О е. X o ‘j a n a z a r o V, М. M ir s o V u r o V, Т. N o r b o b o y e V a ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limi
-shakl. Tabiiy resurslar klassijikatsiyasi
Download 6.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta`limi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-§. Chiqindilar muammosi
- Dunyo mamlakatiari bo‘yicha maishiy chiqindilarni
1-shakl.
Tabiiy resurslar klassijikatsiyasi 0 ‘zbekiston Respublikasining yer osti boyliklaridan foydalanish masalalarini boshqarishda “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni 2002-yilning 13 dekabrida, yangi tahrirda qabul qilingan. U yer osti boyliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va qo‘llash, yer osti boyliklaridan foydalanishda yer osti boyliklari, atrof-muhitni muhofaza qilish va ish xavfsizligi munosabatlarini tartibga soladi. - 7 6 - EKOLOGIYA tp Savol va topshiriqlar » i . Tabiiy resurs tushunchasi nimani anglatadi? 2. Tabiiy resurslaming qanday turlari mavjud? 3. Tugaydigan tabiiy resurslarm sanab bering? 4. Tugamaydigan tabiiy re.surslarg'd nimalar kiradi? 16-§. Chiqindilar muammosi Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol qilish chiqindilaridan muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalami amaliyotga tatbiq etish muammolari, ayni chog‘da, dolzarb hisoblanadi. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi obyektlari chiqindilarni hosil qiluvehi, atrof-muhitni iflosiantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi. Shaharlarda qattiq maishiy chiqindilar va katta o ‘lchamli axlatlar yig‘ilmoqdaki, ular o ‘z vaqtida va to ‘g‘ri olib chiqilmasa hamda zararsizlantirilmasa, atrof tabiiy muhitni jiddiy ifloslantirishi mumkin. Qattiq maishiy chiqindilarning chiqindixonalarda to ‘planib qolishi, changlaming hosil bo‘lishiga va yoqimsiz hidlarning tarqalishiga olib keladi. Bir qator mamlakatlarda chiqindilarni utilizatsiya qilish - kuydirish, poligonlarga ko‘mish yoki yig‘ish, shuningdek kompostlash texnologiyalari bilan amalga oshiriladi (2-jadval). 0 ‘zbekistonda har yili 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindilari hosil bo‘ladi, ularning 14 % i toksik (zaharli) toifaga mansub hisoblanadi. Bundan tashqari, Respublikamiz hududida va unga yaqin hududlarda radioaktiv rudalami qazib - 7 7 - EKOLOGIYA olish o ‘tgan asming 40-yillarida kuchaygan. Shu davr mobaynida 150 ga yaqin radioaktiv ifloslanish maydonlari pay do b o ‘ldi. 0 ‘zbekistonning Andijon viloyatidan 30 kilometr uzoq masofada joylashgan Q irg'iziston Respublikasining Maylu-Su daryosi qirg‘oqlari bo‘ylab joylashgan umumiy hajmi 2,5 million m3 b o ‘lgan radioaktiv chiqindilar ko‘milgan 23 ta ombor va 13 ta balanslangan rudalar to ‘plamlari mintaqaviy ekologik falokat yuzaga kelishida katta xavfga ega. Sel kelishi va yer ko‘chishi hollari yuz berganda radioaktiv chiqindilar Maylu-Su, Qoradaryo va Sirdaryo suvlariga tushishi mumkin, bu esa 1,5 million kishi yashaydigan 300 km2 maydondagi 0 ‘zbekiston hududini radioaktiv chiqindilar bilan ifloslanishiga olib keladi. Radioaktiv chiqindilar tarkibini radionuklidlar va sinov maydonlaridagi yadro portlashlar tashkil etadi. Radionuklidlar o ‘zidan radioaktiv nur chiqaradigan elementlarning izotoplari hisoblanadi. Ancha xavfliroq sanalgan radioaktiv moddalarga stronsiy-90 va seziy-137 izotoplari kiradi. Ular inson organizmining qon va suyak ko‘migi, oshqozon-ichak, teri qoplami va o ‘pkasida patologik o‘zgarishlami olib keladi. Markaziy Osiyo davlatlari transchegaraviy hududlaridagi radioekologik holat ziddiyatini pasaytirish maqsadida 1996-yil 5-aprelda (Toshkent), 1999-yil 17-iyulda (Bishkek), 1999-yil 17-dekabrda (Dushanbe) hamkorlikdagi ishlar bo‘yicha bitimlar imzolanib, harakat Dasturlari haqida qarorlar chiqarilgan. Hozirgi paytda, Mayluu-Suu daryosi vodiysida reabilitatsiya ishlari davom etmoqda. Chiqindilar hosil bo‘ladigan korxonalar ustidan davlat nazoratini “Chiqindilar to ‘g‘risida” gi (2002-yil) Qonunga - 7 8 - EKOLOGIYA muvofiq, 0 ‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish aavlat qo‘mitasi amalga oshiradi. 2-jadval. Dunyo mamlakatiari bo‘yicha maishiy chiqindilarni Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling