Navoiy “Do٬stlik” ordenli kon-metallurgiya kombinati


ISHLAB CHIQARISH SHOVQINI


Download 299.52 Kb.
bet6/10
Sana02.06.2024
Hajmi299.52 Kb.
#1835014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
№ 5П-А4 (узб.-латиница)

1.3.10. ISHLAB CHIQARISH SHOVQINI
Ishlab chiqarish shovqini – bu vaqti bilan tartibsiz o‘zgaradigan va ishlovchilarda noxush tuyg‘u uyg‘otadigan, turli intensivlikdagi va chastotadagi tovushlarning majmuidir.
SHovqinning sababi qattiq, gaz yoki suyuq muhitlarning tebranishidir. SHovqinning turlari: past chastotali (tebranish chastotasi 30 - 350 gs (sekundiga marta); o‘rta chastotali (tebranish chastotasi 360 - 800 gs; yuqori chastotali (tebranish chastotasi 800 gs dan yuqori). SHovqinning organizmga ta'siri eshitish organlarining shikastlanishi, inson organizmning boshqa bir qator a'zolari va sistemalarning buzilishi, ishlab chiqarish unumdorligining pasayishi, ishlab chiqarishda shikastlanish darajasining o‘sishi kabi ko‘rinishlarida paydo bo‘lishi mumkin. Eshitish qobiliyatining pasayishi, odatda, 5 - 7 yil ishlagandan so‘ng rivojlanadi. Ish joylaridagi doimiy shovqinning xarakteristikasi detsibellarda oktava polosalari o‘rta geometrik chastotalarida ifodalangan quyidagi tovush bosimi darajalaridir: 31,5; 63; 125; 250; 500; 1000; 2000; 4000; 8000 gs.
Ish joylaridagi doimiy keng polosali shovqin xarakteristikasini taxminiy baholash sifatida, shovqin o‘lchagichning “Sekin” vaqtinchalik xarakteristikasida o‘lchangan tovush darajasini qabul qilish ruxsat etiladi. Ekvivalent bo‘lgan tovush darajasi- 80 DBA.
SHovqindan himoya qilishning asosiy choralari bu shovqin kelib chiqish sabablarini bartaraf qilish yoki shovqin chiqaradigan manbaisida uning darajasini kamaytirish. Agarda shovqin manbaisini bartaraf qilib bo‘lmasa, bu hollarda shovqinga qarshi individual himoya vositalaridan - tiqinlar (zaglushka-vkladishlar) va naushniklardan foydalanish lozim.
1.3.11. ISHLAB CHIQARISHDAGI TEBRANISHLAR
Ishlab chiqarishdagi tebranishlar mahalliy va umumiy bo‘lishi mumkin. Mahalliy tebranishlarni zarbali, zarbali- aylantiruvchi qo‘l mashinalari vujudga keltiradi.
Umumiy tebranishlar paydo bo‘lish manbalariga ko‘ra quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi:
1 kategoriya – Transport tebranishi – traktorlar, avtomashinalar va boshqa o‘ziyurar harakat vositalarining harakatlanayotgandagi tebranishlari.
2 kategoriya – Transport-texnologik tebranishi – ekskavatorlar, ko‘tarma kranlar, polda turadigan ishlab chiqarish transportlariga xizmat ko‘rsatadigan ishchilarga ta'sir qiladigan tebranishlar.
3 kategoriya – Texnologik tebranish – ishlayotgan mashinalar, jihozlar va agregatlarlardan paydo bo‘ladigan tebranishlar.
Past chastotali umumiy tebranishlar umurtqa disklarining va suyak to‘qimalarining uzoq muddatli shikastlanishiga, qorin bo‘shlig‘idagi a'zolarning siljishiga, umurtqaning degenerativ o‘zgaruvchanligining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keladi.
Mahalliy tebranishlar organizmga yaxshi ta'sir ko‘rsatishi mumkin, lekin shu bilan birga qo‘llar neyrotomirlarining faoliyatining izdan chiqishiga, teri sezuvchanligining har qanday pasayishiga, qo‘l panjalarining kuchsizlanishi kabi kasalliklarga olib kelishi mumkin. 3- kategoriya tebranishlari ta'sir qilish joylariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
a) korxonalarning ishlab chiqarish binolaridagi doimiy ish o‘rinlarida;
b) tebranish generatori bo‘lmagan omborlardagi, oshxonalardagi, maishiy xizmat xonalaridagi, navbatchilar xonasidagi ish o‘rinlarida;
v) zavod boshqarmasi binolaridagi aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan xodimlar ish o‘rinlarida;
1.4. 2- GMZ ishchilari me'yorlarga va № 5P-A8 yo‘riqnomasida o‘rnatilgan tartibga muvofiq bepul maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyimi, individual himoya vositalari bilan ta'minlanadilar.
1.5. 2- GMZ ishchilarning nafas olish, ko‘rish organlarini va yuzini zararli gaz, chang va tumandan individual himoyalovchi asosiy vosita sifatida, № 5P-A1-18 yo‘riqnomasiga muvofiq qo‘llaniladigan sanoat filtrli va shlangli protivogazlari hisoblanadi.
1.6. 2- GMZ ishchilarining nafas olish organlarini ruda changidan himoyalovchi asosiy vosita sifatida changga qarshi respiratorlar hisoblanadi.
Tegishli respiratorlardan foydalanish уengil va o‘rta og‘irlikdagi ishlarni bajaruvchi xodimlarning nafas olish organlarini ishonchli himoya qiladi. SHB-1 “Lepestok” respiratorlarini havo temperaturasi +28 dan yuqori va 00S dan past bo‘lganda, filtrlovchi yuzalarga organik erituvchilarning tomchilari va zarralari tushishi ehtimoli bo‘lganda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Mehnat sharoiti bo‘yicha ishchilarga qo‘shimcha imtiyozlar beriladigan asosiy ishlab chiqarish sharoitining zararliligi ruda changi bo‘lgan sexlarda, respiratordan foydalanish butun smena davomida shu sharoitda ishlaydigan hamma ishchilar uchun majburiydir.
2- GMZ ishchilarini ishlab chiqarish shovqinidan himoyalovchi asosiy vosita sifatida shovqinga qarshi vositalar: tiqinlar (vkladishlar) va naushniklardir. Tiqinlar bir martalik himoya vositasi hisoblanadi. Naushniklar esa ko‘p martalik himoya vositasi hisoblanadi. SHovqinning darajasini maksimum kamaytiradigan shovqinga qarshi tiqinlar (vkladishlar), naushniklar va boshqa vositalarni qo‘llash lozim.
1.6.1. Tebranishning zararli ta'sirini kamaytirishda texnik va tashkiliy-texnik choralar muhim rol o‘ynaydi. Tebranishning zararli ta'siridan himoyalovchi individual himoya vositalari maxsus qo‘lqoplar, oyoq kiyimlaridir.
1.7. 2-GMZ ga yangidan ishga kiruvchilar doimiy ish joyiga propusk olganlariga qadar quyidagilarni bajarishlari zarur:
1.7.1. 2-GMZ kadrlar bo‘limida NKMK xodimlari uchun ichki mehnat tartibi qoidalari va tartibot bo‘limida tartibotli korxonalar uchun qo‘shimcha talablar, ushbu yo‘riqnomaning 1 bo‘limi bilan tanishish.
1.7.2. Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limida mehnat xavsizligi bo‘yicha kirish instruktajidan va YOXHQ (yong‘inga qarshi qism) da yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kirish instruktajidan o‘tish.
1.7.3. Kon boshqarmasining o‘quv markazida mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha 3 kunlik dastlabki ta'lim olish va sinovdan o‘tish.
1.7.4. Kelgusi ish joyi bo‘yicha bo‘linma rahbari bilan tanishish.
1.7.5. 2-GMZ tibbiyot bo‘limida jabrlanganlarga shifokorlargacha bo‘lgan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari bilan tanishish.
1.7.6. 2-GMZ ma'muriy- maishiy kombinati materiallar omboridan kelgusida bajaradigan ishlariga muvofiq, me'yorlarga ko‘ra bepul beriladigan maxsus kiyim va maxsus poyafzalni, ish joyidagi bo‘linma omboridan esa, individual himoya vositalarini va asboblarni olish.
1.7.7. Ish joyida mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha birlamchi instruktajdan o‘tish.
1.7.8. Tajribali ishchi rahbarligida va muhandis-texnik xodim nazorati ostida mehnat xavfsizligi bo‘yicha amaliy ta'lim (stajirovka) olish va ishning xavfsiz uslub va usullarini amalda o‘zlashtirish.
1.7.9. Sodir bo’ladigan barcha turdagi ishni bajarish buyicha amalayot ko’nikmalari va mehnat xafsizlagi bo’yicha bo’linma komissiyasida bilim sinovidan o’tish, mustaqil ishlarga ruhsat etish farmoyishi bilan (MTX larga buyruq bilan) tanishish.



Download 299.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling