Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi namangan dаvlаt univеrsitеti musiqa ta’limi va madaniyat fakulteti musiqa ta’limi kafedrasi


Download 1.44 Mb.
bet3/22
Sana14.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1458668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
O’qitish metodikasi - bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-pedagogik materiallardan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy dars va amaliy mash\ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir.
Bilim- bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqqan bog’liqlikdir. Uni qonuniyat deb ham yuritiladi. CHunki bu zaruriy bog’liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqib, bizning ixtiyorimizdan tashqari o’zi mavjud. Uni o’zgartirib bo’lmaydi. Bilim kishidan kishiga ma’lumot (axborot) orqali o’tadi.
AMALIY MASHG’ULOTLAR ISHLANMALARI
Amaliy (6 semestr)



Mashg’ulot turi

Mavzular

soati

Guruh

sanasi

imzo

1

amaliy

Musiqa madaniyati o`qituvchisining pedagogik mahorati.

2

А
Б
S









2

amaliy

Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni Sinkveyn (axborotni yig’ish).

2

А
Б
S







3

amaliy

Musiqa madaniyati darslarini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish muammolari

2

A
B
S







4

amaliy

Musiqani qabul etish

2

A
B
S







5

amaliy

Innovatsion texnologiyalar yordamida musiqiy ta’lim samaradorligini oshirish Zig-zag

2

A
B
S







6

amaliy

Musiqada ijodiy jarayonni tashkil etish muammolari



2

A
B
S







7

Amaliy

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida darsdan tashqari musiqiy mashg’ulotlarni tashkil etish (intervyu texnologiyasi) rolli o’yinlar.






A
B
S
















14 s










AMALIY MASHG’ULOT ISHLANMASI
VI SEMESTR 12 soat
1- amaliy mashg’ulot: MAVZU: “Musiqa madaniyati o’qituvchisining pedagogik mahorati
Darsning maqsadi: Musiqa madaniyati darslariga tayyorgarlik ko’rish muammolari.
Darsning jihozi: ma’ruza matni, videoproektor, kompyuter, slayd, dars ishlanma, test O’quvchilarni musiqiy ta’limni o’rganishida yangi pedagogik texnologiyalarning asosiy jarayonlari, muloqot jarayonini tashkil etish.
3. Darsning borishi: Darsda muloqotni tashkil etish. Musiqa madaniyati darslariga tayyorgarlik ko’rish muammolari.
4. Xulosa
Tayanch iboralar
1. Emotsiya -(frants “emotion” lotincha yemoveo larzaga keltiraman hayajonlantiraman)-odam va xayvonlarning tashqi va ichki qo’zg’atuvchilar ta’siriga nisbatan sub’ektivreaktsiyalari. Emotsiya qoniqish yoki qoniqmaslik quvonch, qo’rquv va boshqa shakllarda namoyon bo’ladi. Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol xolatidan iborat bo’lib, odam va hayvonlarda bu holatni minemal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. Emotsiya xususiyati zarur extiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam bo’lganida emotsiya salbiy bo’ladi.
2. Musiqa- inson hissiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, o’quvchilarning nafosat olamiga olib kirish va ahloqiy-g’oyaviy tarbiyalashning muhim vositasidir.
3. Qobiliyatlar-shaxsdagi shunday individual turg’un sifatlarni ulur yordamining turli xil faoliyatdagi ko’rsatkichlari, yutuqlarini ta’minlaydi va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.
Mamlakatimiz keyingi yo’llarda ta’lim-tarbiya sohasini zamonaviy talablar darajasida ko’tarish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, ta’limni isloh qilish davlatimiz siyosatining ustivor sohasi deb e’lon qilingan. Bu avvalo, tayyorlanayotgan Pedagogik kadrlarning bilim va malakasiga, dunyoqarashi va yuksak ma’naviyatiga ham bog’liqdir. Bu bilan ularning musiqa darslarini sifatli tarzda o’tishlariga omil bo’ladi.
Musiqa darsining sermazmun va qiziqarli tashkil etish o’qituvchidan pedagogik mahorat, ijodiy faollik hamda professionallik talab etadi. O’qituvchilar musiqa darsida hamda sinfdan tashqari tadbirlarda musiqiy saboqning berishda yangi pedagogik texnologiyaning sirlarini qo’llashlari va tarbiyaviy ishlarni ham olib borishlari lozim.
Bo’lajak musiqa o’qituvchilariga qo’yilgan talablardan eng muhimi mustaqil tarzda bajariladigan topshiriqlarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish ham o’qituvchiga ham o’quvchiga qmzmqarli tarzda kechadi, chunki, bunday darslarda o’qituvchi bemalol DVD, DSD va kompyuterda foydalangan holda darsni olib boradi. O’quvchi esa bundan zavq olgan holda darsga ishtirok etadi. Bundan tashqari o’qituvchi ba’zi musiqiy elementlarni kompyuterda o’zlashtirishni o’quvchiga topshiriq sifatida berganda bola jonu-dili bilna ushbu vazifani amalga oshiradi .
Ushbu holatda ikita jarayon, ya’ni, talabaning kompyuterni to’la-to’kis o’zlashtirishi hamda darsga texnik holatda yondoshishi kuzatiladi.
Pedagogik texnologiya- bu ta’lim shakllarini optimallashtiri maqsadida texnik vositalar inson salohiyati hamda ularning o’zaro ta’sirini inobatga olib o’qitish va bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo’llashni tuzilish metodidir. Pedagogik texnologiya bir necha turlarga bo’linishi mumkin:

  • umumipedagogik texnologiya;

  • hususiy predmetli texnologiya(masalan, musiqa o’qitish texnologiyasi);

  • mahalliy pedagogik texnologiya;

Pedagogik texnologiya-bu jarayonlar, vositalar, uslublar majmuasida iborat bo’lib, u yoshlarda avvaldan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish uchun Pedagogik ta’sir etishning maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.
Musiqa darsi o’qitishning zamonaviy pedagogik usullariga doir ko’plab qo’llanmalar ham mavjud, bunday uslublarning ilg’or musiqa muallimlarining o’zlari kashf qilganlar va ular yaxshi samara bermoqda.
Inson hayotiga va faoliyatiga musiqa va estetik madaniyatni olib kirish, uning ruhini tetiklashtirish, yuksaltirish, ijodkorlikka ilhomlantirish- mustaqil ta’lim jarayonini amalga oshirishda estetik tarbiyani kuchaytiradi.
Musiqa va estetik madaniyat egiz tushuncha ekanini bir necha marotaba takrorlab o’tdik, bunday holatni tushuntirish, shakllantirish va hal etish insonning chaqaloqlik davridan boshlanadi, umrining oxirigacha davom etadigan tarbiya jarayonidir.
O’zbek tiliga Davlat maqomi berilishining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy- ma’rifiy xalqlarimizning milliy ongi, milliy g’ururining o’sishida ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashni tilashida ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Mustaqil ta’limda ham milliy qadriyatlarga tayangan holda musiqa ifodalarini va ijrochilik mahoratlarini o’rgatish juda muhimdir. Musiqa o’qituvchisi har bir darsida milliy tarbiya tizimini yoshlar ongiga singdirib, ularda axloqiy sifatlarni ham tarkib toptirishi zarur.
Tarbiya topgan bolagina o’qituvchining bergan topshirig’ini o’z o’rnida bajaradi. O’quvchilar bilan mustaqil ishlashda ularning musiqiy ijrosini shakllntirish muhim ahamiyatga ega. Musiqiy ijrosi barcha faoliyatlar amaliyotida yetakchi hususiyatga ega ekanligini davlat ta’limi standartida ham alohida kshrsatib o’tilgan. SHu jihatdan olib qaralganda ta’lim jarayonini musiqiy idrok etishda yangi pedagogik texnologiyalarga tayanish, yoshlarning musiqiy qobiliyatlarini shakllanishiga ta’sir etuvchi bir qancha omillarni kelib chiqqan holda tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik ta’limda o’quvchiga beriladigan mustaqil topshiriq orqali musiqali harakatlar, cholg’uchilik ijodlarning faoliyatini amalga oshirishda o’yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi.
Musiqa shunday ajoyib san’atki, uning uchun hech qanday til to’sig’i yo’q, tarjimonga muhtoj emas. Musiqa shunday ajoyib shifobaxsh fazilatlarga egaki, buni o’z navbatida Abu Nasr Muhammad al – Farobiy, Abu Ali ibn Sino kabi ulug’ daholar o’z asarlarida ta’riflab berganlar.
Demak musiqa shunday qudratga ega ekanki, insonni hatto sehrlab qo’yar ekan. Xo’sh ana shunday sehrli kuylar, navolar taralayotgan sozlar qaerdan paydo bo’ldi, ularning ustalari kimlar? Bizlar o’shalar haqida o’ylashimiz lozim, ularning mehnatlarini qadrlashimiz kerak.
Bu omillarning pedagogik ahamiyati uning o’ziga xos xususiyatlari va holatlarini hisobga olish milliy qadriyatlarimizni orttiradi, an’analar tizimini o’rganishda yoshlar o’rtasida muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbeklar bolajon xalq bo’lganligi bois ham u kimning farzandi bo’lishidan qat’iy nazar hamisha tartibga chaqiradi hamda nasihat qiladi.
Jannatmakon yurtimizda yashab faoliyat ko’rsatayotgan mehnatkash, halol, iymon-insofli, diyonatli kishilarimiz qalbida yosh avlodga bo’lgan mehr-muhabbat bisyordir. Har bir insonning yuragida o’z mehnatiga yarasha qadr topish shu bilan birga istiqomat qilayotgan yurt ravnaqining natijalarini ko’rish yotadi. Buning uchun esa milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, keyingi avlodga yetkazish hamda mustaqil Vatanimizni sevib qadrlashi lozim.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy- ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy modeli”ni ro’yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy, huquqiy, siyosiy, psixologik, Pedagogik va boshlovchiqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his eta oladigan yoshlarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Ruchka stol o’rtasida” metodi.
Butun guruhda topshiriq beriladi (masalan, qandli diabet simptomlari; betablokatorlar guruhida kiradigan preparatlar; yurak ishemiya kasalligi paydo bo’lish xavfini soladigan omillar birma-bir ko’rsatib o’tilsin). Har bir talaba bitta javob variantini bir varaq qog’ozga yozib uni qo’shnisiga beradi, o’z ruchkasini esa, stolning o’rtasiga surib qo’yadi.
O.A.Araksina o’zining «Maktabda musiqa tarbiyasi metodikasi» kitobida shunday yozadi: «1- sinfda birinchi dars katta ahamiyatga ega, chunki ilk taassurotlar kuchlidir» . Bizning amaliyotimizda bu fikr bir necha bor tasdiqlandi. SHuning uchun birinchi darsda qo’llaniladigan ko’p ovozli kuylashga o’rgatish uslubini chuqur o’ylashga to’g’ri keladi. ko’p ovozli kuylash malakalarini shakllantirish jarayonida tayanch nuqtalarinn belgilab, butun o’qitish jarayonini unga bo’ysundirish muhimdir. Bunda darsning bosh vazifasini – o’quvchilarni ko’p ovozlilikka qiziqtirish, ular uchunqiyin bo’lmagan musiqaviy-ijodiy faoliyatga jalb qilishni unutmaslik kerak. Masalan, birnnchi sinf ÿquvchilari bajonidil doira, nog’ora, karnay hamda boshqa zarbli va ‘uflab chalinadigan milliy cholg’u asboblari usullariga taqlid qiladilar. Bunday ritmo-ostinat mashq-qo’shiqlar xorning jo’r bo’luvchi ovozlar guruhida «bum, ba-ka-bak», «trak ta-ka tum, tum», «g’a-ta, g’a-ta-g’u» kabi xalqda keng tarqalgan tovush-taqlidlarda kvarta, kvinta, sekunda intervallari harakatida ijro etiladi. Bu ‘artiyaning vokal-intonatsional turg’unligiga ko’’ jihatdan yetakchi ovozlar kuyi va boshqa xor guruhida ladning asosiy tovushlarida «zuv» bo’g’inida sadolanuvchi organ ‘unkti yordam bsradi. Uchta ‘artiyaning hammasi ko’p ovozli xor sadolanishida bir-birini to’ldiradi. Ritmo-ostinatli va ostinat-fonli ko’p ovozli shakllarni o’zlashtirishdagi birinchi qadamlari muayyan qiyinchiliklar tug’diradi. Umumiy xor sozining uyg’unlashuviga bolalarning jamoa bÿlib ijro etish tajribalari (ayniqsa, bog’chaga bormagan bolalarning yÿqligi xalaqit beradi. Bolalar ochiq, baqiroq tovushlarda, jumlalarni oxiriga yetkazmay, sÿzlarni noaniq kuylaydilar.
Ularning kuylashi she’riy matnning har bir bÿg’inini alohida ta’kidlovchi deklamatsiyaga ÿxshab ketadi. Lekin xor ‘artiyalarining ritmo-ostiantli usul va organ ‘unktli kuylovchi tovush balandligi jihatidan aniq jaranglay boshlaydi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling