Босқичлар
Муаммони таҳлил асосида аниқлаш
Ўзгаришларни амалга ошириш
Ўзгаришлар ва янгиликларни режалаштириш
Мўлжалланаётган таълим тизимини лойиҳалаш
босқичлар
1
Янги ғояни амалга ошириш мазмуни , шакл ва методларини тизимлаштириш
Мавжуд тизимга янги ғояларни
2
3
Педагог ўқиш ва тарбиялашга оид ўз концепциясига эга бўлади
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarida, ayniqsa oliy ta’limdagi olib borilayotgan yangilanishlar jarayonida pedagoglarning innovatsion faoliyat ko‘nikma, malakalariga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondashuvga ega bo‘lishlari talab etiladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko‘nikma, malakalarining o‘zlashtirilishi innovatsion yondashuvni qaror topishi asosida kechadi. Pedagoglar va innovatsion yondashuvning qaror topishi ham murakkab jarayon bo‘lib
Ilm – fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyalarning rivojlanishi ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Ta’lim tizimining modernizatsiyasi davlat va jamiyat malakali kadrlarga shaxsning esa sifatli ta’lim olishiga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ro‘y beradi. u bir necha bosqichda kechadi.
Ta’lim amaliyotida pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi ta’lim tizimi modernizatsiyasining tarkibiy elementi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda ta’lim – tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish ham kam kuch va vaqt sarflangan holda kutilayotgan natijani qo‘lga kiritilishiga imkon beradi, o‘qitish sifatini yaxshilab samaradorligini oshiradi.
Pedagogik innovatsiyalar pedagogik faoliyatiga yangiliklarning izchil olib kiritilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovatsiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a undovchi, bunyodkorlikka rag‘barlantiruchi kuch sifatida namoyon bo‘lib, ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu sababli har bir pedagog innovatsiyalarning mohiyatini izchil eta olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |