Navoiy “Do٬stlik” ordenli kon-metallurgiya kombinati


AVARIYA VAZIYATLARI PAYDO BO‘LGANDA XAVFSIZLIKNING


Download 299.52 Kb.
bet9/10
Sana02.06.2024
Hajmi299.52 Kb.
#1835014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
№ 5П-А4 (узб.-латиница)

5. AVARIYA VAZIYATLARI PAYDO BO‘LGANDA XAVFSIZLIKNING
UMUMIY TALABLARI
5.1. Avariya vaziyatlarida to‘g‘ri harakat qilish uchun sizning majburiyatlaringiz:
5.1.1. Avariya holatlarini cheklash va bartaraf qilish rejasida ko‘rsatilgan shaxsiy vazifalar tartibini bilish.
5.1.2. Jabrlanganlarga shifokorgacha bo‘lgan birinchi tibbiy yordamni ko‘rsata bilish.
5.1.3. Tabiiy ofatlar va avariya vaziyatlarida o‘z harakatlaringizni oldindan atroflicha o‘ylab ko‘rish – bu sizni har qanday vaziyatda ishonch va xotirjamlik bilan ish ko‘rishingizga yordam beradi.
5.2. Zilzila vaqtidagi harakatlar:
5.2.1. Agar siz bino ichida bo‘lsangiz - bino o‘rtasida to‘siqlari ko‘p bo‘lgan eshik o‘rni ichiga o‘ting.
5.2.2. Agarda siz ishlab chiqarish binosi ichida bo‘lsangiz –ko‘tarib turuvchi ustun yoniga turing.
5.2.3. Binodan chiqayotganda zinapoyalardan tushing, liftdan foydalanmang.
5.2.4. YOng‘in yoki portlash ro‘y bermasligi uchun ochiq olovdan foydalanmang.
5.2.5. Agarda zilzila vaqtida ko‘chada bo‘lsangiz – binolar yonida turmang. Tezda bino balandligidan kam bo‘lmagan masofaga o‘ting.
5.2.6. Agarda avtomobilda bo‘lsangiz – ochiq joyda to‘xtang, silkinishlar to‘xtamaguncha avtomobildan uzoqlashmang.
5.3. O‘t tushganda va yong‘in chiqanda harakatlar:
5.3.1. Birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanib o‘t chiqish manbaisini bartaraf qilish choralarini ko‘ring: o‘to‘chirgichlardan (uglekislotali, karbonat kislotali-brometilli (aerozol), kukunli), dag‘al junli gazlamalardan (kigiz, namat), quritilgan va elangan qumdan , suvdan.
Kuchlanishi 380 v gacha bo‘lgan elektr uskunalarda chiqqan yong‘inni o‘chirish uchun karbonat kislotali, brometilli(aerozol) o‘to‘chirgichlardan foydalanish mumkin; kuchlanishi 1000 v gacha bo‘lgan elektr uskunalarda chiqqan yong‘inni o‘chirish uchun kukunli o‘to‘chirgichlardan foydalanish mumkin.
- kuchlanish to‘liq o‘chirilgan elektr uskunalardagi yong‘inni suv bilan o‘chirish mumkin.
Elektr uskunalardagi yong‘inni o‘chirishga yaroqli karbonat kislotali va kukunli o‘to‘chirgichlardan boshqa ob'ektlardagi yong‘inni o‘chirish uchun foydalanish mumkin.
Eng ko‘p tarqalgan o‘to‘chirgichlar – qattiq, suyuq, gazsimon moddalar va kuchlanishi 1000 v gacha bo‘lgan elektr uskunalarda chiqqan yong‘inlarni o‘chirishga mo‘ljallangan ishchi bosimi 8,0± 1,5 kg/sm2 va oqim uzunligi 3,0 m, unifikatsiyalangan, sig‘imi 5 l OPU-5-01 va sig‘imi 10 l OPU-10-04 kukunli o‘to‘chirgichlaridir.
Bu o‘to‘chirgichlarda o‘t o‘chiradigan modda sifatida, siqilgan havo energiyasi ta'sirida ko‘tariladigan va to‘pponcha-purkagichli egiluvchan shlang orqali yonayotgan joyga otilib sepiladigan maxsus kukunlardan foydalaniladi.
OPU o‘to‘chirgichlarini ishga tushirish uchun plombalangan chuvni (chekani) chiqarib olish va ishga tushirish dastasini yuqoriga ko‘tarish kerak.
O‘to‘chirgichlar havo ishtirokisiz yonishi mumkin bo‘lgan moddalardan chiqqan yong‘inlarni o‘chirishga mo‘ljallanmagan.
5.3.2. O‘t tushgan va yong‘in chiqqan joy va aniqlangan vaqti haqida ma'muriyat yoki yong‘indan saqlash qismiga 101 yoki 577-33-36 (Bessopan maydonchasi); 577-86-50 (Toshqo‘ra maydonchasi, № 8 sex) raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.
5.3.3. O‘t chiqqan joyni chegaralash va baxtsiz hodisa ro‘y bermasligi uchun kerakli choralarini ko‘ring.
5.3.4. Ma'muriyat vakillari kelgandan so‘ng - ularning ko‘rsatmalariga amal qiling.
5.3.5. Ma'muriyat vakillari bo‘lmaganda – harbiylashtirilgan yong‘indan saqlash qismining o‘t o‘chirish komandasini kutib oling, o‘t o‘chirishda ularga yordam bering.
5.4. Boshqa ekstremal hollar ro‘y berganda – atrof muhit havosi zararli kimyoviy moddalar bilan zararlanganda, dovul ko‘tarilganda, jala, sel kelganda va b.:
5.4.1. Tezda xavfli hududdan chiqing va boshqalarning ham chiqishiga yordam bering.
5.4.2. Hodisa haqida ma'muriyatga xabar bering va ularning ko‘rsatmalariga amal qiling.
5.5. Tungi vaqtda elektr toki ta'minotida uzilish bo‘lgan vaqtda –
5.5.1. Ko‘zlaringiz qorong‘ilikka o‘rganguncha, individual yoritish uskunalari ishga tushguncha yoki sizga yordam kelgunicha o‘z joyingizda qoling.
5.6. Baxtsiz hodisa ro‘y berganda:
5.6.1. Jabrlanganga shifokorgacha bo‘lgan birinchi yordamni imkon boricha ko‘rsating;
5.6.2. Jabrlangandan kimligini, nima ish qilgan va kimning topshirig‘i bilan ishlagan, baxtsiz hodisa qanday ro‘y berganligini so‘rab biling. Agarda jabrlangan sizning savollaringizga javob berolmaydigan holatda bo‘lsa, kimligini propuski yoki guvohnomasi yordamida aniqlang;
5.6.3. Baxtsiz hodisa haqida jabrlanganning ish joyiga va zavod MM va XT bo‘limiga 577-32-25, 577-37-78, 577-34-91, 577-32-53, 577-30-05 raqamlariga, zarur bo‘lganda – 2-GMZ tibbiy punktiga – 103 yoki 577-33-13 (Bessopan maydonchasi) raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling. Telefon aloqasi bo‘lmaganda – buni yordamchilar orqali yoki radiokarnaydan foydalangan holda zavod operatori yoki smena boshlig‘i orqali.
5.6.4. Atrofdagi odamlarning yoki chetdan kelgan odamlarning jarohatlanishining oldini olish choralarini ko‘ring (jarohatlanishga xavfli jihozlarni to‘xtating, jarohatlanishga xavfli joyni to‘sib qo‘ying, qorovul qo‘ying yoki ogohlantiruvchi plakatlar o‘rnating).
5.6.5. Iloji boricha hodisa ro‘y bergan vaziyatni tekshiruv komissiyasi a'zolari kelguncha o‘zgarishsiz saqlab turing (agarda bu avariyaga olib kelmasa yoki odamlar hayotiga xavf solmasa). Vaziyatni saqlab turishning iloji bo‘lmasa – uning rasmini chizib oling yoki yodda saqlang.
5.6.6. Zarur bo‘lganda, jabrlanganni tibbiyot punktiga borishiga yordam bering.
5.6.7. O‘zingiz bilan baxtsiz hodisa ro‘y berganda, bu haqda bevosita rahbaringizga xabar bering, zarur bo‘lsa zavod tibbiyot punktiga boring;
YOdingizda tuting, jabrlangan tomonidan ro‘y berganligi haqida o‘z vaqtida ma'muriyatga xabar berilmagan baxtsiz hodisa, jabrlanganning arizasiga ko‘ra 30 kun ichida tekshiriladi.



Download 299.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling