Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet173/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
yordamida o‗zlari ham original voqelarni to‗qiydilar. Agarda bola etti yoshda an‘anaviy tanish 
ertakni mustaqil aytib bera olsa, o‗yinchoqlar, suratlarga qarab kichik og‗zaki hikoya tuza olsa 
– bu normal holat hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining yuqori darajada 
rivojlanganligi quyidagilarni nazarda tutadi: 
- bola ona tilining barcha tovushlarini va tovush birikmalarini to‗g‗ri, ya‘ni adabiy til 
normalariga muvofiq holda talaffuz qiladi; ovozni ko‗tarishni (pasaytirishni) biladi; aniq 
talaffuzga ega; fonematik qabul qilish va nutqni tinglash qobiliyati rivojlangan; nutqdagi 
xatoliklarni sezadi va ularni tuzatadi; maishiy leksikaga ega, mebel, poyabzal, kiyim, 
daraxtlarni anglatuvchi umumlashtiruvchi so‗zlarni, narsalarning ayrim detallari va qismlarini 
biladi; antonimlar, otlarga ta‘riflarni to‗g‗ri tanlay oladi; otdan sifat yasay oladi (yog‗och-
yog‗ochdan ishlangan va boshq.); barcha ranglarni aytib bera oladi; turli kasb kishilarining 
(vrach, oshpaz va boshq.), hayvonlarning harakatlarini ko‗rsatib bera oladi (vovullaydi, 
miyovlaydi, pishqiradi va boshq.); nutqda ravish, sifatdosh, ravishdoshlarni qo‗llaydi;
- nutqda barcha kundalik so‗zlarni, ayrim turlanmaydigan otlarni (pianino, metro, palto) 
to‗g‗ri qo‗llaydi; otlarni sonda, kelishikda sifat bilan moslashtira oladi; qaratqich kelishik 
shaklini to‗g‗ri qo‗llaydi; old qo‗shimcha, suffiks, qo‗shimchalar yordamida so‗zlar hosil 
qiladi; nutqda oddiy (yoyiq, yig‗iq), qo‗shma (bog‗langan qo‗shma gap va ergashgan qo‗shma 
gap) gaplardan, har xil turlanadigan fe‘llardan (xohlashmoqda, yugurishmoqda, uxlashmoqda, 
va boshq.) foydalanadi; hikoyani mustaqil aytib bera oladi; matn mazmunini voqealar ketma-
ketligiga rioya qilgan holda ortiqcha pauzalarsiz aytib beradi; nutqda ifoda vositalaridan 
foydalanadi; asosiy qismlarni o‗zga darajali qismlar bilan bog‗lay oladi; narsalarni mustaqil 
bayon qiladi, o‗z shaxsiy hayotida ro‗y bergan voqealar (hodisalar) haqida hikoya qilib bera 
oladi. 
O‘rtacha daraja: 
- bola ona tilining barcha tovushlarini va tovush birikmalarini to‗g‗ri talaffuz qiladi; 
o‗rta-miyona baland nutqqa, aniq talaffuzga ega, lekin intonatsion ifodalilik etarli emas; unda 
fonematik qabul qilish qobiliyati rivojlangan; nutqdagi mazmuniy xatoliklarni payqaydi; 
maishiy leksikani biladi va uni nutqda qo‗llaydi; umumlashtiruvchi so‗zlarni (mebel, poyabzal, 
kiyim, daraxtlar) biladi, narsalarning ayrim detallari va qismlarini aytib bera oladi; 
antonimlarni tanlay oladi; barcha ranglarni biladi; otdan sifat yasay oladi (yog‗och-yog‗ochdan 
ishlangan); turli kishilar, hayvonlarning harakatlarini aytib beradi; otlarni sonda, kelishikda 
sifat bilan moslashtira oladi, biroq har xil turlanadigan fe‘llarni (xohlashmoqda, 
yugurishmoqda, uxlashmoqda, va boshq.) qo‗llashda xatoliklarga yo‗l qo‗yadi; 
- old qo‗shimcha, suffikslar, qo‗shimchalar yordamida so‗z hosil qilishni biladi; nutqda 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
oddiy yoyiq gaplardan foydalanadi; hikoya qilib berishda ba‘zan kattalarning yordamiga 
muhtoj bo‗ladi; matn mazmunini deyarli muallif matniga yaqin darajada aytib bera oladi, lekin 
matnning ayrim qismlarining o‗rnini almashtirib yuboradi; ba‘zan ifoda vositalaridan 
foydalanadi; asossiz pauzalarga yo‗l qo‗yadi; hikoyani faqat kattalar yordamidagina tuza oladi; 
hikoya qilishda faqat asosiy tafsilotlarni qayd etadi, bayon qilishda mantiqiy ketma-ketlikka 
rioya qiladi; shaxsiy tajribaga oid voqeani (hodisani) bayon qilishda qiynaladi; ortiqcha 
so‗zlarni ishlatadi (o‗sha…, keyin…, shunaqa… va boshq.) va ularni noo‗rin qo‗llaydi. 
Past daraja: 
- bola ona tilining tovushlarini va tovush birikmalarini talaffuz qilishda xatoliklarga yo‗l 
qo‗yadi, artikulyasiya va akustik jihatdan bir-biriga yaqin bo‗lgan (qattiq va yumshoq, bo‗g‗iq 
va jarangdor, chiyillovchi va shuvillovchi, sonor tovushlar) tovushlarni tinglab, bir-biridan 
ajrata olmaydi va ularni to‗g‗ri talaffuz qila olmaydi; talaffuz sur‘ati va balandligini boshqara 
olmaydi; nutqning intonatsion ifodaliligi mavjud emas; 
- bola maishiy leksikani tushunadi, lekin ulardan foydalanmaydi, umumlashtiruvchi 
so‗zlarni ayta olmaydi (daraxtlar, mebel, poyabzal, kiyim); narsalarning qismlari, detallari 
nomini ayta olmaydi, antonimlar, otlarga ta‘riflarni tanlashni bilmaydi; sifatdan ot yasay 
olmaydi (loy-loydan yasalgan va boshq.); ba‘zi ranglarni biladi; turlanmaydigan otlarni 
(pianino, metro, palto) qo‗llashda; roditelno‗y padejning birlik va ko‗plikdagi otlarini 
qo‗llashda xatoliklarga yo‗l qo‗yadi; old qo‗shimcha, suffikslar, qo‗shimchalar yordamida so‗z 
hosil qilishda qiynaladi; nutqda qo‗shma gaplardan foydalanmaydi; 
- hikoya qilishda kattalarning yordamiga muhtoj bo‗ladi; mazmun jihatdan muhim 
bo‗lgan ayrim qismlarni tushirib qoldiradi; nutqda ifoda vositalaridan foydalanmaydi
ko‗pincha asossiz to‗xtab qoladi, uzoq pauzalarga yo‗l qo‗yadi; bayon qilishda mantiqiy ketma-
ketlik mavjud emas; o‗z hayotida ro‗y bergan biron-bir voqeani mustaqil ravishda hikoya qilib 
bera olmaydi, narsani tavsiflab berolmaydi; nutqda tugamagan gaplarni, ortiqcha so‗zlarni 
qo‗llaydi.
Tadqiqotchi F.R.Qodirova tomonidan 76 nafar maktabgacha katta yoshdagi bolalarning
ona tilidagi (rus, o‗zbek) nutqi fonetik, leksik, grammatik jihatdan va ularning negizida ravon 
nutqning rivojlanganligi nuqtai-nazaridan tadqiq qilindi. Tadqiqot natijalari asosida 
F.R.Qodirova
16
tomonidan maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ona tilini bilish darajasi 
aniqlandi: 
16
Кадырова Ф.Р. Лингводидактические основы обучения детей 
дошкольного возраста второму языку. Ташкент, Изд-во «Фан» АН РУ, 2005 
й., 255 стр. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Jadval 1. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling