Nemis adabiyoti tarixi
Download 5.22 Mb.
|
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manuela Kopp-Marks
- “Mushki anbar”
R obert Shnayderning romani Zyuskindning “Mushki-anbar” (Parfyum) asari bilan talay mushtaraklarga ega.
O’xshash tarzda voqealar o’tmishda yuz beradi. Forarlbergdagi tog’li qishloq Eshbergda 19-asr boshlari tasvirlanadi. Grenuil kabi asar qahramoni Elias Alder favqulodda qobiliyat egasi. U atrofidagi odamlar yurak urishini eshitib turadigan darajada kuchli eshitish xususiyatiga ega. Elias Grenuil kabi, rivojlanib, daho musiqachi bo’ladi va roman nihoyasida Grenuil kabi sevgi iztirobida o’zini o’limga mahkum qiladi. Zyuskind kabi Robert Shnayder tarixiy muhitdagi primitiv (sodda, ibtidoiy, jo’n) hayot tarzini, tog’li qishloq misolida o’chko’zlik, g’araz va zo’ravonlikni tasvirlaydi. Bu yerdan Elias musiqiy jilo beruvchi nur sifatida ko’tarilib chiqadi. Lekin, Grenuil singari u ham o’zi tashna bo’lgan muhabbatga yetolmay, iztirobda qoladi. Romanning postmodern tarkibi sodda va tushunarli: tarixiy material, asar bosh qahramonining g’ayriodatiy qobiliyati, ajabtovurlikdan mamnun, sarhadsiz xayolot va Umberto Ekoga taqlidan o’zlashtirilgan belgi-ishoralar. Patrik Zyuskind romani upa-elik ishlab chiqarish tarixi jarayoni kabi o’qilsa, Robert Shnayderning asari tog’li qishloq an’analarining tadqiqiga o’xshaydi. Ikkala roman ham tarixiy va sohaga oid xususiyatlar hazinasi kabidir. P ostmodern adabiyoti janri Schnayder tomonidan vatanning, qishloq adabiyotining elementlarini arxaik formada boyitdi. Manuela Kopp-Marks postmodern o’z namunalarini o’tmishdan izlashini aniq belgiladi va uning asarlarida bu o’z tasdig’ini topdi. Postmodernistik nashrlar qatorida yangi, ayni zamonda so’nggi muvaffaqiyatli chiqqan roman Daniel Kelmanndning “Dunyoning o’lchovi” (Die Vermessung der Welt, 2005) asaridir. Bu roman qisqa vaqt ichida 40 dan ortiq tillarga tarjima qilinib og’izga tushdi va mazkur asarning ekranlashtirilishi rejalashtirilmoqda. D .Kelmann 1975-yilda Myunxenga tavallud topgan. Uning qalamiga mansub ishlari – roman va nazariy tadqiqotlari ko’psonli mukofotlar bilan taqdirlangan. D.Kelmann Konrad Adenauer jamg’armasi va Doderer va Klayst nomidagi nufuzli mukofotlarga loyiq ko’rilgan. “Dunyoning o’lchovi” postmodernistik bayonga xos odatiy mezonlar asosida yozilgan sarguzasht roman bo’lib voqealar XIX asrda sodir bo’ladi, xarakterlar yorqin ifodalangan Men ekstsentrik1 chizgilar orqali gavdalantirilgan. Asardagi men jamiyatdan ajralib qoldan, aql bovar qilmas qobiliyatlar sohibi va g’oyalarga mukkasidan ketgan shaxs sifatida tasvirlanadi. Aleksandr fon Humboldt, nabototchi olim dunyoni o’lchash va uni bo’laklashni katalog tarzida ko’rishni xohlaydi. Gettingenlik mashhur tabiatshunos professor Karl Fridrix Gauss dunyoni matematik formulalardan iborat to’r deya talqin qiladi. Har ikkala shaxs o’z ulug’liklarini namoyon etadilar, ammo har ikki shaxs chin ma’noda olimlar ayni paytda tabiatan ziddiyatlidirlar. Humboldt dunyosi barcha tog’u toshlarni kezgan, barcha katta-kichik ko’llarni kechgan Janubiy Amerika dunyosi. Gauss ruhi Gettingendagi ish stolida o’tirgancha makon va raqamlar dunyosiga yengilgina safar qiladi. Ayni paytda “Mushki anbar”dagi va “Uyquning og’asi” asarlari personajlari va voqealar g’ayritabiiyligi o’quvchini o’ziga jalb etadi. D.Kelmann asaridagi kinoyali nigoh va yumor dahoning ulug’ligi va kulgili holatlarni o’quvchi xotirasiga muhrlab qo’yganday tasavvur qoldiradi. D.Kelmann o’z asari markaziga real tarixiy shaxslarni – Karl Fridrix Gauss va Aleksandr fon Humboldtni qo’yadi. Garchi roman qahramonlari olimlar bo’lsa-da, mazkur asar ilmiy nashr bo’lmay, badiiy janr mahsuli sifatida qabul qilinadi. D.Kelmanning badiiy mahorati yuksak bo’lib, til imkoniyatlari va istiqbolga intilgan inson mohiyatini idrok etish Gauss va Humboldtni postmodernistik xarakterlar doirasiga ko’taradi. Adabiyotdagi postmodernistik yo’nalish hali uzoq vaqt o’quvchilar e’tiborida bo’lishi mumkin yoki tez orada tijoratga yo’naltirilgan omadli “yozuvchilik” sifatida oxir oqibatda o’tmishga ravona bo’lishi mumkin. Buni kelajak ko’rsatadi. Hozirgi kungacha birinchi navbatda realistik, ijtimoiy-tanqidiy roman Tomas Mann timsolida insonparvar jamiyatga xos bo’lgan, urushdan keyingi nemis adabiyotiga shuhrat keltirgan Haynrix Byoll, Gyunter Grass, Herta Myuller kabi ijodkorlarning sa’i-harakatlari tufayli global mashhurlikka erishdi. Nemiszabon adabiyot vakillaridan kattagina qismi Nobel mukofotiga loyiq ko’rilganligi fikrimiz dalilidir. Download 5.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling