IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
482
13-rasm
. Qo‘ylarning dunyo bo‘yicha taqsimoti
Qo„ychilik
(1.1 mlrd bosh) jahonning o‗t-o‗lanlarga boy keng yaylovli
hududlari bo‗ylab keng tarqalgan. Ixtisoslashishiga ko‗ra, mayin va yarim mayin
junli qo‗ychilik iqlimi yumshoq, namroq dasht, chalacho‗l mintaqalarda; teri va
go‗sht beruvchi qo‗ychilik, jumladan, qorako‗l qo‗ychiligi esa qurg‗oqchil
chalacho‗l va cho‗l mintaqalarida rivojlangan.
Qo‗ylar soniga ko‗ra, Xitoy (162 mln bosh), Avstraliya (67.5 mln bosh),
Hindiston (63 mln bosh), Eron (42.5 mln bosh), Nigeriya (42 mln bosh) davlatlari
jahonda eng yirik hisoblanadi
8
. Jahonda eng intensiv rivojlangan qo‗ychilik
Avstraliya va Yangi Zelandiyada tarkib topgan. Ular jahon bozoriga eng ko‗p qo‗y
go‗shti, jun va teri yetkazib bermoqda.
Shuningdek, chorvachilikning
parrandachilik
(Xitoy, Rossiya, Germaniya),
darrandachilik
(Rossiya, Kanada, Skandinaviya davlatlari),
baliqchilik
(Yaponiya,
Peru, Chili, AQSh, Rossiya, Indoneziya, Hindiston),
bug‘uchilik
(Rossiya, Kanada,
AQSh),
yilqichilik
(Xitoy, Braziliya, Meksika),
tuyachilik
(Sudan, Somali,
Mavritaniya),
pillachilik
(Ispaniya, Italiya, J.Koreya, Yaponiya, O‘zbekiston),
asalarichilik
(Fransiya, Xitoy) va boshqa tarmoqlari ham rivojlanib bormoqda.
Umumiy qilib aytganda, qishloq xo‘jaligi, xususan, chorvachilik tarmog‘i
eng qadimiy va juda ahamiyatli soha bo‘lib, xo‘jalikning asosi hisoblanadi.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
№
_
Do'stlaringiz bilan baham: |