IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
479
=
=
= 44,01 s/ga
Javob:
Har gektar maydonga 44,01 sentner donli ekin hosili to‘g‘ri keladi.
Lekin jadval ma‘lumotlarida 45,3 sentner berilgan. Bu yuqorida
keltirilganidek, ekin maydonlarining meliorativ holati bilan bog‘liq va h.z.
Ta‘kidlash joizki, albatta, Farg‘ona va Zarafshon vodiylari, Xorazm vohasidagi
hosildorlik bilan Buxoro, Qoraqalpog‘istondagi yerlar unumdorligi bir xil emas,
yalpi hosil ko‘rsatkichi turlicha.
Yuqoridagi jadval ma‘lumotlari tahlil qilinganda, hisoblash bilan berilgan
ko‘rsatkich mos kelish holati uchramadi. Chunki ular madaniylashib, meliorativ
holati o‘zgartirilgan tuproqlardagi hosil hisoblanadi. Lekin hisoblash uchun,
umumiy holatda, yuqoridagi formuladan foydalanish mumkin.
Mustaqil yechish uchun topshiriqlar:
№
_
169.
Dunyo bo‘yicha donli ekinlarning yalpi hosili 1999-yili 2 mlrd 64
mln tonnani tashkil etib, donli ekinlar maydoni 680 mln gektar
7
bo‘lgan bo‘lsa,
donli ekin maydonlarining hosildorligini aniqlang.
№
_
170.
Misrning Nil deltasidagi Ismoiliya hududlarida donli ekinlarning
hosildorligi 95 s/ga., ekin maydoni 25 ming gektarni tashkil etsa, yalpi hosil
miqdorini toping.
№
_
171.
Dunyo bo‘yicha shakarqamish yalpi hosili 850 mln tonnani tashkil
qiladi. Agar Hindiston hududi(3 287 000 km
2
)ga shu miqdor taqsimlab chiqilsa,
mamlakatning har har gektar hududiga qanchadan shakarqamish hosili to‘g‘ri
keladi?
IV.3. Chorvachilik va uning tarmoqlari
7
2017-yil nashrdan chiqqan 9-sinf o'quv atlasida 1999-yildagi donli ekinlarning maydoni 680 ming gektar berilgan.
Bu juda kichik ko‘rsatkich, qolaversa, agar hosildorlik hisoblansa, 30 353 s/ga ni tashkil etmoqda. Shu bois,
masalada 680 mln gektar sifatida berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |