2Pb(OH)2 + 20 3 = 2Pb0 2 + 2H 02
+ 20 2
Ozon kuchli oksidlovchidir. U platina bilan oltindan boshqa barcha metallami oksidlaydi. Fosfor, ski pidar ozonda yonib ketadi.Ozon ko'pgina bo'yoqlar rangini yo'qotadi. Toza holdagi ozon portlaydi. Agar ozon aralashgan havoga kaliy yodid eritmasi va kraxmal shirasi bilan ho'llangan filtr qog'oz qo'yilsa, qog'oz darhol ko'karadi, chunki yod hosil bo'ladi:
2Kl + H 2O + 0 3 = 1 2 + 2KOH + 0 2
Bu reaksiyadan foydalanib, havoda ozon bor-yo'qligi aniqla nadi. Laboratoriyada ozon bariy peroksidga sulfat kislota ta'sir et tirib olinadi:
3BaO 2 + 3H 2SO 4 = 3BaSO 4 + 3H 2O + 0 3
Sanoatda ozonator nomli asbob orqali kislorodga sust elektr razryad ta'sir ettirib, ozon hosil qilinadi.
10.3- §. Oltingugurt
Oltingugurtning tabiatda uchrashi. Oltingugurt tabiatda erkin holatda «tug'ma» oltingugurt deb ataladigan oltingugurt holida va har xii metallaming sulfid va sulfat birikmalari tarkibiga kirgan holda uchraydi. Chet mamlakatlarda oltingugurtning eng katta konlari AQSHda, ltaliyada, Sitsiliyada va Yaponiyada, shuningdek, Kuybishev viloyatida (Volga bo'yida), Kavkazda, Kamchatkada, Turkmanistonda (Qoraqum koni); O'zbekistonda,
Qrimdadir. Metallarning sulfidlari: FeS2- temir kolchedani, ZnS - aldama rux, PbS - qo'rg'oshin yaltirog'i, HgS -
kinovar, Cu2S - mis yaltirog'i, CuFeS 2 - mis kolchedani tabiatda keng tarqalgan. Oltingugurt tabiatda sulfat kislota tuzlari: CaSO 4 • 2H 2O - kalsiy sulfat (gips), MgSO 4 • 7H 2O - magniy sulfat, Na 2SO4 • IOH 2O - natriy sulfat (Glauber tuzi) holida
ham ko'p uchraydi. Oltingugurt okean va dengiz suvlarida, o'simlik va hayvon organizmidagi oqsil tarkibida ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |