Navoiy “Do٬stlik” ordenli kon-metallurgiya kombinati


Download 299.52 Kb.
bet5/10
Sana02.06.2024
Hajmi299.52 Kb.
#1835014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
№ 5П-А4 (узб.-латиница)

Teriga to‘kilganida - 10 minut davomida terining to‘kilgan joyini oqib turgan suv bilan yuvish, keyin usha joyga 5 % li uksus, xlorid yoki limon kislotasi shimdirilgan bog‘lam qo‘yish zarur.
Ko‘zga tushganida – darhol ko‘zni oqib turgan suv bilan 10- 30 minut davomida yuvish. Hamma hollarda hodisa joyiga feldsherni chaqirish yoki zavod tibbiyot punktiga murojaat qilish zarur.
1.3.7. TIOMOCHEVINA (tiokarbomid)
Tiomochevina (tiokarbomid) oq, sarg‘ish, yoki ko‘kimtir rangli kristalllardan iborat bo‘lib, ta'mi achchiq, suvda yaxshi eriydi. Erish temperaturasi 180 - 1820S. CHREK - 0,3 mg/m3.
Teriga, shilliq pardalarga to‘kilganda ta'sirlantiradi, sezgirligi yuqori bo‘lgan odamlarda dermatit kelib chiqishi mumkin.
Tiomochevina bilan ishlaganda individual himoya vositalaridan foydalanish kerak: changga qarshi respirator, rezina qo‘lqoplar, teriga va ko‘zga tushganda - suv bilan yuvish kerak.
1.3.8. OHAK
O‘chirilmagan ohak - oq amorf poroshok. Ohaktoshni 9000S - 12000S temperaturada kuydirish yo‘li bilan olinadi; CHREK – 1,0 mg/m3. O‘chirilmagan ohak suv ta'sirida o‘chirilgan holatga o‘tadi: oz miqdordagi suvda ( 33% gacha) ohak momig‘iga, suv miqdori ko‘p bo‘lganda – ohak sutiga aylanadi. Ohak chang yoki tomchilar holatida shilliq pardalarni ta'sirlantiradi, aksirish va yo‘talga olib keladi.
Ayniqsa o‘chirilmagan ohak xavfli, uning ta'siri ishqor ta'siriga o‘xshaydi. Ohak changi bilan nafas olish o‘pka yallig‘lanishiga olib kelish mumkin.
Ohak ko‘zga tushganda zudlik bilan ko‘zlarni katta ochgan holda jildirab oqib turgan suvda yuvish zarur (10- 30 minut davomida). Ketkizilmagan ohak bo‘lakchalarini tezda nam tampon bilan olib tashlash va tibbiyot punktiga murojaat qilish kerak. Ohak teriga to‘kilganda uni jildirab oqib turgan suv bilan yuvib tashlash zarur.
1.3.9. RUDA CHANGI
Ruda changi rudani 2- GMZ ga texnologik qayta ishlash uchun tashishda, maydalashda, yanchishda paydo bo‘ladi. CHang patologiyasi xususiyatini changning texnik tarkibi belgilaydi. Ruda changining ishchilar sog‘ligi uchun eng ko‘p xavf soladigan kimyoviy bo‘lagi erkin holdagi (muallaq holda bo‘lgan) kremniy to‘rt oksidi (dioksid) hisoblanadi. 2- GMZ dagi ruda changida 10% dan to 70% gacha erkin holdagi kremniy to‘rt oksidi mavjud. Ushbu chang bilan ifloslangan havodan uzoq vaqt nafas olinganda, nafas yullarining kasbiy kasalligi - silikoz kelib chiqishi mumkin.
Silikoz kasalligida nafas yullarining sklerotik o‘zgarishi bilan birga inson organizmining asab, yurak-qon, hazm qilish va limfatik sistemalarida ham katta o‘zgarishlar ruy berishi mumkin.
Ishchilarning butun ish staji davomida kasallikka yoki sog‘ligining yomonlashuviga olib kelmaydigan, tarkibida 10% dan 70% gacha aerozol ko‘rinishidagi kremniy dioksidi bo‘lgan changning havodagi chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasi (CHREK), 2mg/m3 tashkil qiladi.

Download 299.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling