Odam fiziologiyasi


organizm  nokulay  ta’sirotlarga  chidamli  b o ‘lib  qoladi;  3)  holdan  ketish


Download 5.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/70
Sana28.11.2017
Hajmi5.32 Mb.
#21120
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70

organizm  nokulay  ta’sirotlarga  chidamli  b o ‘lib  qoladi;  3)  holdan  ketish 

(истошение) 

fazasida 

buyrak 

usti 

bezlari 

glukokortikoidlarni 

yetarli 

miqdorda  chiqarmay  q o ‘yadi  (Selyening  fikricha,  glukokortikoidlar  himoya 

qiluychi,  adaptiv  gormonlardir),  natijada  organizmning  ahvoli  yomonlashadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Erkaklaming  jinsiy  bezlariga  bir  juft 

moyaklar  (urug‘don),  moyak 

ortig‘i,  prostata  bezi 

kiradi.  Moyaklar  ellipssim on  b o iib ,  vazni  katta 

odamda  20-36  g  b o ia d i.  Ularda  erkaklik  jinsiy  hujayralari-spermatozoidlar 

va  erkaklik  jinsiy  gormoni 

testesteron 



va 

androsteron 



ishlanib  chiqadi. 

Moyaklarning  bu  funksiyasi  o ‘smirlik  davrida  (12-15  yosh)  boshlanadi  va 

keksayish  davriga  qadar  davom  etadi.

A yollam ing  jinsiy  bezlariga  bir  juft 

tuxumdon 



kiradi.  Tuxumdonlar 

kichik  chanoq  b o ‘sh lig ‘ida  joylashgan  b o iib ,  katta  yoshli  ayollarda  ulam ing 

vazni  5-6  g  b o ia d i.  Tuxumdon  bachadonning  orqa  qismiga  yopishib  turadi. 

Tuxumdonda  jinsiy  gormonlar 

(progesteron,  esteron,  esterol,  estradiol) 



ishlab  chiqariladi.  Bu  gormonlar  bevosita  qonga  quyiladi.  Ular  qiz  bolaning 

o ‘smirlik  davridan  ishlab  chiqarila  boshlaydi  va  unda 

ikkilamchi, 



ya’ni 

ayollik  jinsiy  belgilari  hosil  b o iish in i  belgilaydi.

Jinsiy gormonlarning  fiziologik  ahamiyati



Jinsiy  gormonlaming  fiziologik  roli  jinsiy  funksiyalaming  bajarilishini 

ta’minlashdan  iborat.  B alog‘atga  yetish,  jinsiy  aloqa  qilish  va  nasl  qoldirish 

mumkin  boiad igan   rivojlanishi  uchun jinsiy  gormonlar  кегак.  Bu  gormonlar 

chiqishi 

tufayli 

ikkilamchi  jinsiy 

belgilar 

(ya’ni 

voyaga 

yetgan 

organizmning  jinsiy  faoliyatiga  bevosita  aloqador  b oim agan ,  ammo  erkak 

va  ayol  organizm laming  xarakterli  tafovutlari  hisoblanadigan  belgilar) 

rivojlanadi.  A yol  organizmida  jinsiy  gormonlar  jinsiy  sikllarning  paydo 

b o iish id a , 

homiladorlikning 

normal 

o ‘tishida 

va 

organizmning 

bola 

em izishiga  tayyorlanishida  katta  rol  o ‘ynaydi.

Jinsiy 

beziarni 

olib 

tashlash 

bichish,  yoki  axtalash 



deyiladi. 

Hayvonlargina  emas,  balki  odamlar  ham  ba’zi  kasalliklar  munosabati  bilan 

tibbiyot  k o ‘rsatmalariga  asosan  bichiladi  (axta  qilinadi).

Sharkdagi  bir  qancha  musulmon  mamlakatlarida,  yaqin  vaqtlargacha 

erkaklami,  o ‘g ‘il  bolalam i  haramlarda  g ‘ulom  qilib  ishlatish  uchun  bichib 

q o ‘yish  odati  bor  edi.  G ’arbiy  Ovrupoda  o ‘tgan  asr  o ‘rtalarigacha  Rim 

papasining  cherkov  xorida  ashula  aytadigan  bolalarda  yuqori  diskantni 

saqlash  uchun  ular  bichib  q o‘yilardi.

Bichish 

organizmda  jinsiy 

gormonlar 

hosil 

b o iish in i 

butunlay 

to ‘xtatamaydi.  Bichishdan  keyin  buyrak  usti  bezlarining  p o ‘stloq  qavatidan 

qon  va  siydikka  erkaklar  jinsiy  gormonlar  (androgcnlar)  va  ayollar  jinsiy 

gormonlar  (estrogenlar)  o ‘taveradi,  lekin  ularning  miqdori  jinsiy  bezlar 

boigandagiga  qaraganda  ancha  kam  chiqadi.  Jinsiy  gormonlar  yetishm asligi 

bir  qancha  xarakterli  o ‘zgarishlarga  olib  keladi.  Bola  balog‘atga  yetishdan 

ancha  oldin  bichilgan  b o is a ,  balog‘atga  yetish  to ‘xtaydi;  jinsiy  olat* 

prostota  bezi,  qin,  bachadon  yetilmay,  regressiyalanadi  (teskari  rivojlanadi), 

ikkilamchi  jinsiy  belgilar  taraqqiy  etmaydi.  Bola  balog‘atga  yetgandan  s o ‘ng 

bichilsa,  jinsiy  a’zolar  kamroq  regressiyalanadi,  ikkilamchi  jinsiy  belgilar

www.ziyouz.com kutubxonasi



esa  faqat  qisman  saqlanib  qoladi.  B alog‘atga  yetgan  organizm  bichilgach 

saqlanib  qolgan  ikkilamchi  jinsiy  belgilar 

mustaqil  jinsiy  belgilar 



deb 

ataladi.

Odam  skeletining  tuzilishi  mustaqil  jinsiy  belgidir,  chunki  balog‘atga 

yetgan  ayol  va  erkaklar  bichilgach  skeletning  jinsga  xos  belgilari  qolaveradi. 

Erkaklarda  soqol,  past  ovoz,  qorinnin  o ‘rta  ch izig ‘i  b o ‘ylab  k o ‘tariluvchi 

qov  juni,  ayollarda  sut  bezlarining  rivojlanganligi  mustaqil  jinsiy  belgilarga 

kiradi.  B alog‘atga  yetgan  erkak  va  ayollar  bichilgach,  bu  belgilar  butunlay 

y o ‘qolishgacha  regressiyalanadi.

Organizm  yoshligida  bichilsa, 

aseksual, 



y a ’ni  jinsga  mansub  b o ‘lmagan 

belgilar  paydo  b o ‘ladi.  Erkaklarda  k o ‘salik  (soqol  b o ‘lmasligi)  teri  osti  y o g ‘ 

kletchatkasining  ancha  rivojlanganligi,  qov  junining  gorizontal  chegarali 

ekanligi 

aseksual  beigilardan 



hisoblandi.  Bu  belgilar  faqat  bichilgan 

erkaklardagina  em as,  balki  normal  ayollarda  ham  b o ‘Iadi.

Aseksual  belgilar  deb  ataluvchi  bu  belgilarni  ayol  jinsining  ikkilamchi 

jinsiy  belgilarga  aralashtirib  yuborish  mumkin  emas;  aseksual  belgilar  jinsiy 

bezlar  ichki  sekretsiyasiga  b o g ‘liq  emas.  Odam  q o ‘l-o y o g ‘ining  naysimon 

suyaklar  to g ‘ay  zonalarining  kech  suyaklanishi  sababli  bu  suyaklarning 

me’yordagiga  nisbatan  uzunligi  ham  aseksual  belgilariga  kiradi.  0 ’sish  davri 

tugagandan  keyin  bichilgan  kishilarda  bu  belgi  b o ‘lmaydi,  lekin  g o ‘daklik 

davrida  bichilgan  kishilarda,  shuningdek  bolalik  davrida  jinsiy  gormonlar 

yetishmasligidan  kelib  chiqadigan  kasallik 

yevnuxoidizmda 



bu  belgi  yaqqol 

k o ‘rinadi.

M e’yorda  ikkala  jinssiz  organizmida  ikkala  jinsiy  gormon-erkak  va 

ayol 

gormonlari 

hosil 

b o ‘ladi. 

Tuxumdon 

va 

moyaklar 

funksiyasi 

buzilishining  odamda  uchraydigan  bir  turida  bu  gormonlarning  hosil  b o ‘lish 

nisbati  buziladi.  Bunday  buzilish 

interseksuallik 



deb  ataladi.  U  erkaklarda 

ayollarga  xos  ba’zi  xususiyatlar  (jinsiy  va  ruhiy  belgilar)  paydo  b o ‘lishidan, 

ayollarda  esa  erkaklarga  xos  ba’zi  belgilarning  hosil  boiish id an   iborat. 

Ozgina  interseksuallik  k o ‘proq  uchraydi  va  patologiya  deb  hisoblanmaydi. 

Keskin  interseksuallik  kam  uchraydi.

Germorfroditizm 



yanada  kam  uchraydi,  bunda  tananing  bir  tomonida 

moyak  (urug‘don)  va  ikkinchi  tomonida  tuxumdon  b o ia d i.

Odamning  androgenlarga  b o ig a n   ehtiyoji  bir  kecha-kunduz  davomida  5 

mg  ga  teng.  Erkaklarda  bir  kunda  siydik  bilan  3-10  mkg  androgenlar 

tashqariga  chiqariladi.

Jinsiy  bezlar  funksiyasining  boshqarilishi



Jinsiy  bezlarda  jinsiy  gormonlarning  hosil  b o iis h i  adenogipofizda 

sintez  b oiad igan   gonadotrop  gormonlari  tomonidan  boshqariladi.  Jinsiy 

bezlar  funksiyasini  refleks  y o i i   bilan  gipotalamo-gipofizar  tizimi  ham 

boshqaradi.  M aiu m k i,  m o ‘tadil  jinsiy  aloqa  uchun  markaziy  asab  tizimining 

ahamiyati  juda  katta.  Markaziy  asab  tizimining  funksiyalari  o^zgarganda,

www.ziyouz.com kutubxonasi



masalan,  qattiq  emotsional  holatda  (q o ‘rquv,  g ‘am,  anduh)  jinsiy  sikl 

o ‘zgarib,  hayz  jarayoni  to‘xtatiladi 

(psixogen  amenoreya).



Jinsiy 

bezlar 

faoliyatining 

boshqarilishida 

gipofizning 

oldingi 

b o ‘lagidan 

chiqadigan 

gonadotrop 

gormonlar 

muhim 

rol 

o ‘ynaydi. 

0 ’sayotgan  organizmga  gonadotrop  gormonlar  yuborish  jinsiy  bczlam ing 

cndokrin  funksiyasiga  turtki  beradi,  shu  tufayli  jinsiy  apparat  va  ikkilamchi 

jinsiy  belgilarning  rivojlanishi  tezlashadi  va  kuchayadi.

A denogipofiz  uchta  gonadotrop  gormon:  follikulani  rag‘batlantiruvchi, 

lyuteilashtiruvchi  va  prolaktin  chiqaradi.

1. 


Follikulani 

rag ‘batlantiruvchi 

gormon 

o ‘rgachi 

hayvon 

tuxumdonida  follikulalarning  rivojlanishi  va  Graaf  pufakchasiga  aylanishini, 

erkak  hayvonda  csa  urug‘dandagi  spermatogen 

(spermatozoidlar  hosil 

b o lish i)  ni,  shuningdek  prostata  bezining  rivojlanishini  tezlashtiradi.

Luteinlashtiruvchi  gormon 



urug‘donlar  bilan  tuxumdonlardagi  ichki 

sekretsiya  elementlarining  rivojlanishiga  turtki  beradi  va  shu  bilan  jinsiy 

gormonlar  (androgenlar)  ning  hosil  b o ‘lishini  tezlashtiradi, 

Tuxumdonda 

ovulyasiyaning  го‘у  berishi  va  yorilgan  Graaf  pufakchasi  o ‘mida  sariq  tana 

hosil  b o ‘lishi  luteinlashtiruvchi  gormonga  b o g ‘liq.  Sariq  lana  progesteron 

gormonini  ishlab  chiqaradi.

3. 

Gipofizning 

luteotrop  gormoni, 



yoki 

prolaktin 



sariq 

tanada 

progesteron  hosil  b o ‘lishiga  va  laktatsiyaga  turtki  beradi*

Epifiz  gormoni-melatonin  jinsiy  bezlarning  rivojlanishini  va  faolligini 

susaytirib,  gipofizga  nisbatan  qarama-qarshi  ta’sir  etadi.

Jismoniy  m ehnatda  ichki  sekretsiya  bezlarining  ahamiyati



Ma’lumki,  har  qanday  jismoniy  mehnat  (mushak  faoliyati,  jism oniy 

mashqlar  va  boshqalar)  natijasida  moddalar  almashinuvi  va  energiya 

sarflanishi  kuchayadi.  Jismoniy  mehnat  bajarishda  organizmning  funksional 

zaxiralari  ishga  solinadi.  Organizmda  sodir  b o ‘ladigan  fiziologik  jarayonlar, 

jumladan  markaziy  asab  faoliyati,  gumoral,  neyropeptid  va  gormonal 

boshqarish  mexanizmlari  me  yorga  nisbatan  kuchliroq  ishlaydi.  Markaziy 

asab  tizimida  ro‘y  beradigan  o ‘zgarishlar  vegetativ  asab  tizimi  orqali 

cndokrin  bezlarga  o ‘z  ta’sirini  yetkazadi.

Buyrak  usti  bezlari  funksiyasida jism oniy  ish  boshlanishi  bilan  simpatik 

asab  ta’sirida  buyrak  usti  bezining  m ag‘iz  qavatidan  adrenalin  gormonining 

ajralishi  kuchayadi  va  qonga  o ‘tib,  jigar  hamda  mushaklardagi  glikogen 

parchalanishini  tezlashtiradi.  Buning  natijasida  qonda  energiya  manbayi 

b o ‘lgan-glukoza  miqdori  ortadi.  Bajariladigan  jism oniy  mehnat  qanchalik 

o g ‘ir  va  shiddatli  b o ‘lsa,  qonda  adrenalin  gormoni  shunchalik.  k o ‘payadi. 

Bundan  tashqari,  adrenalin  jism oniy  mehnat  o g ‘irligiga  qarab  yurak-tomir 

ishini  kuchaytiradi,  nafas  a’zolari  faoliyatini  oshiradi,  markaziy  asab  tizimi 

va  p o ‘stlog4ining  q o ‘z g ‘aluvchanligini  oshiradi.

Buyrak 

usti 

bezlarning  p o ‘stloq  qavati  gormonlari  organizmning 

jism oniy 

mchnat 

bajarish 

uchun 

tayyorlaydi, 

mineralokortikoidlar 

va

www.ziyouz.com kutubxonasi



glukokortikoidlar  ajarilishi  kuchayadi.  Lekin  haddan  tashqari  uzoq  muddatli 

ishlar  oqibatida  glukokortikoidlar  ajralishi  kamaya  boradi.  Ular  organizm 

charchashdan  keyin  ish  qobiliyatining  tiklanishini  tezlashtiradi.  Uzoq 

muddatli  jismoniy  mehnatda  organizm  terlash  oqibatida  ко‘р  tuzlami 

yo‘qotadi.  Lekm  aldosteron  gormonining  ko‘p  miqdorda  ajralishi  natriyning 

siydikka  o‘tishini  kamaytiradi.

Adenogipofizning  adrenokortikotrop  (AKTG)  gormoni  buyrak  usti  bezi 

gormonlarining  ajralishini  kuchaytirib,  organizmni  og‘ir  jismoniy  ishga 

moslashtiradi.

Uzoq  muddatli  jismoniy  ishlarda  glukozaning  yetarli  miqdorda  saqlanib 

turishi  me’da  osti  bezining  gormoni-glukagon  orqali  ta’minlanadi.  Me’da 

osti  bezining  ikkinchi  gormoni-insulin,  hujayra  membranasining  glukoza  va 

aminokislotalarga  o‘tkazuvchanligini  oshiradi.  Jismoniy  ish  bajarishda  ish 

qobiliyatining  yuqori  darajada  ushlanishida  jinsiy  gormonlar  muhim  rol 

o‘ynaydi,  ular oqsil  sintezlanishini  kuchaytiradi.

Mushak  ishidan  keyin  funksiyalarning  tiklanishida  ham  ichki  sekretsiya 

bezliui  faol  ishtirok  etadi.  Masalan,  qalqonsimon  bez  gormoni-tiroksin, 

tiklanish  jarayonlarini  tezlashtiradi.  Me’da  osti  bezi  gormoni-insulin  esa, 

glikogen  sintezlanishini  kuchaytirish  bilan  jigar  va  mushaklarda  glikogenni 

zahira  bo‘lishini  kuchaytiradi,  ya’ni  Organizmning  energiya  manbaini 

oshiradi.

Nazorat  uchun  savollar

1.  Odam  organizmida  ichki  sekretsiya  bezlari 

qaysi  guruhlarga  bo‘linadi?

2.  lchki  sekretsiya  bezlarining  miqdori  qancha 

va  qaysilar  kiradi?

3.  Gormonlarning 

umumiy 


xususiyatlarini 

aytib  bering.

4.  Gormonlaming  fiziologik  ta’siri  nimadan  iborat?

5.  Gormonlar  ta’sirlanish  mexanizmlarini  belgilab  bering.

6.  Ichki  sekretsiya  bezlarning  fiziologik  ahamiyati  nimadan  iborat?

7.  Ichki  sekretsiya  bezlarining  funksiyalari  qanday  boshqariladi?

8.  Organizmda  gormonlaming  taqdiri  qanday  hal  bo‘ladi?

9.  Ichki  sekretsiya  bezlari  funksiyasini  o‘rganish  uchun  qaysi  usullar 

ishlatiladi?

10. 


Gipofizning  qaysi  bo‘laklarini  bilasiz?

11. 


Gipofizning  oldingi  bo‘lagida  qaysi  gormonlar  hosil  bo‘ladi?

12. 


Gipofizning  orqa  bo‘lagida  qaysi  gormonlar  hosil  bo‘ladi?

13. 


Somatotropin  gormonining  ahamiyati  nimadan  iborat?

14. 


Prolaktin  gormoni  qaysi  funksiyani  bajaradi?

15. 


Adenogipofiz trop gormonlarining fiziologik roli nimadan iborat?

www.ziyouz.com kutubxonasi



1.  Vazopressin  gormoni  nima  uchun  kerak?

2.  Odam  organizmida  oksitotsin  gormoni  nima  uchun  kerak?

3.  A denogipofiz  qanday  boshqariladi?

4.  Neyrogipofizda  qaysi  gormonlar  zahira  b o‘ladi?

5.  Epifizning  qaysi  gormonlarini  bilasiz?

6.  Qalqonsimon  bezi  tuzilish  xususiyatlari  nimadan  iborat?

7.  Qalqonsimon  bezda  qaysi  gormonlar  ishlab  chiqiladi?

8.  Tiroksin  va  triyodotronin  gormonlar  qayerda  va  qanday  sintez 

b o ‘ladi.

9.  Tiroksin  gormonning  fiziologik  ahamiyati  nimadan  iborat?

10. 

Tireokalsitonin  qaysi  funksiyasini  bajaradi?

11. 

Qalqonsimon  oldi  bezi  qaysi  gormonni  ishlab  chiqaradi?

12. 

Qalqonsimon  oldi  bezi  faoliyati  qanday  boshqariladi?

13. 

Ayrisimon  bczning  fiziologik  ahamiyati  nimadan  iborat?

14. 

M e’da 

osti 

bezning 

qaysi 

hujayralari 

endokrin 

funksiya 

bajaradi?

15. 

M e’da  osti  bezida  qaysi  gormonlar  hosil  b o‘ladi?

16. 

Odam  organizmi  uchun  insulin  qanday  rol  o ‘ynaydi?

17. 

Insulin  sekretsiyasi  qanday  boshqariladi?

18. 

Glukagonning  fiziologik  ahamiyati  nimadan  iborat?

19. 

Glukagon  sekretsiyasi  qanday  boshqariladi?

20. 

Buyrak  usti  bezlarning  o ‘ziga  xos  tuzilishini  belgilab  bering.

21. 

Buyrak  usti  m ag‘iz  qavatida  qaysi  gormonlar  ishlab  chiqariladi?

22. 

Buyrak 

usti 

p o ‘stloq 

qavatida 

qaysi 

goromonlar 

ishlab 

chiqariladi?

23. 

Mineralokortikoidlaming  fiziologik  ahamiyati  nimadan  iborat?

24. 

Glukokortikoidlarning  fiziologik  ahamiyati  nimadan  iborat?

25. 

Buyrak  usti  bezi  jinsiy  gormonlarining  fiziologik  ahamiyati 

nimadan  iborat?

26. 

Glukokortikoidlaming  hosil  b o ‘lish  mexanizmlarini  aytib  bering.

27. 

Mineralokortikoidlarning  hosil  b o ‘lish 

mexanizmlarini  aytib 

bering.

28. 

Adrenalin  va  noradrenalin  gormonlaming  fiziologik  ahamiyati 

nimadan  iborat?

29. 

Adrenalin  va  noraadrenalin  qanday  hosil  b o ‘ladi?

30. 

Erkaklik  jinsiy  bezlarda  qaysi  gormonlar  hosil  b o ‘ladi?

31. 

Ayollar  jinsiy  bezlarda  qaysi  gormonlar  hosil  b o‘ladi?

32. 

Jinsiy  bezlar  va  ular  gormonlarining  ahamiyati  nimadan  iborat?

33. 

Jinsiy  gormonlarning  hosil  b o iis h   mexanizmlarini  aytib  bering.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Tirik 

hujayralar, 

shuningdek 

k o ‘p 

hujayrali 

organizmlar 

uchun 

moddalar  almashinuvi,  qo‘zg‘aluvchanlik 



va  hayotning  rria’lum  davlarida 

esa 

o‘sish  va  ko‘payish  xususiyatlari 



xos  b o ia d i.  Bu  xususiyatlarning 

ba’zilari  (m etabolizm,  o ‘sish  va  k o ‘payish)  sitologiya,  biokimyo,  flziologiya 

va  hokazo  fanlari  tomonidan  k o ‘rib  chiqiladi,  qo‘z g ‘aluvchanlik  esa  bevosita 

fiziologik  tushuncha  hisoblanadi.

Hujayralarning 

qo‘zg‘aluvchanligi  (faolligi,  reaktivligi) 



bu  tashqi 

ta’sirlarga  u  yoki  bu  xildagi  faoliyat  tarzida,  masalan,  metabolizm  yoki 

o ‘sishning  kuchayishi,  b o ‘lishning  tezlashuvi,  ishlab  chiqarilgan  sekret 

(shiraning)  quyilishi,  harakatlanish,  elektrik  impuls  hosil 

qilish 

kabi 

javoblaming  berilish  xususiyati  (xossasi)  hisoblanadi.

Tirik 

hujayralar 

va 

k o ‘p 

hujayralari 

organizmlaming 

jonsiz 

moddalaming  passiv  reaktivligi  tubdan  farqlanadi.  Bu  farq  shundan  iboratki, 

hujayralardagi  reaksiyalar  uchun  kerak  b o ‘lgan  energiya,  tashqi  muhit  ta’siri 

evaziga  hosil  b o ‘lmay,  balki  tashqi  ta’sir  natijasida  yuzaga  chiqadigan 

hujayra  ichidagi  metabolitik  jarayonlar  evaziga  hosil  b o ‘ladi. 

Shuning 


uchun  hujayraning  energiyasi  (kuchi)  va  reaksiya  shakli  tashqi  ta ’sir 

energiyasi  (kuchi)  bilan  aniqlanmaydi. 



Qator  holatlarda  reaksiya  kuchi 

tashqi  kuch  ta’siriga  proporsional  b o ‘lishi  ham  mumkin,  lekin  doimo 

bunday  b o ‘lavermaydi.  Hujayraning  q o 4z g ‘alinishi  deganda,  k o ‘pincha  tashqi 

faoliyat  tarzida  uning  aniq  k o ‘zga  tashlanadigan  reaksiyasi:  hujayraning 

keskin  harakati  (masalan,  uning  qisqarishi),  elektrik  signalning  hosil 

b o ‘lishi, 

sekret 

(shiraning) 

quyilishi 

tushuniladi. 

Q o‘z g ‘alanish 

deb 

nomlangan 

tushuncha 

umumbiologik 

tushunchadir. 

Maxsus 

fizologik 

adabiyotlarda  q o ‘z g ‘alish  deganda  ba’zan  hujayraning  faol  elektrik  javobi 

(ta’sir  potensiali  nomi  bilan)  e ’tiborga  olinadi,  qisqarish  va  shira  ajratishni 

esa  elektrik  reaksiya  oqibati  sifatida  tushuniladi.

Shunday  qilib, 

qo‘zg‘alanish  qobiliyatiga  ega  bo‘lgan  hujayralar 

ya’ni,  mushak,  asab,  bez  hujayralari  qo‘zg‘aluvchan  hujayralar  deyiladi. 

Qo‘zg‘aluvchan  hujayralar  ya’ni,  qo‘zg‘aluvchanlik  qobiliyatini  namoyon 

qiluvchilarga  sensor  retseptor  elementlari-asab  uchlari  va  maxsus 

retseptor  hujayralar  ham  kiradi.  Bu  hujayralarning  qo‘zg‘aluvchanligi 

makroorganizmlarning 

reaktivligini 

ta ’minlaydi. 

Qo‘zg‘aluvchanlik 

ba’zan  bir  hujayrali  organizmlarda  ham kuzatiladi.


Download 5.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling