Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


 Yarmarka va ko’rgazmalarning tashkil etilishi


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana20.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1037994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-6 iqt im-20 N.Hojiyev-Birjalarning iqtisodiy mohiyati

3. Yarmarka va ko’rgazmalarning tashkil etilishi 
Zamonaviy marketingda ko’rgazma va yarmarkalarning o’rni juda katta. 
Xaridor uchun ko’rgazmalar tashkil qilinganida, agar unda shou-dasturlar, 
viktorinalar va lotoreya o’yinlari tashkil qilinsa yanada taassurotni kuchli 
qoldiradi. Ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish mehmonxona uchun 
marketing kommunikasiyalarini yanada mustahkamlaydi, reklama, shaxsiy sotuv, 
jamoatchilik bilan aloqalar qay darajada ekanligini aniqlashga yordam beradi. 
Yarmarka va ko’rgazmalarga tashrif buyurganingizda juda qiziq holatga 
duch kelasiz: chiroyli ko’rgazmalar, bashang kiyingan omma, rang-barang 
bukletlar bularga qarab, ish yuzasidan tashrif buyurganigiz bir dam yodingizdan 
ko’tariladi. 
Tarixda yarmarkalar deganda doimiy o’tkaziladigan keng miqyosidagi 
tadbirlar tushinilgan. Yarmarkalar doimiy kelishilgan joyda, an’anaviy tarzda 
tashkil qilinadigan bozorlar, mavsumiy arzonlashtirilgan tovarlar bilan ajralib 
turadi. 


Yarmarkalar va ko’rgazmalarning ilk ko’rinishlari XII asrning birinchi 
yarmida paydo bo’la boshlagan. Bu vaqtda yarmarkalar Fransiyada, Angliyada, 
Shvedsariyada, Rim imperiyalarida keng miqyosda tarqalgan. Bu vaqtgacha yirik 
yarmarkalar Yaqin Sharqda, diniy bayramlar vaqtida shaharlarning markazlarida 
o’tkazilgan. 
XIX asrda bu faoliyat ancha faollashdi. Shu yillar butun dunyo miqyosida 
yarmarkalar va ko’rgazmalar o’tkazila boshlandi. Ulardan eng birinchisi 1851 yil 
Londonda o’tkazildi. 
Ko’rgazma. Xalqaro ko’rgazmalar byurosi ko’rgazmani ko’rsatish, 
demonstrasiya qilish yo’li bilan insonlar ehtiyojini qondirib yoki ularning 
kelajakdagi ehtiyojlarini aniqlab, o’z faoliyatini namoyish qilishdir. 
Yarmarka. Xalqaro yarmarkalar birlashmasining aniqlashicha, yarmarka bu 
–iqtisodiy ko’rgazmalar namunasi bo’lib, oldindan kelishilgan vaqtda, ma’lum bir 
chegaralangan va kelishilgan joyda, o’sha mamlakatning an’analariga zid 
kelmagan, o’zida o’lkan bozorlarning mahsulotlarini qamrab oladigan
eksponentlarga o’z mahsulotlarining namunalarini ko’rsatishga ruxsat beriladigan 
va har xil shartnomalar imzolanadigan, milliy va xalqaro miqyosda o’tkaziladigan 
tadbirlar tushuniladi. 
Hozirgi kunda o’tkaziladigan yarmarka va ko’rgazmalarning soni bo’yicha 
G’arbiy Yevropa yetakchilik qilmoqda. Yevropa ittifoqining har oltinchi fuqarosi 
har yili ko’rgazma va yarmarkalarga tashrif buyurishadi. Eng ko’p ko’rgazma va 
yarmarkalar o’tkaziladigan davlat esa Germaniya davlati hisoblanadi. Bu 
mamlakatning ko’rgazma uchun maydoni taxminan 2 mln. m

atrofida, bu joy 
yiliga 80 ming eksponent va 7 mln. tashrif buyuruvchilarni sig’dira oladi. 
Ko’rsatilgan maydon chorak qismi Hannoverga (489900 m
2
) to’g’ri keladi. 
Germaniyadan tashqari, yarmarka va ko’rgazmalarni o’tkazishda Fransiya, Italiya, 
Buyuk Britaniya, Ispaniya, Belgiya va boshqalar muhim rol o’ynaydi.
AQSh va Kanadada ham xuddi Yevropadek, yarmarka va ko’rgazmalar 
faoliyati keng tus olgan. Janubiy-Sharqiy Osiyo ham ko’rgazma va yarmarkalar 
o’tkazish bo’yicha odim rivojlanmoqda. 
Ko’rgazma tadbirlari qatnashchilar tarkibiga ko’ra xalqaro, mintaqalar 
bo’yicha va milliy ko’rgazmalarga bo’linadi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling