Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus


Download 0.77 Mb.
bet77/110
Sana21.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1367794
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110
Bog'liq
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]

8.1- §. Vodorod
Vodorodning tabiatda uchrasbi. Vodorod tabiatda erkin holda va birikmalar holida uchraydi. Erkin holda asosan, oz miqdorda at­ mosferaning yuqori qatlamlarida, vulkan gazlari, neft gazlari va boshqa tabiiy gazlar tarkibida bo'ladi. Vodorod birikmalar holida suv, turli minerallar va har xii organik birikmalar tarkibida uchraydi.Vodorod og'irlik jihatidan Yer po'stlog'ining I% ini tashkil qiladi; Yer po'stlog'i tarkibidagi barcha elementlar atomlari­ ni I 00% desak, uning 17 foizini vodorod atomlari tashkil qiladi. Vodorodning fizik xossaJari. Vodorod rangsiz, hidsiz va maza­ siz gaz bo'lib, uning atom og'irligi 1,008 ga, molekular og'irligi 2,016 ga teng. Vodorod havodan 14,5 marta yengil. 100 hajm suvda 2 hajm vodorod eriydi, vodorodning suyuqlikka aylanish tempera­
turasi - 259 ·c, qaynash harorati esa - 253 ·c. Vodorod boshqa
gazlarga qaraganda issiqlikni yaxshi o'tkazadi va qiyin suyuqlanadi. Vodorodoing kimyoviy xossalari. Vodorod o'zining yagona elektronini boshqa elementlarning atomlariga berib, musbat - bir
zaryadli ion hosil qiladi:
H0 - e ---+ H+
Demak, u birikmalarda - I va +I valentlik namoyon qiladi. Vo­ dorod molekulasi o'zaro mahkam bog'langan ikki vodorod ato­ midan tarkib topgan. Shuning uchun vodorod odatdagi sharoitda ancha inert bo'lib, yuqori temperaturada ko'pgina elementlar bi­ Ian birikadi. Vodorod odatdagi temperaturada faqat ftor va xlor bilan (yorug'lik ta'sirida) birikadi:
H 2 + Cl2 = 2HCI; H 2 + f2 = 2HF
Vodorod kislorodda yonadi. Vodorod-kislorod alangasining tem­ peraturasi 3000 ·c ga yetadi. lkki hajm vodorod bilan bir hajm
kislorod aralashmasi qa/diroq gaz deyiladi. Bunday aralashma alan­ gaga tutilganda kuchli portlaydi. Bunda quyidagicha reaksiya sodir bo'ladi:
2H 2 + 0 2 = 2H 20
Suyuqlantirilgan oltingugurt ustidan vodorod o'tkazilsa, vo­ dorod sulfid gazi hosil bo'ladi:
H 2 + S = H2S
Yuqori temperaturada vodorod ko'pchilik metall oksidlaridan kislorodni tortib olib, qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi. Masalan:
CuO + H2 = Cu + H20 ; PbO + H2 = Pb + H20
Mis (II) xlorid tuziga vodorod yuborsak, vodorod mis (II) xlorid tarkibidagi xlomi tortib oladi:
CuCl 2 + H2 = Cu + 2HCI
Vodoroclning bu xossasidan metallami birikrnalaridan ajratib olishda foydalaniladi.
Vodorod yuqori temperaturada ishqoriy va ishqoriy-yer metal­ lari bilan birikib, gidridlar hosil qiladi, masalan:
2Na + H2 = 2NaH - natriy gidrid Ca + H2 = Ca H2- kalsiy gidrid
lshqoriy va ishqoriy-yer metallarining gidridlari ionli gidridlar jumlasiga kiradi, chunki ular tarkibida manfiy zaryadlangan vo­ dorod ionlari bo'ladi, deb faraz qilinadi. Sunday gidridlar suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, erkin vodorod ajratib chiqaradi: NaH + H20 = NaOH + H2• Ca H 2 + 2H 20 = Ca(O H) 2 + 2H 2
Mis, xrom hamda VIII gruppa metallari o'zida vodorodni erita­ di, lekin vodorod bilan birikrna hosil qiJmaydi. Vodorod tarkibida qo'shbog' bo'lgan organik moddalar (etilen, atsetilen, benzol, diyen uglevodorodlar va benzol) bilan nikel katalizatori ishtiro­ kida birikish reaksiyasiga kirishadi. Vodorod atom holida (ya'ni,
«ajralib chiqish paytida») aktiv bo'ladi. Atomar vodorod, azot, fosfor, oltingugurt kabi elementlar bilan odatdagi temperatura­ dayoq birikadi. Molekula holidagi vodorodni reaksiyaga kiritishda molekulani atomlarga ajratish uchun ko'p issiqlik sarflash lozim:
H2 + 104 kkal 2H

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling