Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet41/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Patrik Zyuskind (Patrick Süskind) va Robert Shnayder (Robert Schneider)

P atrik Zyuskind o’zining “Mushk-anbar” (Das Parfüm, 1985) asari bilan nemis adabiyotidagi postmodern janrining ilk vakili hisoblanadi.


Mushk-anbar” o’ziga xos usulda yuksak bo’yoqlarda tasvirlangan elementlarni mujassam qiladi. Bu asar triller bo’lib, unda axloqan buzuq asahddiy qotil hayoti qalam ostiga olinadi. Voqealar 18-asr oxirlarida Parijda yuz beradi. Muallif reallik chegarasidan chetga chiqadi. Asar qahramonini u favqulodda g’ayriodatiy hid bilish qobiliyati bilan qurollantiradi.
Voqealar tizimi bir tekis bo’lishiga qaramay, ruhiy muvozanatlar chizgilari o’quvchini chalkashtiradi.
Grenuil, badbashara va beso’naqay odam, u odamlar hislarini boshqaradigan, ularning sevgisini qozonadigan mo’jizakor atirni kashf qilish yo’llarini qidiradi. Bu atirni u o’z tuzog’iga tushgan go’zal ayollar terisidan oladi. U bu qizlarni bir qancha chaqirim uzoqdan hid bilish vositasida topib keladi. Iso kabi u tog’-adirlarga – uzlatga chekinadi. U kabi ommani o’ziga ergashtirar ekan, bunda u non bilan siylash emas, o’tkir hid bilan jalb qiladi.
Roman fojiali yakun topadi. Grenuil Parijda vafot etadi. U o’z ustidan mo’jizakor atirni to’kib yuboradi va uni odamlar shafqatsizlarcha burdalab yeb tashlashadi.
Zyuskindning romani an’anaviy yozuvchilik qolipiga tushmaydi. Unda fikrlar mutanosibligi minimal darajada, “Mushk-anbar”ni triller sifatida qaralsa, muallif e’tirofiga ko’ra ham, uning qo’shimcha nomi – Bir qotillik tarixi – diqqat markazida turadi.
Patrik Zyuskind hayotining o’z asari mazmuniga hech bir aloqasi yo’q. U hozirda, ommaning diqqat nazarida, Myunxenda istiqomat qiladi. Erix Maria Remarkning “G’arbiy frontda o’zgarish yo’q” asaridan so’ng (1929 yildan buyon) hech bir nemiszabon muallifiga bunday olamshumul muvaffaqiyat nasib qilmagan (“Spiegel”, Hamburg). “Kontrabas” asari bilan erishgan muvaffaqiyati uning dramaturglik borasidagi iqtidorini namoyon qildi. “Kontrabas” nemis sahnalarida o’z san’atini ko’rsatuvchi odatiy san’atkor inson obrazini aks ettiradi.
Patrik Zyuskind bilan bir qatorda avstriyalik Robert Shnayder ham postmodern mualliflari qatorida muvaffaqiyatli ijodi bilan ajralib turadi. U 1961 yilda Forralbergda tug’ilgan, ilk romani “Uyquning og’asi” bilan (1992) u shuhrat qozondi. Kitob 20 dan ortiq tillarga tarjima qilindi, 2007-yilda asarning 30-nashri bosmadan chiqdi.

Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling