O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov
Download 95.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekish me’yorlari.
Ekish usullari.
Kuzgi bug‘doy qatorlab (qator oralari 15 sm), tor qatorlab (qator oralari 7,5 sm), ikki tomonlama qatorlar kesishtirilgan usullarda ekiladi. Tuproqda yetarli namlik va oziqa moddalari boiganda ular yaxshi unadi, bir-birini qisib qo‘ymaydi, tuplanishi va hosildorligi yuqori boiadi. 0 ‘simliklar begona o ‘tlar tomonidan kam qisiladi, tuproqdan namlik kam bugianadi. Kuzgi b u g ‘doyni to r qato rlab va qato rlarn i kesishtirib ekishda tuproqda nam yetarli boisa, hosildorlik bo‘yicha oddiy qatorlab ekishdan afzalligi yo‘q. Tor qatorlab ekishda makkajo‘xoridan bo‘shagan maydonlarga kuzgi bug‘doy ekishda tuproqda nam yetarli boisa, hosildorlik oddiy qatorlab ekishga nisbatan 1,7-6,1 s/ga ortgan. Qatorlarni kesishtirib ekishni tor qatorlab ekishdan afzalligi yo‘q. Hozirgi paytda u ru g ia rn i m aydonga bir tekis taqsimlaydigan va tu p ro q q a yaxshi k o ‘m ad ig an q ato rsiz seyalk alar y aratilm o q d a. D astlabki tajribalar qatorsiz ekish usulining yuqori samaradorligini k o ‘rsatm oqda. Keyingi yillardagi tajribalar kuzgi bug‘doyni ang‘izga ekadigan seyalkalar bilan ekish yaxshi natijalar berishini k o ‘rsatdi. A ng izg a ekadigan SZS-9 seyalkasida ekish, diskali soshnika SUK-24 ekishga nisbatan 2-6 s/ga qo‘shimcha hosil olishga imkon bergan. T uprog‘i og‘ir, sizot suvlari yuza joylashgan m intaqalarda kuzgi bug‘doyni pushtaga ekish tavsiya etiladi. Ekinzorda qatorlar shimoldan janubga qaratib joylashtirilsa, quyosh yorugiigidan, ayniqsa, ertalabki va kechki oftobdan yaxshi foydalanadi, kun yarmida boiadigan jazirama issiqdan kam zararlanadi, hosildorlik 2-3 s/ga oshadi. Ekish me’yorlari. U rug‘ ekish me’yori ekish muddatiga va usuliga qarab belgilanadi. U rug‘ ekish m e’yori urug‘likning sifatiga, tuproq unumdorligiga va suv bilan ta ’minlanganligiga qarab har xil boiadi. Tadqiqotlarda ilmiy jihatdan isbotlanishicha, kuzgi bug‘doyning gektar hisobiga ekilgan urug‘ sarfi hosildorlikka ta ’sir etuvchi omildir. 0 ‘tkazilgan tajribalarda har gektariga 150 kg dan urug'lik sarflanib ekilgan kuzgi bug‘doyning bir gektaridan 36 sentner, u ru g iik sarfi 200 kg boiganda esa 48 sentner va 250 kg urug‘ ekilganda 62 sentnerdan hosil yetishtirishi mumkinligi aniqlangan. Kuzgi bug‘doy ma'lum sabablarga ko‘ra kechikib ekilganda, gektariga rejalashtirilgan u ru g ‘ sarfini 15-20 foizga oshirish mum kin. Kuzgi bug‘doyning urug‘ sarfmi belgilashda har bir kvadrat metrda 650-700 donadan sifatli urug‘ tushishi va 800-900 dona hosildor poya hosil qilishni hisobga olish zarur. Bunday poya qalinligida bug'doy o ‘simligi tabiiy omillardan, namlik va oziqadan yetarli darajada foydalana oladi, begona o ‘tlarga nisbatan raqobatbardosh boiadi. Tadqiqotlarda gektar hisobiga 150 kg urug‘ sarflangan maydonni kuchli, 200 kg urug‘ ekilgan dalani o ‘rtacha, 250 kg urug‘ ekilgan paykalni esa kuchsiz darajada begona o ‘tlar bosishi aniqlangan. Ekish m e’yorlari tuproq-iqlim sharoitiga qarab o ‘zgaradi. Sernam shimolda ekish me’yorini belgilaydigan asosiy omillar - yorugiik va tuproq unumdorligi boisa, qurg‘oqchil mintaqalarda o'simlikning namlik bilan ta ’minlanishidir. Shuning uchun sug‘oriladigan yerlarda ekish m e’yori lalmikorlikdagidan ancha ko‘p b o iad i. Hozirga qadar tuproq unumdorligining ekish me’yorining kattaligiga ta ’siri haqida yagona fikr yo‘q. Tavsiyanomalardagi bunday qarama- qarshiliklar tajribalarni turli tuproq va iqlimga ega mintaqalarda, har xil navlar bilan, unumdorligi bir xil boim agan tuproqlarda o ‘tkazilishi bilan b o g iiq . Ekish muddati ekish me’yorlariga ta ’sir k o ‘rsatadi. Ekish eng qulay m uddatlardan kechikkanda, ekish m e’yori oshiriladi. Kech ekilgan o ‘simliklarda tuplanish koeffitsiyenti kam, urug‘larning unib chiqishi sust, kuzgi-qishki noqulay sharoitlarga chidamliligi esa past b o iad i. Tor qatorlab, qatorlami kesishtirib ekish usullarida ekish me’yori 10 % oshiriladi. Begona o ‘tlar bilan zararlangan dalalarda ham ekish me’yori oshiriladi. Qalin ekilgan o ‘simliklar begona o ila rn i qisib q o ‘yadi. Ekish m e’yori gektariga kilogramm hisobida yoki unib chiqadigan u ru g iar soni bilan belgilanadi. Ekish me’yorini bir gektarga ekiladigan u ru g ia r soniga qarab aniqlash to ‘g‘ri b o ia d i. Bunda yirikligi har xil u ru g iar ekilganda ham o ‘simliklarning oziqlanish maydoni bir xil boiadi. H ozirgi p aytda 0 ‘zbekistonning sug‘oriladigan y erlarid a ekish me’yorlari gektariga 3,0-4,5; 6,0 mln/ga urug‘ hisobida tavsiya qilinmoqda. Kuzgi bug‘doyni ekish me’yorlari ham har bir mintaqa, xo'jalik, dala, nav uchun o ‘tmishdoshlar, o ‘g‘itlash, sug‘orish va boshqa omillar hisobga olingan holda aniqlanadi. Download 95.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling