О е. X o ‘j a n a z a r o V, М. M ir s o V u r o V, Т. N o r b o b o y e V a ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limi
Download 6.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta`limi
Resurslar
(fransuzcha “ressources” - vositalar, zahiralar) - insonlar uchun moddiy va m a’naviy oziqa beruvchi va shunday oziqalami berishga mo‘ljallangan barcha manbalardir. Jamiyatning moddiy, ilmiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiiy obyekt, sharoit va tabiatda bo‘ladigan jarayonlarga tabiiy resurslar deb aytiladi. Tabiiy resurslarga qazilma boyliklar, iqlim, suv, tuproq, o‘simlik, hayvonlar, kosmik resurslar, atom resurslari kiradi. Tabiiy resurslardan to ‘g ‘ri foydalanish, muhofaza qilish uchun ularni bir tizimga solish lozim. Inson ta’sirining xarakteriga ko‘ra tabiiy resurslar, odatda, ikki kategoriyaga: tuzaydigan va tueamaydigan resurslarga boiinadi. Tuzavdigan tabiiy resurslar, o‘z navbatida, ikki guruhga bo‘linadi: qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanadiean resurslar. Tiklanmaydisan tabiiy resurslarga yer osti boyliklari (temir rudasi, oltin, neft, gaz, ko‘mir va boshqalar) kiradi, ulardan muntazam foydalanish sababli zahirasi kamayib, so‘ngra tugashi mumkin. Tiklanadizan tabiiy resurslarga butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydigan va qayta tiklanadigan tuproq, o‘simliklar va hayvonot dunyosi (qisman), shuningdek, ba’zi bir cho‘kindi jinslar, tuzlar kiradi. Chunonchi, tuproq foydalanish natijasida butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki eroziyaga uchrashi, unumdorligini yo‘qotishi mumkin. Kishilaming xo‘jalik faoliyati - 74 - EKOLOGIYA natijasida ba’zi bir o‘simlik va hayvonot dunyosi kamayib yoki butunlay yo‘q qilib yuborilishi mumkin. Bu resurslar (unumsiz tuproq, turi kamaygan o‘simlik va hayvonlar) foydalanish jarayonida qayta tiklanishi mumkin. Lekin, ulaming tiklanish tezligi turlicha. Ovlangan hayvonlar populyatsiyasining qaytadan tiklanishi uchun o‘nlab yillar kerak boisa, kesilgan o‘nnonlar tiklanishi uchun 60 yildan ortiq vaqt, 1 santimetr chirindili tuproqning paydo boiishi uchun 300-600 yil kerak bo‘ladi. Tiklanadigan tabiiy resurslardan rejali, ilmiy va ulami muhofaza qilish qoidalariga rioya qilgan holda foydalanilsa, bu resurslar insonga abadiy xizmat qiiadi. Tugamavdigan tabiiy resursiarga atmosfera havosi, suv, quyosh energiyasi va hokazolar kiradi. Biroq, kishilaming xo‘jalik faoliyati ta’sirida suv ifloslanib, natijada chuchuk suvning ba’zi bir hududlarda yetishmasligi seziimoqda. Chuchuk suv muammosi nafaqat respublikamizda balki, dunyoning katta-katta mamlakatlari (AQSH, Yaponiya, Germaniya va boshqalar) da ham sezilarli darajada paydo bo‘lmoqda. Inson uzoq vaqt davomida jamiyat uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslar tugalmas, ulardan qancha foydalanilsa ham tugamaydi, degan tushunchaga ega edi. Ammo insonning tabiatga ko‘rsatgan ta’siri, uning tabiiy resurslaridan noto‘g‘ri foydalanilishi tufayli tabiiy muhit (havo, suv, tuproq va boshqalar) ifloslanib, xo‘jalikka va ayniqsa inson salomatligiga ta’sir eta boshladi. Bugungi kunda, 0 ‘zbekistonda 1800 dan ortiq kon, 1000 ga yaqin istiqbolli qazilma boyliklari hosil bo‘lgan, 118 turdagi mavjud mineral xomashyodan 65 turi о4 zlashtirilmoqda. 0 ‘zbekiston oltin, kumush, plavikli shpat, mis zahiralari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘nlik davlatlari qatoriga kiradi. MDH da - 7 5 - EKOLOGIYA G ‘zbekiston oltin zahirasi va qazib olinishi bo‘yicha ikkinchi o ‘rin, kumush, mis, plavikli shpat, tabiiy gaz bo‘yicha uchinchi o ‘rinni egallaydi. Bugungi kunda, 0 ‘zbekistonda ochilgan 900 ta konlarda mineral xom ashyoning qariyb 100 turi qazib olinadi, shundan 60 turdan ortig‘i sanoatda o ‘zlashtirilgan va ishlatiladi. Respublikada ochilgan mineral xom ashyo resurslarining umumiy iqtisodiy bahosi 300 milliard AQSH dollari miqdorida baholanadi. Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling