Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


 Birja savdosidagi vositachilar va ularning vositachilik xizmatlari


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana20.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1037994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-6 iqt im-20 N.Hojiyev-Birjalarning iqtisodiy mohiyati

5. Birja savdosidagi vositachilar va ularning vositachilik xizmatlari 
Birja faoliyatini amalga oshiradigan asosiy faoliyat bu - birja va brokerlik 
idoralaridir. Bular odatda, keng doiradagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan 
iboratdir. Avvalo ular savdo bitimini tuzish, ulgurji savdoni tashkil etish va 
amalga oshirish bo’yicha juda ko’p xildagi vositachilik xizmatlarini bajarishdan 
iborat demakdir. Ular odatda, katta hajmda nashriyotchilik faoliyatini olib 
boradilar. Birgina byuletenlari, qo’llanmalar, korpativ xujjatlar va boshqalarni 
chiqaradi, yuqoridagilardan tashqari, ular turli xil tovarlar, baholar bozori, 
kelgusida iste’mol mollariga bo’ladigan talab va takliflarni bashorat qilish, uni 
o’zgarish xolatlari to’g’risidagi axborotlarni to’playdilar va o’rganib chiqadilar va 
shunga qarab o’z faoliyatlarini yurgaizshga xarakat qiladilar. Birjalar keng doirada 
konsultasiya, xar-xil kerakli maslaxatlar berish va shu kabi boshqa xizmat turlarini 
ham bajaradilar. Ular bilan yaxshi va doimiy munosabatlarni saqlab turish 
maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham ko’pgina korxonalar birjalar bilan 
ma’lum xil yo’nalishidagi kerakli va xar bir korxonani birjani faoliyati uchun 
muhim ahamiyat kasb etadigan shartnomalar tuzadilar yoki tuzishlari ham 
mumkin. 
Birjalar va brokerlik idoralarini faoliyati faqat shular bilan kanoatlanib 
qolmaydi. Ulardan tashqari ular ko’pgina mahsulot ishlab chiqarish, xar-xil to’qri 
keladigan ishlar va xizmatlarni bajarish soxasida juda ko’p turdagi faoliyat bilan 
shug’ullana oladilar, qo’shma korxonalar yaratdilar. Sug’urta, moliya-kredit va 
kommersiya operasiyalarini bajaradilar. Ko’p xollarda birja va brokerlik idoralari 
ko’p qirrali jamiyatni amalga oshiruvchi tashkilotdir. 
Shuningdek birjalar, o’zida sotiladigan tovarlar ro’yxatini aniqlanishi, 
Xususiy birja standartlarini o’xshash birja kontraktlarini ishlab chiqishi, birjadagi 
talashuv-tortishuv (kelishmovchiliklar) bo’yicha qarorlar qabul qilishi, vaqtincha 
savdoni to’xtatib qo’yishi, o’z xizmati uchun to’lovlar belgilashi, ustavni va savdo 
qoidasini, shunga o’xshashlarni buzganligi uchun seksiyalar yuklashi mumkin. 


Ammo xar bir birja shu va boshqa masalalarni o’zi xal etishi mumkin. Demak, turli 
xil birjalardagi qoida va talablar bir xil emas. Birja va ularda amal qilayotgan 
brokerlik idoralari mustaqil xuquqiy shaxs hisoblanadilar. Ular o’z faoliyatlarida 
uzviy bog’liqdir, lekin bir-birlarining majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar. 
Brokerlar birjaning savdo zalida odatda savdo boshlanishidan yarim soat 
ilgari yig’iladilar. Ularning qo’llarida taklif sotilayotgan tovarlar ro’yxatining 
bahosi, miqdori, brokerlik idorasining tartibi: joylashgan yeri, hisoblash usullari va 
tovarni yetkazib berish muddatlari ko’rsatilgan ma’lumotlar varaqasi bo’ladi. Uch 
marta bong urilishi savdoni xar bir tovar seksiyasida boshlanganini xabar qiladi. 
Birja savdosi ochiq ovoz bilan takliflarga aniq to’g’ri deb javob berishi bilan 
bitimni xal bo’lganligi prinsipi, farvord bitimlari va shartli bitimlar qo’yilgan. 
Talablarga tomonlarning o’zaro roziligi prinsipida tashkil etiladi. Birja seksiyasida 
savdoni makler olib boradi. Dastlab u darhol sotish uchun taklif etilgan real 
tovarlar bo’yicha savdo olib boradi. So’ngra farvord bitimlari tuzish takliflarini 
muhokamaga qo’yadi. Xar bir seksiyada tovarlar savdoga quyidagi tartibda o’tadi. 
Farvord bitimlarini tuzish uchun takliflar muhokamasi bir muncha farq 
qiladi. Bunday holda makler yig’ilganlarga farvord bitimi tuzishini va shu tovarni 
tavsiya etgan brokerlik idorasi nomerini e’lon qiladi. Shundan so’ng sotuvchi 
broker seksiya markaziga chiqadi va bir necha daqiqa davomida yig’ilganlar bilan 
ularni qarshi takliflarini muhokama qiladi. Agar xaridor bilan sotuvchi 
bir-birlarini topgan bo’lmasalar, ya’ni bitim tuzuvchi tomonlar aniqlangan bo’lsa, 
unda maklerning vazifasi faqat og’zaki rozilikni belgilab qo’yishdan iborat bo’ladi, 
bitim tuzishdagi ishtirokchilari esa tovarni yetkazib berish shartnomasini tuzadi 
va bitimni birjaning ro’yxat bo’lishidan o’tkazadi. Agar brokerlarni qarshi takliflar 
qoniqtirmasa, unda maklerni bo’ to’g’rida xabardor qiladilar, makler bu taklif 
muhokamasini oxiriga yetkazadi. Lekin qarshi takliflar ko’p tushib, muhokama 
mobaynida tomonlar bitimi aniqlanmay qarshi holatlar ham bo’lishi mumkin. 
Unda broker tezlik bilan o’z talabiga mos keladigan foydaliroq variantlarni 
aniqlash lozim: ya’ni xaridor – brokerni, topish maklerni bu to’g’ida xabardor 
qilish kerak. Makler tomonlarini og’zaki roziligini qayd qiladi. Agar broker 
shoshilmaydgan, og’ir bo’lib bitim tuzuvchi tomonlarni aniq topa olmasa, barcha 
takliflar ish birja muhokamadan o’tib bo’lgandan so’ng, uning tovarlarini 
muhokamasi davom ettiriladi. Bir tomondan, bu brokerga barcha takliflarni ya’ni 
bir bor chamalab o’ylab ko’rish imkonini beradi, ikkinchi tomondan u eng foydali 
xaridorlardan ayrilib qolishi mumkin, chunki ularni ham yo’lab ko’rish va boshqa 
tovarnisotib olish uchun vaqtlari bo’ladi. Agar bitim tuzuvchi tomonlar yana 
aniqlanmasa, unda muhokama kelasi birja kuniga qoldiriladi. «Shartli» bitim 
tuzish takliflarini alohida seksiyalarda muhokama qilish xududi shu tarzda 
o’tkaziladi, «Shartli» bitim tuzishning xususiyat shundaki, bunda broker 
seksiyada savdo kuni sotilib ketgan bo’lsa uni savdodan tushirishi mumkin. 


Ammo tovarni boshqa seksiyada o’tkazish tshlari faqat savdo ishlari bitgandan 
keyingina amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, sotuvchi va sotib olib oluvchi brokerlar birja ro’yxatdan 
o’tgan vaqtdan boshlab bitimga kelishadilar. 
Demak, broker-oldi-sotdi bitimlari tuzishida o’z mijozlarining topshirishiga 
binoan va ularning nomidan vositachilik xizmatini amalga oshiruvchi shaxsdir. 
Broker mijoz uchun ishlaydi. Brokerlik ishlarida muvoffaqiyatga 
erishmoqchi bo’lgan xar bir kishi bu quyidani yaxshi bilib olish kerak. Broker to’liq 
ravishda mijoz hisobidan, uning o’z nomidan ish olib berish, bilim tuzish mumkin. 
Amalda broker bilan mijozlarning o’zaro munosabatlari quyidagi xujjatlarni 
o’tkazishni taqazo etadi: 
1. Buyurish shartnomasi: 
2. Komissiya shartnomasi: 
3. Ishonch qog’ozi: 
4. Bankning kafolat qog’ozi yoki bank ma’lumotnomasi: 
5. Brokerning mijozga hisoboti: 
6. Bor bo’lgan tovar bilan oldi-sotdi bitim tuzilgan bo’lsa tovarni yetkazib 
berish shartnomasi: 
7. Xabarnoma. Agar brokerlik xizmatlari o’zgarish ro’y bersa, mijoz bunda 
belgilangan muddatda xabardor qilinadi. 
8. Aloqa bog’lash shartnomalarini kelishish protokoli. Protokol shartlari 
bo’yicha broker mijozga kod belgilaydi va barcha shartnomalarning tepa chap 
burchagida ko’rsatilgan bo’ladi. Bu kommersiya ishlarini sir saqlash va mijozni 
broker bilan aloqa bog’lab turish imkoniyatini beradi. Buyurish shartnomasi va 
komissiya shartnomasida nimalar ko’rsatiladi? Broker birjada bitim tuzishda 
uncha sotish yoki xarid qilish topshirilgan tovar to’g’risida to’liq ma’lumotga ega 
bo’lishi kerak. Shuning uchun u mijoz bilan tovarning nomi, uni ishlab chiqargan 
korxona nomi, tovar miqdori va sifati, uni joylashtirilishi kabilarni kelishib olishi 
lozim. Agar tovar sotiladigan bo’lsa, broker va mijoz uchun tovarni saqlab turilgan 
joyi, unga xaq to’lash tartibi va shaklini yetkazib berish muddati kabilar 
shartnomada ko’rsatiladi. Agar broker birjada xarid qiluvchi sifatida chiqsa, unda 
shartnomada yoqtirgan tovar xillarini batafsil tafsilotini berish lozim. Bundan 
tashqari xaq to’lash shartlari ham ko’rsatiladi. Ish shartnomalarida mijoz broker 
uchun buyurish turlarini ham belgilaydi, yozadi. Masalan, u nimalarni buyurishi 
mumkin. 
Birinchidan, tovarni birja kunidagi bahoda sotish yoki olinishi kerakmi? 


Ikkinchidan, tovarni belgilangan narxdan yuqori bo’lmagan darajada sotish 
yoki olish kerakmi? 
Uchinchidan, yoki narx ma’lum darajada oshganda sotilishi kerakmi, shu 
kabilar ko’rsatiladi. 
Shartnomada ko’rsatiladigan yana bir muhim bandi shuki, u ham bo’lsa 
majburiyatni bajarish kafolati. Shartnomani tuzish broker va mijozlarning 
rekvizitlarini, nomlarini, yuk jo’natuvchilarning manzilgoxlari va rekvizitorlarini 
ko’rsatish bilan tugallanadi. Broker birjada mijozning nomidan chiqib xarakat qila 
olishi uchun buyurish shartnomasiga ishonch qog’ozi brokerlik xizmati 
shartnomasini barcha muddatiga berilishi mumkin. Mijoz ishonch qog’ozini 
brokerga o’zini birjada qiziqtirgan barcha ishlarini ishonib topshiradi. Demak, 
broker birjada o’z nomidan va mijoz nomidan xarakat qilsa, buyurish shartnomasi 
tuziladi, agarda broker o’z nomidan mijoz uchun savdo bitimini amalga oshirsa 
komissiya shartnomasi tuziladi. Komissiya shartnomasi broker uchun katta 
erkinlik beradi. Lekin bu erkinlikni aks tomoni ham bor. U ham bo’lsa – 
javobgarlik va tavakkalchilik. 
Buyurish shartnomasi va komissiya shartnomasi ko’pincha tovarlar va 
kimmatli qog’ozlarga tuziladi. Hozirgi vaqtdan bizning tovar birjalarimizda 
ma’lumki bitimning ikki turi bor bo’lgan tovar bilan va «shartli» bitim ko’proq 
tuziladi. Broker uchun mijozni pul to’lay olishga kafolat berish muhim ahamiyatga 
ega. Bunday kafolatni bildirish uchun mijozni hisob schyotida pul mablag’lari 
birinchi to’g’risidagi bank ma’lumotnomasi yoki bankning kafolat qog’ozi 
brokerlik xizmatlari shartnomasini tuzishda muhim ahamiyatga ega. Kafolat 
ma’lumotnomasini tuzishda muhim ahamiyatga ega. Kafolat ma’lumotnomasi 
berilgan kuch ishonch qog’ozi tuziladigan kundan ilgari turishi zarur. Shunday 
qilib, mijozda ma’qullangan va o’zida barcha zaruriy kafolatlarni aks ettirgan 
shartnomani broker olib birjada mijozni barcha topshiriqlarini bajarish uchun ish 
boshlashi lozim. Tovarni sotish yoki olish bo’yicha topshiriqlarni bajarib, broker 
kelishilgan muddatda mijozga hisobot berishi shart hisobotga amal oshirilgan 
bitim bo’yicha kontragentning taklif etilgan tovarni olishi yoki sotishi to’g’risidagi 
xujjatlar qo’shib beriladi. Birjada kontragent shartnomasi bir brokerlik bilan
ikkinchi idora o’rtasida tuziladi. Bunday shartnoma oldi-sotdi shartnomasi 
hisoblanib haqiqiy tovar asosida bitim tuzilganda amalga oshiriladi. Sotuvchi va 
oluvchi brokerlar o’rtasida tezda tuziladigan bitim asosida tovarni iste’molchiga 
yetkazib berish shartnomasi tuziladi. Mijoz brokerdan hisobotni olgandan so’ng 
shu muddatda brokerga: 
1. Mukofot tuziladi: 
2. Birjada bitimni ro’yxatdan o’tkazish qiymatini: 


3. Bitimni yuklatilgan barcha majburiyatlarni bajarishi shart. 
Brokerlik xizmati shartnomalari amaliyotida ro’y beradigan xar qanda 
o’zgarishlarni inobatga olgan bo’ladi. 
Masalan, birja savdosi qoidalariga muvofiq tovar savdodan tushirilgan 
bo’lishi mumkin. Bunday hollarda broker mijozga kelishilgan vaqtda paydo 
bo’lgan muvaffiqiyatsizlikning sababini tushuntirish va qilingan xarajatlarni 
qoplash mumkinligini bildirib xabarnoma yuboradi. Shartnoma muddati 
tugamasdan avval, broker o’ziga bog’liq bo’lmagan sabablar tufayli topshiriqni 
bajara olmay qolishi mumkin. Bunday xolda broker mijozni xabardor qilishi lozim. 
Ko’rib turibsizki, bunda tavakkalchilik to’liq ravishda mijozning zimmasiga 
tushadi. Shuning uchun birja va brokerlik faoliyatini rivojlana borishi bilan shunga 
yarasha sug’urta qilish soxalari ham rivojlanish zarur. Brokerlik xizmatlariga 
tuziladigan shartnomada mijoz va brokerga yuklatiladigan o’zaro javobgarliklar 
qayd qilingan bo’lishi kerak. Ikki tomon ham birja faoliyatini tartibga soluvchi 
1992 yilning 24 iyulida O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq bitim
ishtirokchisi bo’lgan uchinchisi shaxs emas o’zlari javob beradilar. Broker o’z aybi 
bilan topshirishni bajarmasa mijozga jarima to’laydi. Shtraf shartnoma 
topshirishda miqdordan foiz hisobida to’lanadi va shartnoma avvaldan 
ko’rsatilgan bo’ladi. Amaliyotda ikki tomonning ham majburiyatni bajara olmay 
qolishning turlicha hollari sodir bo’ladi. Albatta, ularning sababi boshqa 
xususiyatlarini bilgan xoldagina oldi-sotdi masalalari aniqroq xal qilnadi. Agar 
mijoz tomonidan uch kun ichida to’lanmasa va birja xizmatlari bajarilmasa, 
bunday xolatda mijoz shtraf to’laydi. 
Diler - birja o’z nomi o’z hisobidan vositachilikni amalga oshiruvchi 
shaxsdir. Shunday qilib, bitimni tuzilishi, tomponlarini ya’ni oluvchi va sotuvchi 
brokerlarni og’zaki kelishuvi asosida maklerni bitimi asosiy parametrlarini 
birjadagi kartochkasini yozish bilan tugallangan hisoblanadi. Birja faoliyati 
to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunida ko’rsatilgan qoidalarga rioya 
qilishi zarur. Bu qoida birja a’zolarining umumiy yig’ilishi vakolat bergan 
birjaning boshqaruv idorasi tomonidan tasdiqlanadi. Birja savdo-sotig’i 
qoidalarida quyidagilar man etiladi: 
1. Narx navoni o’zgarishiga ta’sir ko’rsatish maqsadida bir shaxs tomonidan 
bevosita yoki soxta shaxslar orqali tovarlarni oldi-sotdi qilish: 
2. Birja savdo-sotig’i va qatnashchilari tomonidan kelishib turib, birjadagi 
kundalik narx-navoni o’zgartirishi yoki belgilab berish mumkin bo’lgan xar 
qanday xatti-xarakatlar: 
3. Bozor kon’yukturasini sun’iyo ravishda o’zgartirishga olib kelishi mumkin 
bo’lgan soxta ma’lumotlar tarqatish man etiladi. 



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling