uchun MZL va TM sexi binolarining g‘arbiy tomonidan avtoyo‘l bo‘ylab yurish zarur. 6.7. Sorbsiya va regeneratsiya sexining chiqindi hujaligi uchastkasida ishlovchilar uchun mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar: 6.7.1. Sorbsiya va regeneratsiya sexining chiqindi ombori uchastkasida ishlab chiqarishning zararli omillari quyidagilar hisoblanadi: - sianli kislotaning bug‘lari; - tarkibida erkin kremniy to‘rt oksidi (10% dan 70% gacha SiO2) bo‘lgan chang; - noqulay ob-havo va iqlim sharoitlari; Jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - uchastka pulpa quvurlarini avtotransport vositalarida aylanib chiqish zaruriyati; - chiqindi omborida to‘siqlar bilan to‘silmagan sianli pulpali tindirgich hovuzlarining mavjudligi; - chiqindi ombori suv havzalarining sanitar- himoya zonalari perimetri bo‘yicha to‘siqlarning yo‘qligi; - dizel-generator uskunasiga xizmat ko‘rsatish. 6.7.2. Shaxsiy xavfsizlikni ta'minlash uchun chiqindi ombori uchastkasi hamma ishchilari, 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda, sianidlarning inson organizmiga ko‘rsatadigan ta'siri xavfli ekanligi va birinchi yordam ko‘rsatish choralari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari shart; Trassada va chiqindi omborining tindirgich- hovuzlar yaqinida ishlaganda quyidagilar zarur: - o‘zi bilan V yoki BKF qutili yoki shunga o‘xshash himoya protivogazini va zaharga qarshi dorilar solingan aptechkani olib yurish; - pulpoprovod trassasida va tindirgich -hovuzlar yaqinida ishlaganda bosh kiyimida bo‘lish; - tindirgich- hovuzlarda qo‘l yuvmaslik va cho‘milmaslik; - uchastka hududiga begona kishilarni, uy hayvonlarini qo‘ymaslik; - ishga faqat ma'muriyat tomonidan ajratilgan transport vositasida borish, sex va uchastka ma'muriyati tomonidan o‘rnatilgan marshrut bo‘yicha yurish; - ovqatlanish xonasida ovqat уeyish, dushxonada yuvinish; - faqat qaynatilgan suv ichish. 6.8. Quyultirish sexida ishlovchilar uchun mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar: 6.8.1. Quyultirish bo‘linmasida ishlab chiqarishning zararli omillari quyidagilar hisoblanadi: - ochiq havoda ishlaganda noqulay ob-havo va iqlim sharoitlari; Jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - tindirgich bortlari bo‘ylab harakatlanayotgan quyultirish jihozlariga xizmat ko‘rsatish; - quyultirish sig‘imlarining to‘siqlari yo‘qligi, balandligi 1,0 m dan kam bo‘lgan bortlar; - pulpa nasosi uzatmasining 0.4 – 6,0 kV kuchlanishli elektrodvigatellariga xizmat ko‘rsatish; - har xil sathli otmetkalar orasida statsionar metall narvonlar bo‘ylab yurish zaruriyati; - quyultirish va nasos stansiyalari yaqinida avtoyo‘llar bo‘ylab transport vositalarining harakatlanishi; - уerdan boshqariladigan yuk ko‘targich mashinalaridan foydalanib, ishlayotgan jihozlar ustidan yuk tashish; - tungi paytda elektr yoritgichlar tarmog‘ida kuchlanishning yo‘qolish ehtimoli; 6.8.2. Shaxsiy xavfsizlikni ta'minlash uchun quyultirish bo‘linmasi hamma ishchilari, 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarga majbur: - zavod o‘tish joyidan quyultirish bo‘linmasi ish joylariga borish uchun MZL va TM, sorbsiya va regeneratsiya sexi binolarining shimoliy tomonidan avtoyo‘l bo‘ylab yurish zarur; - tungi paytda ishlaganda o‘zi bilan mustaqil ta'minlash manbasi bo‘lgan yoritish asbobini olib yurish. 6.9. Quyultirish sexining reagent bo‘linmasida ishlovchilar uchun mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha umumiy va 2-GMZ hamma ishlovchilari uchun umumiy talablariga qo‘shimcha talablar. 6.9.1. Quyultirish sexining reagent bo‘linmasida ishlab chiqarishning zararli omillari quyidagilar hisoblanadi: - sianli natriy; - sianli, azot, xlorid, sulfat kislotalari bug‘lari; - ammiak; - ohak changi; - kaustik sodasi; - ishlab chiqarish shovqini; - ochiq havoda ishlaganda noqulay ob-havo va iqlim sharoitlari; Jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - silikat-palaxsa shaklidagi ishqorlarni va kristall sianli natriyni eritishda qo‘l mehnatidan foydalanish; - tungi paytda elektr yoritgichlar tarmog‘ida kuchlanishning yo‘qolish ehtimoli; - reagent quvurlarini ta'mirlash chog‘ida tonnellarda va balandlikda ishlash zaruriyati; - harakatlanayotgan temir yo‘l transporti vositalari (sisternalar, vagonlar, teplovozlar) yaqinida va reagentlarni vagonlardan tushirish vaqtida temir yo‘llarda yurish zaruriyati; 6.9.2. Shaxsiy xavfsizlikni ta'minlash uchun, reagent bo‘linmasi hamma ishchilari, 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarga majbur: - sex bo‘linmasi hududida faqat sex va bo‘linma ma'muriyati tomonidan o‘rnatilgan, jihozlangan marshrutlar bo‘ylab yurish; - suvni faqat fontanchalardan iste'mol qilish, yaxshisi qaynatilgan suvni ichish; - yuklash-tushirish ishlarini kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanib bajarish. 6.9.3. 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablariga va sexdagi xavfsizlik talablariga qo‘shimcha ravishda, 2-GMZ hududidagi reagent bo‘linmasi hamma ishchilari quyidagilarga majbur: - o‘zi bilan sanoat filtrlovchi protivogazlarini tegishli filtrlovchi-yutuvchi qutilari bilan va mustaqil ta'minlash manbasi bo‘lgan yoritish asbobini olib yurish. - 2-GMZ o‘tish joyidan reagent bo‘linmasiga borish uchun maishiy kombinatning g‘arbiy tomonidagi avtoyo‘ldan, № 2 sex binosi janubiy tarafidan, № 2 sex dagi уer osti o‘tish yo‘lidan, kompressor stansiyasining oldingi porshen va turbina binolari orasidagi o‘tish piyoda utish joyidan, kompressor stansiyasi binosining shimoliy tarafidagi avtoyo‘ldan yurib boriladi. 6.10. Quyultirish sexining ohaktosh kuydirish uchastkasida ishlovchilar uchun mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar: 6.10.1. Quyultirish sexining ohaktosh kuydirish uchastkasida ishlab chiqarishning zararli omillari quyidagilar hisoblanadi: - ohaktosh va ohak changi; - kuydirish pechlari yaqinidagi yuqori darajadagi harorat; - noqulay ob-havo va iqlim sharoitlari; Jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - kuydirish pechlarining to‘siqlari bo‘lmagan aylanuvchi issiq barabanlariga xizmat ko‘rsatish; - xom ashyoni keltirish va tayyor mahsulotni jo‘natish uchun avtotraktor texnikasidan foydalanish; 6.10.2. Shaxsiy xavfsizlikni ta'minlash uchun,ohaktosh kuydirish uchastkasi hamma ishchilari, 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarga majbur: - ishga borishda va qaytishda faqat korxona avtotransport vositasidan foydalanish; - uchastka hududida faqat sex va uchastka ma'muriyati tomonidan o‘rnatilgan marshrutlar bo‘ylab yurish; - hudud bo‘ylab yurganda va ishlayotganda himoya kaskasida bo‘lish; - uchastka hududida bo‘lganda nafas olish va ko‘rish organlarini individual himoya qilish vositalaridan foydalanish. 6.11. Tayyor mahsulot sexida ishlovchilar uchun mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar: 6.11.1. Tayyor mahsulot sexida ishlab chiqarishning zararli omillari quyidagilar hisoblanadi: - sulfat, xlorid kislotalar va ammiakli suv; - oltingugurtli angidrid, azot ikki oksidi, azotachimalari; - ruda changi. Jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - tabiiy yorug‘likning yo‘qligi; - elektr yoritish vositalari tarmog‘ida avariyali uzilishlar ehtimoli; - elektroliz, kuydirish, kislotali ishlov, xomaki va toza eritish jarayonlaridan foydalanib oltin, kumush va palladiyni affinajlash; -eritish, eritilgan metallarni quyish va quymalarni tashish ish zonalarida havoning yuqori darajadagi issiqligi; - уerdan boshqariladigan yuk ko‘targich mashinalaridan foydalanib,ish joylari va ishlayotgan jihozlar ustidan yuk tashish; 6.11.2. Tayyor mahsulot sexida ishlovchilar o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi talablarni bajarishlari shart: - o‘zi bilan “BKF” yoki “V” markali qutisi bo‘lgan yoki shunga o‘xshash himoya sanoat protivogazlarini va mustaqil ta'minlash manbasi bo‘lgan yoritish asbobini olib yurish. - texnik jarayonda foydalanilgan kislota va azot oksidlari bug‘lari bilan ifloslangan havoli ish joylarida protivogazlarda ishlash; - GMZ-2 o‘tish joyidan sexga borish uchun ZML va TM sexi binosining shimoliy tomonidan avtoyo‘l bo‘ylab yurish; sex ichida faqat ma'muriyat tomonidan o‘rnatilgan marshrut bo‘yicha yurish mumkin. 6.12. Ta'mirlash mexanika sexining (TMS) rejali oldindan ta'mirlash, kapital ta'mirlash va ishlab chiqarishga tayyorlash bo‘linmalarida ishlovchilar uchun xavfsizlikning umumiy talablari. 6.12.1. Ta'mirlash mexanika sexining (TMS) rejali oldindan ta'mirlash, kapital ta'mirlash va ishlab chiqarishga tayyorlash bo‘linmalarida ishlab chiqarishning zararli omillari quyidagilar hisoblanadi: -ishlab chiqarish shovqini; - tarkibida 10% dan 70% gacha erkin kremniy to‘rt oksidi bo‘lgan ruda changi; - payvandlash aerozollari; Jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - texnologik jihozlarning to‘silmagan aylanuvchi detallari va mexanizmlari; - har xil sathdagi otmetkalarning teshiklari; - tegirmon barabanlari, klassifikator tog‘oralari, zumpflar ichida bajariladigan ishlar shu jumladan, elektr-, gazpayvandlash ishlari; - ruda va sharlardan bo‘shatilmagan tegirmon barabanlari ichida ishlash; - ish joylarining уetarli darajada yoritilmaganligi; - sun'iy yoritish elektr yoritgichlarida kuchlanishning uzilishi ehtimoli borligi, ayniqsa tungi vaqtda; - ta'mirlash ishlari olib borilayotgan tegirmon barabanlari ichidagi yuqori harorat va havoning namligi; - ko‘prikli va konsolli yuk ko‘tarish kranlaridan foydalanib ishlash; - ko‘prikli va konsolli yuk ko‘tarish kranlaridan foydalanib, ish joylari va ishlayotgan jihozlar ustidan yuk tashish; - og‘ir mehnat; - ko‘p sonli statsionar metall narvonlar bo‘ylab yurish zaruriyati; - yuqorida ishlash; - ishchi kuchlanishi 0,4-6,0 kV bo‘lgan elektrojihozlar yaqinida ishlash. 6.12.2. Ta'mirlash mexanika sexining rejali oldindan ta'mirlash, kapital ta'mirlash va ishlab chiqarishga tayyorlash bo‘linmalarida ishlovchilar o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, sexda va 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi xavfsizlik choralarini bajarishlari shart: - o‘zi bilan changga qarshi respiratorlar, shovqinga qarshi tiqinlar (vkladishlar) yoki naushniklar, zarbali asboblar bilan ishlaganda va yuklarni stroplash paytida sinmaydigan oynali (shishali) himoya ko‘zoynaklari, elektrogazpayvandchi bilan ishlaganda svetofiltrli ko‘zoynaklar, mustaqil ta'minot manbasi bo‘lgan yoritish asboblarini olib yurishi va ish vaqtida foydalanishi zarur. 6.12.3. Zavod o‘tish joyidan sexga borish uchun avtoyo‘ldan yurib MMK g‘arbiy devori yoqalab va sex binosining janubiy devori yonidagi trotuardan o‘tish joyidan o‘tib borish kerak. 6.13. 2-GMZ kranlar uchastkasida ishlovchilar uchun xavfsizlikning umumiy talablari. 6.13.1. 2-GMZ kranlar uchastkasida ishlovchilar uchun jarohatga xavfli va ishlab chiqarishning zararli omillari quyidagilar hisoblanadi: balandlikda ishlash, yuk ko‘taruvchi mashinalari va liftlariga xizmat ko‘rsatilayotgan sexdagi ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari. 6.13.2. Kranlar uchastkasida ishlovchilar o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi talablarni bajarishlari shart: ishlarni bajarishga o‘rnatilgan tartibga muvofiq rasmiy ruxsatnoma olgandan so‘ng kirishishlari, yuk ko‘targich kranlar va liftlar o‘rnatilgan joylarda ishlovchilar uchun xavfsizlik talablarini bajarishi, kranlar o‘rnatilgan joy mehnat sharoitiga muvofiq individual himoya vositalarining o‘zida bo‘lishi, tungi paytlarda yorug‘lik manbalari o‘chgan vaqtlarda foydalanish uchun mustaqil ta'minot manbasi bo‘lgan yoritish asboblarini o‘zi bilan olib yurishi kerak. 6.13.3. Zavod o‘tish joyidan 2-GMZ kranlar uchastkasi bazasiga borish uchun, ABK g‘arbiy devori yoqalab, avtoyo‘l bilan, maydalash sexining janubiy devori yonidan yurib, TMS o‘tish joyidan o‘tib, 2- sex 30 metrlik oralig‘idan № 20 MB +5,4 m otmetkasidan, K-L qatoridagi zinapoya marshidan o‘tib borish zarur. 6.14. 2-GMZ kranlar uchastkasi ishlovchilari uchun, ruda tayyorlash sexining yanchish bo‘linmasidagi jihozlar va yuk ko‘tarish kranlariga xizmat ko‘rsatishayotgan vaqtda xavfsizlikning umumiy talablari. 6.14.1. 2-GMZ kranlar uchastkasi ishlovchilari, ruda tayyorlash sexining yanchish bo‘linmasidagi jihozlar va yuk ko‘tarish kranlariga xizmat ko‘rsatishayotgan vaqtda ishlab chiqarishning zararli omillari quyidagilar hisoblanadi: - tarkibida 10% dan 70% gacha erkin kremniy to‘rt oksidi bo‘lgan ruda changi; - ishlab chiqarish shovqini; Jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - balandlikda ishlash; - xizmat ko‘rsatilayotgan yuk ko‘targich mashinalarning o‘rnatilgan joylariga borish uchun statsionar narvonlar bo‘ylab plastinkali ta'minlagichlar, lentali konveyуerlar yaqinida yurish. 6.14.2. Kranlar uchastkasi ishlovchilari ruda tayyorlash sexining yanchish bo‘linmasidagi jihozlarga xizmat ko‘rsatayotgan va yuk ko‘tarish kranlaridan foydalanayotgan vaqtda o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2-GMZ da va kranlar uchastkasida ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilishlari shart: - individual himoya qilish vositalaridan: nafas olish organlarini himoya qilish uchun –“Lepestok”tipidagi changga qarshi respiratordan; eshitish organlari uchun – shovqinga qarshi tiqinlar (vkladishlar) yoki naushniklardan foydalanish. 6.15. Kranlar uchastkasi ishlovchilari uchun, ruda tayyorlash sexining kompressor stansiyasi bo‘linmasidagi yuk ko‘tarish kranlaridan foydalanayotgan vaqtda xavfsizlikning umumiy talablari. 6.15.1. Kranlar uchastkasi ishlovchilariga ruda tayyorlash sexining kompressor stansiyasida ishlab chiqarishning zararli omili: - ishlab chiqarish shovqini; Kranlar uchastkasi ishchilari uchun jarohatga xavfli omil: - balandlikda ishlash. 6.15.2. Kranlar uchastkasi ishlovchilari kompressor stansiyasida o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2-GMZ da va kranlar uchastkasida ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilishlari shart: - nafas olish organlarini individual himoya qilish vositalaridan – shovqinga qarshi tiqinlar (vkladishlar) yoki naushniklardan foydalanish. 6.15.3. Uchastka bazasidan kompressor stansiyasiga borish uchun zinapoya marshidan +29,0 m otmetkasiga ko‘tarilish, KLS-1 yonidagi narvondan tushish, ±0,00 m otmetkasiga chiqib avtoyo‘l bo‘ylab yuborilgan joyga borish. 6.16. Kranlar uchastkasi ishlovchilari uchun, maydalash sexining sharlar omboridagi yuk ko‘tarish kranlaridan foydalanayotgan va xizmat ko‘rsatayotgan vaqtda xavfsizlikning umumiy talablari. 6.16.1. Kranlar uchastkasi ishchilari uchun maydalash sexining sharlar omborida jarohatga xavfli ishlab chiqarish omillari: - balandlikda ishlash; - uchastka bazasidan ish joyiga borish uchun statsionar metall narvonlar bo‘ylab, ishlayotgan texnologik jihozlar yaqinidan yurish va avtoyo‘lni kesib o‘tish zaruriyati. 6.16.2. Kranlar uchastkasi ishlovchilari sharlar omborida o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2-GMZ da va kranlar uchastkasida ishlovchilar uchun umumiy talablarga amal qilishlari kerak: - uchastka bazasidan ish joyiga o‘tish uchun zinapoya marshi bo‘ylab maydalash sexining o‘lchov konveyуerlari otmetkasigacha tushish, № 19 blok o‘lchov konveyуerini aylanib o‘tib narvon bo‘ylab +5,4 m otmetkasiga tushish, 30 metrlik oraliqni kesib o‘tib, TMS o‘tish joyi orqali sexdan chiqish. 6.17. Kranlar uchastkasi ishlovchilari uchun, sorbsiya va regeneratsiya bo‘linmasining yuk ko‘tarish kranlariga xizmat ko‘rsatayotgan vaqtda xavfsizlikning umumiy talablari. 6.17.1. Kranlar uchastkasi ishchilari uchun sorbsiya bo‘linmasida ishlab chiqarishning zararli omili: sianid kislotasi bug‘lari. 6.17.2. Kranlar uchastkasi ishlovchilari sorbsiya bo‘linmasida o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2-GMZ da va kranlar uchastkasida ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilishlari shart: - o‘zi bilan “BKF” yoki “V” markali qutisi bo‘lgan yoki shunga o‘xshash himoya sanoat protivogazlarini olib yurish, ulardan foydalana bilish va belgilangan maqsadda foydalanish; - sianidlar bilan zaharlanganda zaharga qarshi dorilar solingan aptechka quyilgan joyni bilish va ulardan foydalana bilish. 6.17.3. Uchastka bazasidan sorbsiya bo‘linmasiga borish uchun, maydalash sexida TMS o‘tish joyi orqali chiqish, maydalash sexi binosining janubiy devori, MMK binosi g‘arbiy devori yonidan avtoyo‘l bo‘ylab yurish, MZL, TM binosining shimoliy tarafidan avtoyo‘l bo‘ylab, sorbsiya bo‘linmasining o‘tish joyigacha borish zarur. 6.18. Kranlar uchastkasi ishlovchilari uchun, sorbsiya va regeneratsiya sexining regeneratsiya bo‘linmasida yuk ko‘tarish kranlariga xizmat ko‘rsatayotgan vaqtda xavfsizlikning umumiy talablari. 6.18.1. Kranlar uchastkasi ishchilari uchun sorbsiya va regeneratsiya sexining regeneratsiya bo‘linmasida ishlab chiqarishning zararli omillari quyidagilar: - sianid va sulfat kislotalari bug‘lari. 6.18.2. Kranlar uchastkasi ishlovchilari regeneratsiya bo‘linmasida o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2-GMZ da va kranlar uchastkasida ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilishlari shart: - o‘zi bilan “BKF” yoki “V” markali qutisi bo‘lgan yoki shunga o‘xshash himoya sanoat protivogazlarini olib yurish, ulardan foydalana bilish va belgilangan maqsadda foydalanish; - sianidlar bilan zaharlanganda zaharga qarshi dorilar solingan aptechka quyilgan joyni bilish va ulardan foydalana bilish. 6.18.3. Uchastka bazasidan regeneratsiya bo‘linmasiga quyidagi marshrut bilan borish kerak: - uchastka bazasidan zinapoya marshi bo‘ylab pastga o‘lchov konveyуerlari otmetkasiga tushish, № 19 konveyуerni aylanib o‘tish, statsionar narvon bo‘ylab +5,4 m otmetkasiga tushish. Maydalash sexi binosining 30 metrlik oralig‘ini kesib o‘tib, ±0,00 m otmetkasiga tushish, sexdan TMS o‘tish joyi orqali chiqish, maydalash sexi binosining janubiy devori, BPK g‘arbiy devori yonidan, MZL shimoliy tomonidan avtoyo‘l bo‘ylab regeneratsiya bo‘linmasigacha borish, sexning BPK zinapoya marshi bo‘ylab nazorat postlari kirish joyigacha ko‘tarilish. 6.19. Kranlar uchastkasi ishlovchilari uchun, quyultirish sexining reagentlar bo‘linmasida yuk ko‘tarish kranlariga xizmat ko‘rsatayotgan vaqtda xavfsizlikning umumiy talablari. 6.19.1. Kranlar uchastkasi ishchilari uchun quyultirish sexining reagentlar bo‘linmasida ishlab chiqarishning zararli omillari quyidagilar: - sianid, sulfat, xlorid, azot kislotalari bug‘lari; - ishqor moddalar bug‘lari; - ammiak; - ohak changi; - ishlab chiqarish shovqini. 6.19.2. Kranlar uchastkasi ishlovchilari reagentlar bo‘linmasida o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2-GMZ da va kranlar uchastkasida ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilishlari shart: - o‘zi bilan ishlash joyiga muvofiq bo‘lgan individual himoya vositalarini olib yurish: “BKF” yoki “V” markali qutisi bo‘lgan yoki shunga o‘xshash protivogazlarini, respiratorlarni, shovqinga qarshi tiqinlarni (vkladishlarni), himoya ko‘zoynaklarni olib yurish; - zararli kimyoviy va kuchli ta'sirli zaharli moddalarga qarshi dorilar solingan aptechka quyilgan joyni bilish va ulardan to‘g‘ri foydalana bilish. 6.19.3. Kranlar uchastkasi ishchilari bazadan reagent bo‘linmasiga borish uchun zinapoya marshi bo‘ylab +29,00 m otmetkasiga ko‘tarilish, yanchish bo‘linmasining +29,00 m otmetkasidan yurib +32,0 m otmetkasiga o‘tish joyigacha borish, 32,0 m otmetkasidan KLS-1 qiya galereya bo‘ylab pastga ±0,00 m otmetkasigacha tushish. Keyin quyultirish sexining ABK janubiy tomonidan avtoyo‘l bo‘ylab kerakli joygacha borish. 6.20. 2-GMZ elektr ta'mirlash uchastkasi (ETU) ishchilari uchun xavfsizlikning umumiy talablari. 6.20.1. ETU ishchilari uchun ishlab chiqarishdagi jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - 2-GMZ ishlab chiqarish bo‘linmalarining ishlayotgan elektr uskunalarida ishlash; - balandlikda ishlash; ETU ishchilari uchun ishlab chiqarishning asosiy zararli omillari, ishlar bajarilayotgan joydagi mehnat sharoitlari bilan aniqlangan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari hisoblanadi. 6.20.2. ETU ishchilari o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilishlari shart: - GMZ-2 bo‘linmalari elektr jihozlarida ishga kirishishdan oldin, shu bo‘linmalar ma'muriyatidan ruxsatnoma olish kerak; - ish bajarilayotgan bo‘linma ishchilari uchun xavfsizlikning umumiy talablariga rioya qilish zarur; - 2-GMZ o‘tish joyidan uchastka bazasiga borish uchun, avtoyo‘l bo‘ylab MMK binosi g‘arbiy devori, maydalash sexi binosining janubiy devori yonidan, ta'mirlash mexanika sexining o‘tish joyi orqali va 12 metrli oraliqdan o‘tish. Maydalash sexining 30 metrlik oralig‘i ±0,00 m otmetkasiga chiqish, G-D qatorining narvonidan +5,4 m otmetkasiga ko‘tarilish, SD-38 orqasidan o‘ngga burilib sexning 30 metrlik oralig‘idan o‘tish, statsionar narvon bo‘ylab o‘lchov konveyуerlari otmetkasiga ko‘tarilish, № 19 blokning o‘lchov konveyуerini aylanib o‘tib zinapoya marshiga chiqish, shu zinapoyadan pastga tushib uchastkaga o‘tish. 6.21. Kapital ta'mir va ishlab chiqarishga tayyorlash brigadalari uchun xavfsizlikning umumiy talablari. 6.21.1. ETU kapital ta'mir va ishlab chiqarishga tayyorlash brigadalari uchun ishlab chiqarishning zararli omillari quyidagilar: - ishlab chiqarish shovqini; - ishlab chiqarish tebranishi; - tarkibida 10% dan 70% gacha erkin kremniy to‘rt oksidi bo‘lgan ruda changi; Bu уerda jarohatga xavfli omillar quyidagilar: ishlab turgan elektr jihozlarda ishlash, - tungi paytda umumiy yoritish elektr yoritgichlari tarmog‘ida kuchlanishning yo‘qolish ehtimoli. 6.21.2. ETU kapital ta'mir va ishlab chiqarishga tayyorlash brigadalari ishlovchilari maydalash sexida o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2-GMZ da va ETU da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilishlari shart: - eshituv organlarini individual himoyalash vositalaridan (shovqinga qarshi tiqinlardan (vkladishlardan) yoki naushniklardan, changga qarshi respiratorlardan, mustaqil ta'minlash manbasi bo‘lgan elektr yoritish asboblaridan foydalanish. 6.21.3.Uchastka bazasidan o‘tish uchun maydalash sexi yonidan +12,6 +13,2 m otmetkalarining “generallar” marshruti bilan, yoki ±0,00 m otmetkasining “GD” qatori bo‘ylab borish kerak. - tegirmon bloklaridagi elektr jihozlarga va elektr binolariga borish uchun faqat ruxsat berilgan va soz o‘tish joylaridan foydalanish kerak. 6.22. Elektr jihozlarni montaj qilish brigadasi uchun xavfsizlikning umumiy talablari. 6.22.1. ETU elektr jihozlarni montaj qilish brigadasi uchun ishlab chiqarishning zararli omillari quyidagilar: Ruda tayyorlash sexining yanchish bo‘linmasida ishlaganda: - ishlab chiqarish shovqini; - tarkibida 10% dan 70% gacha erkin kremniy to‘rt oksidi bo‘lgan ruda changi; Kompressor stansiyasi uchastkasida ishlaganda: - ishlab chiqarish shovqini; Maydalash sexida ishlaganda: - ruda changi, ishlab chiqarish tebranishi va changi; Sorbsiya va regeneratsiya sexining sorbsiya bo‘linmasida ishlaganda: -sianid kislotasi bug‘lari; Sorbsiya va regeneratsiya sexining regeneratsiya bo‘linmasida ishlaganda: - sianid va sulfat kislotalari bug‘lari; Quyultirish sexining reagent bo‘linmasida ishlaganda: - sulfat, sianid, xlorid, azot kislotalari bug‘lari, ohak, ishqor aerozollari, ammiak. Tayyor mahsulot sexida ishlaganda: - sulfat va xlorid kislotalari bug‘lari, azot oksidlari, tabiiy yorug‘likning yo‘qligi. Fosforit uni ishlab chiqarish sexida ishlaganda: - tarkibida kremniy bo‘lgan fosforit changi. 6.22.2. Elektr jihozlarni montaj qilish brigadasi ishlovchilari o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2-GMZ da va ETU da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilishlari shart: - 2-GMZ hamma bo‘linmalarida elektr montaj ishlariga kirishishdan oldin, shu bo‘linmalar ma'muriyatidan ruxsatnoma olish kerak; - ish bajarilayotgan bo‘linmalardagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini bilish, ularning ta'siridan himoyalanish uchun o‘zi bilan individual himoya vositalarnini olib yurish, zaruriyat bo‘lganda ulardan maqsadga ko‘ra foydalanish zarur. 6.22.3. ETU brigadasi yuborilayotgan ish joylariga borish uchun zavod o‘tish joyidan avtoyo‘l bo‘ylab BPK g‘arbiy devori, maydalash sexi binosining janubiy devori yonidan yurib, № 2 sex уer osti yo‘lidan o‘tish, maydalash sexining shimoliy devori yonidan avtoyo‘l bo‘ylab yurish, maydalash sexiga sex binosining shimoliy-g‘arbiy darvozasi orqali kirish. 6.23. ETU yordamchi sexlar brigadasi uchun xavfsizlikning umumiy talablari. 6.23.1. ETU yordamchi sexlar brigadasi uchun ishlab chiqarishdagi jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - ishlayotgan elektr jihozlarda ish bajarish; - balandlikda ishlash; 6.23.2. ETU yordamchi sexlar brigadasi elektr montyorlari o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2-GMZ da va ETU da ishlovchilar uchun xavfsizlikning umumiy talablarga rioya qilishlari kerak. 6.24. GMZ-2 ta'mirlash-montaj uchastkasi (TMU) va ventilyatsiya va santexnikani ta'mirlash uchastkasida (VSTU) ishlovchilar uchun xavfsizlikning umumiy talablari. 6.24.1. TMU va VSTU da ishlovchilar uchun ishlab chiqarishdagi jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - ushbu uchastkalar ishchilari tomonidan ishlar bajarilayotgan joy mehnat sharoitlari bilan aniqlangan zararli ishlab chiqarish omillari; TMU va VSTU da ishlovchilar uchun ishlab chiqarishdagi jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - balandlikda ishlash; - sig‘imlar, kotlovanlar, quduqlar ichida ishlash; - 2-GMZ ning ishlayotgan sexlarida ishlar bajarish. 6.24.2. TMU va VSTU ishlovchilari o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, GMZ-2 da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilishlari shart: - TMU va VSTU ishchilari tomonidan ishlar bajarilayotgan bo‘linma ishchilari uchun xavfsizlikning umumiy talablariga rioya qilish; 6.24.3. 2-GMZ o‘tish joyidan uchastkalar bazasiga borish uchun, avtoyo‘l bo‘ylab ABK g‘arbiy devori yonidan, № 2 sex binosi devorining janubiy devori yonidan yurish, № 2 sex уer osti o‘tish joyidan o‘tish, kompressor stansiyasining oldingi porshen va turbina binolari orasidagi o‘tish piyoda utish joyidan, turbokompressor binosi shimoliy tomonidagi avtoyo‘ldan yurib borish. 6.25. NO‘A va A uchastkasida ishlovchilar uchun xavfsizlikning umumiy talablari. 6.25.1. NO‘A va A uchastkasida ishlovchilar uchun ishlab chiqarishdagi jarohatga xavfli va zararli omillar quyidagilar: - ishlayotgan elektr jihozlarda ish bajarish; - balandlikda ishlash; - ionlovchi nurlanish manbalari (INM) bilan ishlash; - 2-GMZ sexlarida o‘rnatilgan NO‘A va A jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash vaqtida, ushbu sexlarning xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. 6.25.2. NO‘A va A uchastkasi ishlovchilari o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2-GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilishlari shart: - NO‘A va A jihozlari o‘rnatilgan bo‘linma ishchilari uchun belgilangan xavfsizlikning umumiy talablariga rioya qilish; 6.25.3. 2-GMZ o‘tish joyidan uchastkagacha borish uchun avtoyo‘l bo‘ylab MMK binosining g‘arbiy tomonidan yurib maydalash sexigacha borish; - INM asboblariga xizmat ko‘rsatish brigadasi yuborilayotgan ish joylariga borish uchun, uchastka rahbariyati tasdiqlagan marshrut bo‘yicha 2-GMZ o‘tish joyidan, avtoyo‘l bo‘ylab MMK binosining g‘arbiy tomonidan, maydalash sexi binosining janubiy tarafidan yurish, maydalash sexining markaziy o‘tish joyi orqali borish lozim. 6.26. Fitobar, hammom-kir yuvish kombinati, kirxonalarda ishlovchilar uchun xavfsizlikning umumiy talablari. 6.26.1. Fitobarda ishlovchilar uchun ishlab chiqarishdagi jarohatga xavfli omillar bu vitaminlashtirilgan ichimliklarni qaynatish va qo‘yib chiqish hisoblanadi; - hammom-kir yuvish kombinatida ishlovchilar uchun – ho‘l polda yurish va qo‘sh oyoqli narvonlarda va so‘rilarda turib ishlash zaruriyati; - kirxonada ishlovchilar uchun – namlik sharoitida elektr uzatmali kir yuvish mashinalaridan foydalanish. Fitobarda, hammom-kirxona kombinatida (HKK), kirxonalarda ishlovchilar uchun zararli ishlab chiqarish omillari - dezinfeksiyalovchi reagentlardan va yuvish vositalardan foydalanish hisoblanadi. 6.26.2. Fitobarda, hammom-kirxona kombinatida, kirxonalarda ishlovchilar o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2- GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilishlari shart: - ish vaqtida oyoqlarda mahkam turadigan, barmoqlarni yopib turadigan poyafzal kiyib yurish; - dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanayotgan vaqtda rezina qo‘lqoplarda ishlash; - qo‘sh oyoqli narvonga ikki kishi bo‘lib chiqmaslik va narvon yuqorisidan hisoblaganda uch pog‘onadan baland ko‘tarilmaslik; - elektr jihozlarga suv tushishiga yo‘l qo‘ymaslik, elektr jihozlarini nam lattalar bilan artmaslik. 6.26.3. Zavod o‘tish joyidan kirxonagacha borish uchun, avtoyo‘l bo‘ylab HKK g‘arbiy devori tomonidan, maydalash sexining janubiy tarafidan yurish, № 2 sex уer osti o‘tish joyi orqali o‘tib, № 2 sex shimoliy devori yoqalab ish joyiga borish zarur. 6.27. Tartibot xizmati xodimlari uchun xavfsizlikning umumiy talablari. 6.27.1. Maydalash, sorbsiya va regeneratsiya, tayyor mahsulot sexlarida qimmatbaho metallarni saqlanishini nazorat qiluvchi tartibot xizmati xodimlari uchun ishlab chiqarishdagi zararli va jarohatga xavfli omillar, yuqoridagi sexlarning texnologik jarayonlari va mehnat sharoitlarida aniqlangan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari hamda ish joylarining уetarli darajada yoritilmaganligi sharoitida sexlarning har xil otmetkalarida yurish zaruriyati hisoblanadi. 6.27.2. Tartibot xizmati xodimlari o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashlari uchun quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilishlari shart: - 2- GMZ dagi hamma ishlovchilar uchun xavfsizlikning umumiy talablariga; - saqlanish va tartibot bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarayotgan joylarda, 2 -GMZ ning shu bo‘linmalarida ishlovchilar uchun belgilangan umumiy xavfsizlik choralariga. 6.28. Informatsion texnologiyalar bo‘limi (ITB) xodimlari uchun xavfsizlikning umumiy talablari. 6.28.1. ITB xodimlari uchun ishlab chiqarishdagi noqulay omillar quyidagilar hisoblanadi: - tarkibida kremniy to‘rt oksidi bo‘lgan ruda changi, umumiy tebranish, shovqin (№№ 2 va 8 sexlar); - qo‘llarning nerv mushaklari zo‘riqishi; - ko‘rish organlarining zo‘riqishi; - kuchlanish ostida bo‘lgan jihozlar bilan ishlash. 6.28.2. 2-GMZ ITB xodimlari o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashlari uchun quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilishlari shart: - GMZ-2 dagi hamma ishlovchilar uchun xavfsizlikning umumiy talablariga; - elektron - hisoblash mashinalarida (EHM) va videoterminallar (VDT) bilan ishlaganda mehnat va hordiq tartibiga; - elektr xavfsizligi talablariga. 6.29. Avtotexnikadan foydalanish va ta'mirlash uchastkasi (AF va TU) xodimlari uchun xavfsizlikning umumiy talablari. 6.29.1. AF va TU xodimlari uchun ishlab chiqarishdagi jarohatga xavfli va noqulay omillar quyidagilar hisoblanadi: - harakatlanayotgan avtotransport; -toksik va yong‘inga xavfli moylash materiallaridan va yonilg‘i suyuqliklaridan foydalanish, ish maydonlarining moy bilan ifloslanganligi; - zararli kimyoviy moddalardan (ZKM) – sulfat kislotasidan, antifrizdan, oson alangalanadigan (OA) va yonuvchi suyuqliklardan (YOS) foydalanish; - bokslarda usti yopilmagan ko‘rik chuqurlarining mavjudligi. 6.29.2. AF va TU xodimlari o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashlari uchun quyidagilarga majbur: - GMZ-2 dagi hamma ishlovchilar uchun xavfsizlikning umumiy talablariga rioya qilish; - ZKM, OA, YOS bilan muomalada bo‘lganda shaxsiy xavfsizlik talablariga rioya qilish; - uchastka hududida avtotraktor vositalari harakatlanayotgan va turgan vaqtda ular orasidagi belgilangan gabaritga rioya qilish; - bokslardagi ko‘rik chuqurlarini ochiq va to‘silmagan holda qoldirmaslik; - avtotransport vositalarining haydovchilari signallariga diqqatli bo‘lish, ularning talablarini bajarish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish; - avtotransport vositasi kabinasida yurmaslik, agarda yo‘l varaqasida bu zarurligi haqida tegishli ravishda qayd qilinmagan bo‘lsa. 6.29.3. 2- GMZ dan uchastkaga borish uchun “Zarafshon-Muruntov” avtoyo‘liga chiqmasdan, SRMS devori yonidan yurish lozim. 6.30. Ta'mirlash-ekspluatasiya uchastkasi (TEU) ishlovchilari uchun xavfsizlikning umumiy talablari. 6.30.1. TEU ishlovchilari uchun ishlab chiqarishdagi jarohatga xavfli va zararli omillar quyidagilar: - TEU ishchilari ish bajarayotgan bo‘linmalardagi ishlab chiqarishdagi jarohatga xavfli va zararli omillar; - balandlikda, binolar tomida, havozalarda, so‘rilarda, ko‘chma va tirab qo‘yiladigan qo‘sh oyoqli narvonlarda turib ishlash; - nitrobo‘yoqlar, bitum, уengil alangalanadigan va yonuvchi moddalar bilan ishlash; - yog‘ochga ishlov beradigan va boshqa dastgohlarda ishlash. 6.30.2. TEU ishchilari o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashlari uchun quyidagilarga majbur: - 2-GMZ dagi hamma ishlovchilar uchun xavfsizlikning umumiy talablariga rioya qilish; - TEU ishchilari tomonidan ishlar bajarilayotgan joylarda 2 -GMZ ning shu bo‘linma ishchilari uchun xavfsizlikning umumiy talablariga rioya qilish; - ushbu bo‘linmalarda zarur bo‘lgan individual himoya vositalaridan foydalanish. 6.30.3. 2-GMZ kirish joyidan dan uchastkaga borish uchun MZL, TM sexi, № 3 sex yonidan, zavod markaziy yo‘lidan yurib borish kerak. 6.31. Zavod boshqarmasi apparati xodimlari uchun mehnat muhofazasi va xavfsizligining umumiy talablari. 6.31.1. Zavod boshqarmasi apparati xodimlari hamma ishlovchilar uchun va ular boradigan zavod bo‘linmalarida belgilangan xavfsizlikning umumiy talablarini bilishlari va ularga rioya qilishlari shart. 6.31.2. Zavod boshqarmasi apparati xodimlari shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya qilishda 2-GMZ hamma ishchi-xodimlariga o‘rnak bo‘lishlari, MM va XT yo‘riqnoma va qoidalari talablarini buzilishining oldini olish va buzilishga yo‘l qo‘ymaslik uchun kerakli choralarni ko‘rishlari kerak. 6.32. Zavod markaziy laboratoriyasi (ZML) xodimlari uchun xavfsizlikning umumiy talablari. 6.32.1. ZML da ishlovchilar uchun ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillari quyidagilar: - Sianli natriy - NaCN - Sianid kislotasi - HCN - Sulfat kislotasi - H2SO4 - Azot kislotasi - HNO3 - Fosfor kislotasi - H3PO4 - Vodorod sulfidi - H2S - Oltingugurtli angidrid - SO2 - Ammiak - NH3 - Uglerod oksidi - CO - Qo‘rg‘oshin aerozoli - Simob bug‘lari - Ohak changi - Tarkibida erkin kremniy to‘rt oksidi 10-70% bo‘lgan ruda changi; - Tarkibida 10% gacha erkin kremniy to‘rt oksidi bo‘lgan fosforit changi; - Ishlab chiqarish shovqini, tebranish ZML xodimlari uchun ishlab chiqarishdagi jarohatga xavfli omillar quyidagilar: - balandlikda ishlash; - kimyoviy o‘zaro ta'siri yong‘in yoki portlashga olib keladigan kimyoviy reagentlar va moddalardan bir vaqda foydalanish; - ZML xodimlari ish bajarayotgan 2-GMZ texnologik sexlarining jarohatga xavfli ishlab chiqarish omillari. - zararli kimyoviy va kuchli ta'sirli zaharli moddalar bilan ishlash, tashish, saqlash uchun shisha idishlardan, apparatlardan va asboblardan foydalanish; - shixtalangan probalarni shamot tigellarida pechlarga qo‘yib eritishda yuqori (1100-12000S) harorat; - 2-GMZ hamma texnologik sexlarida bo‘lgan kuzatuv ob'ektlariga borish uchun ishlayotgan jihozlar yaqinida harakatlanish zaruriyati. 6.32.2. ZML xodimlari o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlashi uchun, 2- GMZ da ishlovchilar uchun umumiy talablarga qo‘shimcha ravishda, zararli va xavfli omillardan himoya qilish choralariga amal qilishlari, o‘zi bilan individual himoya vositalarini olib yurishi, ulardan to‘g‘ri foydalana bilishi va lozim bo‘lganda qo‘llay olishlari zarur. - o‘zaro ta'sir ko‘rsatishi va kimyoviy ta'siri natijasida yong‘in yoki portlash ruy berishi mumkin bo‘lgan moddalarni bir-biriga bevosita yaqin joyda saqlamaslik kerak. - yuqori bosim ostida ishlash uchun shisha idishlardan foydalanmaslik. Qalin, issiqlikka chidamsiz shisha idishlardan harorati keskin farq qiladigan ishlarda foydalanmaslik kerak. - ishqorlar va kislotalar solingan katta shisha idishlarni mustahkam yog‘och yoki polietilen savatlarda saqlash va tashish mumkin. - kislota eritmalarni tayyorlashda, kislotani suvga jildiratib qo‘yish kerak, suvni kislotaga qo‘yish taqiqlanadi. - shisha idish siniqlarini qo‘l bilan yig‘maslik kerak, bu ishlar uchun cho‘tka va xokandozdan foydalanish lozim. - labi uchgan va darz ketgan idishlardan foydalanmaslik kerak. 6.32.3. 2-GMZ o‘tish joyidan ZML ga avtoyo‘l bo‘ylab binoning shimol tomonidan borish kerak. - Ruda tayyorlash sexining yanchish sexiga borish uchun №5 va №6 quyultirgichlar orasidan o‘tib, 2- sex уer osti o‘tish joyi orqali, porshenli va turbokompressor havo quvurlari ustidagi o‘tish ko‘prikchasidan o‘tib, avtoyo‘l bo‘ylab 1-KLS va 2-KLS qiya galereyalari kirish joyigacha, yanchish bo‘linmasining ichki marshrutlari bo‘yicha yuborilgan joygacha borish. - Kompressor stansiyasi uchastkasiga borish uchun №5 va №6 quyultirgichlar orasidan o‘tib, 2- sex уer osti o‘tish joyi orqali, porshenli va turbokompressor havo quvurlari ustidagi o‘tish ko‘prikchasidan o‘tish, uchastka marshrutlari bo‘yicha kerakli joygacha borish. - Maydalash sexiga borish uchun №5 va №6 quyultirgichlar orasidan o‘tib, 2- sex markaziy o‘tish joyi orqali borish. - Sorbsiya va regeneratsiya sexiga borish uchun ZML binosining shimoliy tomonidan avtoyo‘l bo‘ylab borish kerak. - Quyultirish sexining reagentlar bo‘linmasiga borish uchun №5 va №6 quyultirgichlar orasidan o‘tib, maydalash sexining уer osti yo‘li orqali, kompressor stansiyasining oldingi porshen va turbina binolari orasidagi o‘tish piyoda utish joyidan, turbokompressor binosi shimoliy tomonidan avtoyo‘l bo‘ylab kerakli joygacha borish. - Quyultirish bo‘linmasiga borish uchun ZML, TM, sorbsiya va regeneratsiya binolari shimoliy tomonidan avtoyo‘l bo‘ylab borish kerak. - Tayyor mahsulot sexiga borish uchun ZML binosi shimoliy tomonidan avtoyo‘l bo‘ylab borish zarur. Ishlab chiqdi: MM va TH buyicha muhandis A.A. Sadenov Kelishilgan: MM va TH buyicha 2-GMZ bosh muhandisi urinbosari A.A. Astanov Download 299.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling