Navoiy “Do٬stlik” ordenli kon-metallurgiya kombinati
Download 299.52 Kb.
|
№ 5П-А4 (узб.-латиница)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.3. XLORID KISLOTASI
- 1.3.4. AZOT KISLOTASI
1.3.2. SULFAT KISLOTASI
YOg‘li, toza holatda tiniq, rangsiz suyuqlik. Suv bilan issiqlik ajratgan holda, har qanaqa nisbatda aralashadi. CHREK - 1 mg/m3. YUqori nafas yo‘llari shilliq pardalarini ta'sirlantiradi va kuydiradi, o‘pkaga shikast уetkazadi. Teriga to‘kilganda og‘ir holatda kuydiradi. Birinchi yordam – nafas yo‘llari shilliq pardalari ta'sirlanganda toza havoga olib chiqish va sodali eritma bilan ingalyatsiya qilish zarur. Sodali iliq sut va borjomi mineral suvi ichirish kerak. Konsentratsiyalangan sulfat kislota teriga to‘kilganda darhol ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash darkor. Aks holda, kislota to‘qimalar ichiga tezda kiradi va qo‘tir paydo bo‘ladi. Kislota ko‘zga tomganda ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish zarur. Har qanday holatda hodisa ro‘y bergan joyga feldsherni chaqirish yoki zavod tibbiyot bo‘limiga murojaat qilish zarur. 1.3.3. XLORID KISLOTASI Xlorli vodorodning suvdagi eritmasi, CHREK 5 mg/m3. Zaharlanishning asosiy sababi gaz holatidagi xlorli vodorod emas, gazning havodagi suv bug‘lari bilan aralashganda paydo bo‘ladigan tumansimon bug‘lardir. YUqori konsentratsiyalarda - shilliq pardalarning ayniqsa burun shilliq pardalarining ta'sirlanishi, kon'yunktivit, ko‘z pardasining xiralashuvi, ovoz bo‘g‘ilishi, nafas qisilishi, ko‘krakda og‘riq paydo bo‘lishi, shamollash, yutalga olib keladi. Xlorid kislotaning tumansimon bug‘lari bilan zaharlanganda tezlik bilan jabrlanganni toza havoga olib chiqish, nafas olishga halaqit berayotgan kiyimlarini уechish, toza havo bilan nafas olishini ta'minlash, tezda hodisa ro‘y bergan joyga feldsherni chaqirish yoki zavod tibbiyot punktiga murojaat qilish lozim. 1.3.4. AZOT KISLOTASI Rangsiz suyuqlik, bug‘lari havodan 2,2 marta og‘ir, kuchli oksidlovchi - somon, yog‘och qipig‘i va boshqa g‘ovak organik moddalar bilan qo‘shilganda yong‘in chiqishi mumkin, CHREK - 2,0 mg/m3. Tarkibida azot ikki oksidi bo‘lgan tutun va toza azot kislotasi tumani nafas olish yo‘llarini ta'sirlantiradi, tishlar уemirilishiga, kon'yunktivitga va ko‘z pardasining shikastlanishiga olib keladi. Og‘ir holatdagi zaharlanishda - birinchi kunlarda o‘pka shishi paydo bo‘lishi, qattiq zaiflik, kungil aynishi, nafas qisilishi, yo‘talga olib kelishi mumkin. Konsentratsiyalangan azot kislotasi og‘ir kuyishlarga olib keladi. Azot ikki oksidi - qo‘ng‘irrangli bo‘g‘uvchi hidli gaz, suv yoki ishqor eritmalari bilan azot va azotli kislota aralashmalarini yoki ularning tuzlarini hosil qiladi, nafas yo‘llarini ta'sirlantirish va kuydirish xususiyatiga ega, chuqur ta'sir qilganda o‘pkaning toksinli shishib ketishining rivojlanishiga olib keladi. Download 299.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling