hamjamoalari hosil bo‘ladi. Masalan:
klimaks
jamoalar
quyidagicha bo‘ladi: Bo‘sh yer - lishayniklar - mox -
qirqquloqlar - butalar - o‘t -o‘simliklar - daraxtlar.
^
Savol va topshiriqlar
*
■
1.
Ozuqa zanjiri deganda nimani tushunasiz?
2.
Ozuqa zanjiri halqalari nima?
3.
Ekologik piramidam tushuntiring?
4. Suksessiya tushunchasini izohlab bering?
EKOLOGIYA
IV BOB. BIOSFERA TA’LIMOTI
8 -§ . B io sfe r a v a n o o sfe r a h a q id a tu sh u n c h a
Yer yuzidagi tirik organizmlar tarqalgan, ulaming doirniy
ta’siri ostida bo‘lgan va faoliyati mahsulotlari egallagan qobiq
biosfera (yunoncha “bios” - hayot, “sfera” - shar) deb ataladi.
Biosfera terminini dastlab,
fransuz olimi J.B.Lamark
(1744-1829 yy.) ishlatgan.
Ushbu ta’limotning asoschisi rus
olimi, akademik V.I.Vemadskiy (1863-1945 yy.) hisoblanadi.
Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizim deb qaralib, u ay rim
ekotizimlaming yig‘indisidan tashkil topgan. Bular: litosfera
(quruqlik), gidrosfera (suv havzalari), atmosferaning quyi
qatlamlaridan iborat.
V.I.Vemadskiy sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar
yig‘indisini “tirik modda” deb atab, u biosferaning eng muhim
tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlaydi.
Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi о ‘lik moddalar (iqlim,
atmosfera, tog‘ jinslari va boshqalar) hisoblanib, V.I.Vemadskiy
ta’limoti bo‘yicha, ulaming hosil bo‘lishida tirik organizmlar
qatnashmaydigan biosferadagi moddalar yig‘indisi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |