O xoshimov, S. Saidaxmedov


Download 3.46 Mb.
bet3/69
Sana24.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1718239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S

Elektr yuritma asoslari fanini rivojlantirishda o‘zbek olimlarining tutgan o‘rni. O‘zbekistonda irrigatsiya sug‘orish ishlarida, qishloq xo‘jaligida, paxtani va boshqa mahsulotlami qayta ishlash va to‘qimachilik sanoatida, qurilish materiallarini ishlab chiqarishda asosan assinxron elektr yuritmalar qo‘llaniladi. Bu assinxron dvigatelda kollektor yo‘qligi tufayli uning energetik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi, tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulan- ganligi uchun ularni boshqarish osonligi shuningdek, ularga xizmat ko‘rsatish va foydalanishning qulayligi bilan bog‘liqdir. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi va sanoati ravnaqi yo‘lida o‘zbek olimlari o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektr yuritmalami yara- tish, tadqiq etish, sanoat hamda qishloq xo‘jaligida keng qo‘llash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordilar.Ilmiy izlanishlar boshida yetakchi olim akademik Muzaffar Zohidxonovich Homudxonov turdi. 50-yi1lardayoq akademik M.Z. Xomudxonov assinxron elektr yuritmalarni chastotali boshqarish muammolari dolzarb- ligini aniqlab, shu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy ishlar olib bordi. Bunda olim assinxron dvigatelni chastotali boshqarish iqtisodiy jihatdan qulayligini, uning tezligini keng ko‘1amda rostlash ravon-
ligini oshirishning yagona usuli ekanligini hisobga olib, akademik
M.P. Kostenkoning chastotali‘boshqarish qonunini rivojlantirdi va bu yo‘na1ish bo‘yicha maktab yaratib unga boshchilik qildi. U 1959-yi1da «'lamoT oe ynpaaneH e aciiiix)3OHHblu anexrponpii- BO,QOM1I, 1966-yilda esa shogird olimlar bilan birgalikdif «'IaGTOT- Hoe perynHpOBaHHe cxopOGTx aneicrponpiIBO,qoB nepexieHHoro TOKñ c hBTOMaTH iecxnM ynpaaneHxeM oT BeirrxJIbHmx npeo6- pmOBaTeneñ» nomli yirik ilmiy asarlarini chop ettirdi.
Bu monografiyalarda olimlar chastotali boshqarishda, tezlikni rostlashda o‘zgaruvchan tok dvigatelining tavsifini hisoblash na- zariyasi va usullarini bayon qilib, bu dvigatel ventilli chastota o‘zgartgichidan boshqarilayotgandagi statik hamda dinamik re- jimlarini nazariy va amaliy tadqiq etish natijalarini keltirganlar. Shu bilan birga avtonom invertorlaming yangi sxemalari yaratilib, ularning xususiyatlari va qo‘1lanish ko‘lami aniqlangan.
Avtomatlashtirilgan chastota bilan boshqariluvchi tiristorli elektr yuritmalaming ishonchliligini, texnik-iqtisodiy hamda ener- getik ko‘rsatkichlarini oshirish uchun chastotali elektryuritmalari xususiyatlarini kompleks tadqiq va tahlil etish nafaqat normal (simmetrik), balki maxsus anomal (nosimmetrik) rejimlar uchun sanoat mexanizmlarining turli yuklamalarida amalga oshirish talab etiladi. Anomal rejimlarda ishlayotgan elektr yuritmalar- ning nazariy asoslarini, hisoblash usullari, statikasi, dinamikasi, issiqlik dinamikasi va issiqlik rejimlarini hamda assinxron dviga- telning normal rejimga mos keladigan asosiy ko‘rsatkichlarini optimallash masalalari professor 0. 0. Xoshimov rahbarligidagi olimlar tomonidan ishlab chiqilib, sanoatga tatbiq etildi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ekinlami sug’orish, yerning sho‘r1anishini oldini olishda drenaj quvurlardan foydalanish, olimlar oldiga katta nasos stansiyalari, sho‘r suvlarni chiqarib tashlash bo‘yicha zamonaviy elektr yuritmalarni yaratish, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalarini qo‘ydi. Bu masalalami
M. ’L. Homudxonov shogirdlaridan professorlar S.Z. Usmonov,
T.S. Kamolov va M.A. Husanovlar boshchiligidagi bir guruh olimlar muvafiaqiyatli hal etdilar.
Sanoatda va kichik quvvatli qurilmalarda ijrochi dvigatel sifatida qo‘llaniladigan bir fazali kondensatorli assinxron dvigatelli
10
elektr yuritmalar, katta yuk ko‘taradigan ko‘targich kranlarda elektr o‘qni tashkil etadigan elektr yuritmalarni ishlab chiqish, tadqiq etish ishlarini professor N. M. Usmonxo‘jayev rahbarligi- dagi bir guruh olimlar amalga oshirdilar.
Chastotasiga ko‘ra boshqariluvchi avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarini ixtirosi uchun akademik M.Z. Homudxonov rah- barligidagi bir guruh olimlar S.Z. Usmonov, N.M. Usmonxo‘- jayev, 0. 0. Xoshimov, M. A. Husanov, K. Mo‘minovlar O‘zbe- kiston Hukumatining qarori bilan ilm-fan va texnika sohasidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi1ar. 1966-yil Toshkentda bir necha qattiq yer silkinishlaridan keyin panelli uylar qurilishi bir necha bor ortdi. Qurilishning zamonaviy tezkor usullari qo‘llanila boshlandi. Bu esa olimlar oldiga uy-joy qurilish kombinatlaridagi temir-beton plitalami elektr yuritma yordamida zichligi va mustahkamligini oshirish, yangi qurilayotgan imorat va inshootlaming zilzilaga bardoshliligini tekshirish va oshirish masalasini qo‘ydi. Shulami hisobga olib, professor N.H. Bozorov rahbarligidagi olimlar tomonidan elektr yuritma nazariyasida yangi sahifa bo‘lgan tit- ratgich elektr yuritmasining yangi, yengil, chidamli va kam ener- giya sarflaydigan turlari yaratilib, qurilish sanoatida keng ko‘1am- da qo‘llanildi. Bundan tashqari, imorat va inshootlarni zilzilabar- doshlikka tekshiradigan elektr yuritma tadqiq etildi va yangi yaratilgan imorat va inshootlar shu avtomatlashgan elektr yuritma yordamida tekshirilib ishlab chiqarishga tavsiya etildi.
Sanoatda katta quvvatga ega bo‘lgan qurilma va agregatlar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Bu esa katta quvvatga ega bo‘lgan elektr yuritmalarning tezligini rostlashda sirpanish energiyasini tarmoqqa qaytaradigan tizimlari ishlab chiqishni, ya’ni, assinxron ventil kaskadlarini qo‘llashni taqozo etadi. Bundan tashqari lift ko‘targich va shunga o‘xshash qurilmalarda bir necha xil tezlikni ta’minlovchi assinxron dvigatellar qo‘llaniladi. Yuqorida qayd etilgan avtomatlashgan elektr yuritmalar nazariyasini professor
X. Karimov rahbarligidagi olimlar amaliyotda tatbiq etdilar. Olim boshchiligida assinxron ventil kaskadli elektr yuritma ishlab chi- qildi va uning ishlash rejimlari tadqiq etilib, korxonalarda qo‘l- lashga tavsiya etildi. Asosan, qisqa tutashgan rotorli qutblari kon-
taktsiz o‘zgartiriladigan ko‘p tezlikli assinxron dvigatel yaratildi va bu dvigatel liftlarning avtomatlashtirilgan elektr yuritmasida qo‘llana boshladi.
Hozirda, energiya resurslarining taqchilligi sezilayotgan bir paytda o‘zbek olimlari yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalish1arda elektr energiyani tejash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borib, respub- likamizning qishloq xo‘jaligi va sanoatining barcha sohalariga izchillik bilan tatbiq etmoqdalar. Jumladan, professor 0. 0. Xo- shimov rahbarligida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida yangi energiyani tejamlovchi avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar turkumi joriy qilindi. Natijada metallurgiya sanoatida o‘rtacha 36— 40% energiya tejamkorligiga erishildi.
0. 0. Xoshimov tashabbusi bilan MHDM ichida ilk bor
«Energiyani tejovchi elektrotexnika tizimlari va komplekslari» bakalavr ta’limi yo‘na1ishi va «Sanoat qurilmalari va kompleks- larining energiyani tejovchi elektr jihozlari va tizimlari» magist- ratura mutaxassisligi hamda Germaniyaning Berlin texnika uni- versiteti, Gretsiyaning Afina ta’lim texnologiya instituti va Toshkent Davlat texnika universiteti hamkorligida «Energetika menejmenti» magistratura mutaxassisligi va zamonaviy labora- toriyalari tashkil qilindi hamda energiyani tejash masalalari bilan shug‘ul1anuvchi malakali kadrlar tayyorlash amalga oshirildi.


Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling