Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus


Download 0.77 Mb.
bet79/110
Sana21.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1367794
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110
Bog'liq
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]

Vodorodning ishlatilishi. Vodorod metil spirt olishda, suyuq­ lanish temperaturasi yuqori bo'lgan metallami oksidlaridan ajratib olishda, ammiak sintez qilishda, suyuq yog'lami qattiq yog'larga aylantirishda, ko'mimi gidrogenlab sun'iy yoqilg'i olishda, yuqori temperaturalar hosil qilishda, metallami qirqishda ishlatiladi.
8.2- §. Suv
Suv tabiatda eng ko'p tarqalgan murakkab modda. Uni vodorod­ ning oksidi deyish mumkin. Og'irlik jihatdan suvda 11,2% vodo­ rod va 88,8% kislorod bor. Okean, dengiz, daryo va ko'llar Yer po'stlog'ining 3/4 qismini tashkil qiladi.
Tabiiy suv hech qachon toza bo'lmaydi. Uning tarkibida qat­ tiq, suyuq va gazsimon moddalar erigan holda, shuningdek, suvda erimaydigan moddalar (loy va b.) muallaq holda bo'ladi.
Suvda erigan ba'zi moddalar suvga shifobaxsh xoosalar beradi, ba'zilari suvning mazasini, ba'zilari hidini yaxshilaydi. Ba'zi moddalar (mac;alan, osh tuzi, natriy sulfat va h.) tabiiy suvda shu qadar ko'pki, ko'I va dengizlar bu moddalaming koni hisoblanadi. Masalan, okean suvida 3,5% osh tuzi uchraydi. Tabiiy suvlar ichida eng tozasi yomg'ir suvi bo'lib, unda oz miqdorda ammoniy nitrat uchraydi; bu tuz momaqaldiroq vaqtida hosil bo'ladigan moddalardan kclib chiqadi.
Suv molekulasining tuzilishi. Suv molekulasi ikki atom vodo­ rod va bir atom kisloroddan tarkib topgan. Suv molekulasining
elektron formulasini ! shaklda tasvirlash mumkin. Vodorod va
O:H
kislorod atomlari orasidagi elektron juftlar kislorod atomiga ya­ qinroq, vodorod atomlaridan uzoqroq joylashgan. Binobarin, suv molekulasi asimmetrik tuzilgan bo'lib, unda musbat va manfiy zaryadlaming og'irlik markazlari bir nuqtada yotmaydi. Shu saba­ bli suv molekulasi qutbli molekula yok.i dipoldir. Suv moleku­ lasidagi musbat qutb boshqa molekulaning manfiy qutbiga tortili­
shi sababli ular o'zaro birlashib ( H2O) 3, (H 2O) 2, ( H2O)4 va hatto (H 2O )8 tarkibli polimer zarrachalar hosil qiladi. Bu hodisa suv­
ning assotsilanishi deyiladi. ( H 20 ) 3, ( H 20 )4 va (H 20 )8 tarkibli zarrachalar O •c ga yaqin temperaturalarda mavjud bo'lib, suv
qizdirilganda oddiyroq zarrachalarga parchalanadi. ( H 20 )2 tarkibli zarrachalar esa hatto qaynoq (100 ·c Ii) suvda ham, suv bug'i
tarkibida ham uchraydi. Suv molekulalarining polimerlanish jara­ yoni vodorod bog'lanish hosil bo'lishi bilan izohlanadi:

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling