Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


partiyadagi tovarlar yuzasidan olib boriladi va ular savdodan so’ng tezda bir


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana20.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1037994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-6 iqt im-20 N.Hojiyev-Birjalarning iqtisodiy mohiyati


partiyadagi tovarlar yuzasidan olib boriladi va ular savdodan so’ng tezda bir 
quldan ikkinchi qulga o’tadi, mulk egasining o’zgarishi bilan bog’liq hujjatlarni 
rasmiylashtirishga xojat qolmaydi, tovar bahosi talab va taklif o’rtasidagi nisbat 
asosida shakllanadi, tovarni xarid kiluvchi odatda uning iste’molchisi hisoblanadi, 
lokal bozorlar odatda kichik xududlarga xizmat ko’rsatadi. 
Birja savdosi o’zida oddiy bozor savdosini hamda yarmarka savdosini 
mujassamlashtirgan, u sotuvchilar tomonidan aynan savdo jarayonini 
osonlashtirish uchun, savdoning tashkil etilgan va buning natijasida ham 
savdogarlarning, ham xaridorlarning manfaatlarini himoya qilishga erishiladi. 
Shunday kilib, birja faoliyati foyda olish maqsadida tashkil etiladigan tijorat 
faoliyatining mustaqil shakli bo’lib, quyidagi xususiyatlarga ega: 

mahsulot ishlab chiqiladigan va iste’mol qilinadigan joylarda, ya’ni yirik 
sanoat va savdo markazlarida jamlanadi; 

birja tovarlari deb nomlanadigan spesifik tovarlar bilan katta partiyalarda 
savdo qiladi; 

namunadagi tovarlar mavjud bo’lmagan sharoitda ham joriy va kelajak 
uchun shartnomalar tuziladi; 

doimiy ravishda o’tkazib turiladi, talab va taklifning, sotuvchi va 
xaridorlarning jamlanishini (konsetrasiya) zamon va makonda hisobga olib 
boradi;

savdolar oshkara o’tkaziladi, ya’ni tuzilgan shartnomalarning hajmi va 
bahosi haqida shakllanayotgan baholar haqida xohlagan kishi axborot olishi 
mumkin; 

baholarning erkni shkallanishi bilan xarakterlanadi; ya’ni baholar talab va 
taklif o’rtasidagi nisbat asosida shakllanadi, ular doimiy emas va bozorning 
o’zgaruvchi kon’yukturasida tezda javob beradi; 

birja savdolari ishlab chiqaruvchi va iste’molchi nomidan savdo olib 
boradigan birja vositachilari orqali olib boriladi; 

birja savdosi jarayoniga davlatning bevosita aralashuvi mavjud bo’lmaydi; 

tarixan tarkib topgan va qonun yo’li bilan mustahkamlangan qoidalar 
asosida savdo olib boradi. 
Birja ishlab chiqarish, savdo, savdo-vositachilik faoliyatini bevosita amalga 
oshirishi, shuningdek boshqa yuridik shaxslarning muassisi (aksiyadori) bo’lishi 
mumkin emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Birja xodimlariga brokerlik o’rinlarini sotib olish, shuningdek xizmat 
axborotidan xizmat vazifalarini bajarish bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlarda 
foydalanish taqiqlanadi. 
Birjada: 



birja axborotnomasiga kiritilmagan tovarlarni birja savdolarida sotishga; 

birja savdolari ishtirokchilarining birjadagi joriy narxlar o’zgarishi yoki 
qat’iy qilib qo’yilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan har qanday kelishilgan 
xatti-harakatlar sodir etishiga; 

bozor kon’yunkturasini sun’iy ravishda o’zgartirishga sababchi bo’lishi 
mumkin bo’lgan yolg’on ma’lumotlarni tarqatishga; 

birja a’zolari o’rtasida tuzilgan birja bitimlarini birja savdolarini 
o’tkazmasdan turib ro’yxatga olishga yo’l qo’yilmaydi. 
O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan “Birjalar va 
birja faoliyati to’g’risida”gi qonuniga muvofiq birja savdolari va qoidalari bo’yicha 
quyidagi me’yorlar o’rnatilgan. 
Birja savdolari birja tomonidan, birja savdosi qoidalariga muvofiq tashkil 
etiladigan birja tovarining savdosi. 
Birja savdolari birjada markazlashtirilgan tarzda va ushbu savdolarda 
birjaning barcha a’zolariga bir vaqtda ishtirok etish imkoniyati berilgan holda 
o’tkaziladi. Birja savdosi qoidalarida quyidagilar ko’rsatilishi kerak: 

birjada amalga oshiriladigan birja bitimlarining turlari; 

birja bitimlari ishtirokchilarining tarkibi va ularga qo’yiladigan talablar 
yig’indisi; 

birja savdolarini, birja bitimlarini amalga oshirish va ularning natijalarini 
ro’yxatga olish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi; 

birja tovarlari narxini chiqarish tartibi; 

tovarlarni birja savdolariga qo’yishga ijozat berish tartibi (listing); 

birja bitimlari ishtirokchilari o’rtasidagi hisob-kitoblar tartibi; 

birja savdosida muomalada bo’ladigan standart kontraktlar tavsifi; 

agar savdo maydonchalari yoki bo’linmalari birja tomonidan tashkil etilgan 
bo’lsa, ularning ro’yxati va nomlari; 

birja savdolarini o’tkazish tartibi; 

birja a’zolariga axborot xizmati ko’rsatish tartibi; 

birjadagi narxni shakllantirish jarayoni ustidan nazorat qilish tartibi; 

birjada nizolarni hal etish tartibi; 

birja a’zolari va xodimlarining birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun 
javobgarligi to’g’risidagi qoidalar; 

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar. 
Birja savdosi qoidalarini ishlab chiqish va qabul qilish tartibi birja ustavida 
belgilanadi
1

Birja savdolarini tashkil etish va o’tkazishda birja bitimlarini tuzish hamda 
amalga oshirish muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Birja tomonidan ro’yxatga 
olingan birja tovari xususida birja savdosining birjada qayd etilgan natijasi 
1
Ўзбекистон Республикасининг “Биржалар ва биржа фаолияти тўғрисида”ги қонуни, 20-21 моддалар. 


bo’yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi birja bitimi hisoblanadi. 
Birjada ro’yxatga olingan bitimlar notarial tasdiqlanmaydi, qonunlarda 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Birja bitimlari birja nomidan va hisobidan amalga oshirilishi mumkin emas. 
Birjada birja tovarlari oldi-sotdi bitimlari, shu jumladan: 

real tovarni o’zgaga topshirish yoki yetkazib berish yoxud tovarga mulk 
huquqini beruvchi hujjatlarni o’zgaga topshirish bilan bog’liq bitimlar; 

forvard bitimlar real tovarni yetkazib berish muddati kechiktirilgan holdagi 
oldi-sotdi bitimlari; 

fyuchers bitimlari tovarlarga doir standart kontraktlarning oldi-sotdi 
bitimlari (ularni kelgusida ijro etish majburiyatini olgan holda); 

opsion bitimlar tovarlarni yoki tovarlar yetkazib berish kontraktlarini 
belgilangan narx bo’yicha kelgusida sotib olish yoki sotish huquqlariga doir 
oldi-sotdi bitimlari tuzilishi mumkin. 
Birja bitimining mazmuni (tovarning nomi, miqdori, narxi, bitim tuzilgan 
sana va vaqt hamda uni tuzgan birja a’zolarining nomi bundan mustasno) oshkor 
qilinishi mumkin emas. Birja bitimining mazmuniga doir ma’lumot sudlarga, 
qo’zg’atilgan jinoyat ishi mavjud bo’lgan taqdirda esa surishtiruv va tergov 
organlariga taqdim etiladi.
Birja a’zolari birja bitimlarining ishtirokchilari hisoblanadilar. Birja a’zolari 
(brokerlar) mijozlarning topshirig’iga binoan, shuningdek o’z nomlaridan va o’z 
hisoblaridan (dilerlar) bitimlar tuzishlari mumkin. Birja a’zolari o’rtasidagi birja 
bitimlari birja savdolarining natijalariga ko’ra tuziladi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling