Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
3-6 iqt im-20 N.Hojiyev-Birjalarning iqtisodiy mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Mintaqalar bo’yicha ko’rgazmalar
2. Milliy ko’rgazmalar u yoki bu mamlakatning mehmondo’stlik
industriyasining rivojlantirishga qaratilgan. Milliy ko’rgazmaning xalqaro ko’rgazmadan farqi shundaki, u katta maydon talab qilmaydi va bir mamlakat ichida, lekin har xil shaharlarida o’tkaziladi. 3. Mintaqalar bo’yicha ko’rgazmalar esa ham xalqaro, ham milliy forumlarning o’tkazilishiga o’xshaydi. Bunday ko’rgazmalarning eksponentlari bir mintaqa kompaniyalaridir. Tashkilotchi jihatidan ko’pincha yirik kompaniyalar tashkil qiladilar. Ishtirokchilarning tarkibiga qarab ko’rgazmalar uch xil bo’lishi mumkin: 1. Universal. Agar ko’rgazmada iqtisodiyotning har xil tarmoqlari qatnashsa; 2. Tarmoqlar bo’yicha, faqatgina mehmondo’stlik industriyasi haqida o’tkazilsa; 3. Maxsuslashtirilgan. Aniq bir tarmoqqa yo’naltirilgan, masalan, mehmonxona va restoran xo’jaligi, turizmning kongress-ko’rgazmasi va h.k. Maxsuslashtirilgan ko’rgazmalarda turistik mahsulotga bo’lgan qiziqish darajasi yuqori. Bular aniq bir mintaqaning turmahsulotini siljitishga qaratilgan bo’lishi mumkin yoki mijozning xoxish-istaklariga qarab ham bo’lishi mumkin. Mehmonxona ko’rgazmada ishtirok etish uchun marketing kommunikasiyalaridan to’g’ri foydalanib, o’zini ishini puxta o’rganishi kerak. Ko’rgazmada qatnashishdan oldin quyidagi savollarga aniq javob topish lozim: kompaniya qanday mahsulot taklif qilayapti va bu mahsulot narxiga mosmi? kompaniya qaysi mintaqalardan va qanaqa mijozlarni jalb qilishni xoxlayapti? Ko’rgazma ish jarayonini tashkil etish va korxonalar ishtirokini tashkil etish olti bosqichga bo’linadi: 1. Ko’rgazmada qatnashishi uchun firmaning prinsipal qarori. Ko’rgazmada qatnashish uchun mablag’ zarur va ko’pgina turfirmalarning bunga imkoniyatlari mavjud emas. 2. Ko’rgazma tadbirlarida qatnashish uchun firmaning aniq maqsadini aniqlash. Marketing maqsadlari quyidagicha bo’lishi mumkin: firma va uning mahsulotini taqdim etish; firmaning yuqori imijini shakllantirish; bozorni o’rganish; yangi bozorni izlash; bozorga mahsulotni olib kirish; yangi mahsulotga bo’ladigan talabni o’rganish; mijozlar safini kengaytirish; yangi hamkorlarni izlash; raqobatchilar taklifini o’rganish; raqobatchilarga nisbatan o’z mahsulotini o’rganish; kontraktlar tuzish. 3. Aniq bir ko’rgazmani tanlash va ko’rgazmada qatnashish uchun xodimlarni va kommunikasiyani tayyorlash 4. Tayyorlash-tashkil etish qadami. 5. Ko’rgazma jarayonida ishtirok etish. 6. Ko’rgazmadan keyingi tahlil xulosalari. Ko’rgazmaning yuzi bo’lib bu, ko’rgazma qiroli hisoblanadi. Shuning uchun ko’rgazma tadbirlarida ishtirokchining muvaffaqiyatini chiroyli bezatilgan stend ta’minlaydi. Potensial mijozlar uchun gazetadagi reklamani o’qish, ko’rish oddiy hol hisoblanadi, lekin ko’rgazmaga tashrif buyurif ko’rish bu taassurot qoldiradi. Bu esda qolarli bo’lishi uchun kerak bo’ladigan barcha kuch, tajriba, intelliktni ishga solish kerak. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, mehmonxona yoki turfirmaning ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishi uning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Asosiysi, bu to’g’ri tashkil etilib, kerakli joy va kerakli vaqtda, munosib tarzda ishtirok etish. Eng asosiy elementlardan biri to’g’rilikdir. Mijozning kutganidek. Ishonchni oqlash lozim. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling