Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Бошланғич синфларда интеграцияланган таълимни амалга ошириш методикаси (услуби)
Download 1.17 Mb.
|
integrasiya2020 ad03ba8ea4bf8544e616340ae4553036
3. Бошланғич синфларда интеграцияланган таълимни амалга ошириш методикаси (услуби)
Интеграция, интеграциялаш жараёнлари замонавий мактабга кириб келиб, фақат унинг мазмунини эмас, балки кичик мактаб ўқувчиларини экологик таълимининг ташкилий шакл ва услубларига ҳам фаол кириб боряпти. Ўқитувчи билим олиш жараёнини шундай ташкил этиши керакки, унда ўқувчилар кўпроқ мустақил изланишлари, ўз ҳаракат ва фаолиятларининг оқибатларини олдиндан билишга ўрганишлари, баҳс-мунозараларда иштирок этишлари, табиий ва ижтимоий муҳитни ободонлаштиришнинг амалий кўникмаларини эгаллашлари керак. Шунинг учун ўқиш вақтининг ярмини ўқувчилар табиат ва ижтимоий муҳитда ўтказишлари, амалий ижодий ва текшириш ишлари олиб боришлари керак. Бу вазифани таълимнинг турли шакллари бажариш мумкин: кузатишлар, тажриба ва синовлар ўтказиш, санъат асарларини қайта тиклаш, моделлаштириш, ижтимоий муҳитдаги ўз ҳаракат ва фаолиятлари натижасини кўра билиш, китоб билан ишлаш. Ўқитувчи дарс самарадорлигини оширувчи, математика, рус тили, ўқиш, табиатшунослик фанларини ўқитишнинг турли-туман усул ва шаклларига эга. Ҳар бир дарс ўқувчига илмий билим, тасаввур ва тушунчаларнинг маълум бир йиғиндисини бериши ҳамда тарбиялаш ва ривожлантириши керак. Дастурдаги материални улар дарс давомида ўзлаштиришлари керак. Бу ўқувчиларнинг ўқув машғулотлари билан ортиқча юкланмаслигининг муҳим шартидир, чунки яхши ўзлаштирилган дарс уй вазифасини бажариш учун кетадиган вақтни анча қискартиради. Бу ҳолатдаги асосий принцип: кичик мактаб ўқувчиларининг энг муҳим вазифаси – ўқиш, мустаҳкам билим олиш, дарсдаги вазифа эса ўқитувчи бошчилигидаги меҳнат. Бундан ташқари дарс ташкил қилишда, уни ўтказиш методларини танлашда бир хил қолипдан фойдаланиш. Дарсга тайёрланар экан, ўқитувчи биринчи навбатда унинг мақсадини англайди ва шу асосида дарснинг мазмуни танланади, асосий саволлар белгиланади. Бунда ўқитувчи фақат дарслик матнини гапириб бериш билан чекланмаслиги керак. Ўқувчиларни қўшимча материал билан кўмиб ташламаган ҳолда, уларга китобда йўқ мисолларни ҳам бериб бориши керак: турли шеърлар, бадиий асарлардан парчалар, мақоллар, топишмоқлар ва бошқа материаллар ўқувчиларда жонли қизиқиш уйғотади ва таъсирлантиради. Ҳар бир дарс мазмуни белгиланаётганда предмет ичидаги ва предметлараро алоқалар ҳисобга олинади. Дарснинг мазмуни белгилангач ўқитувчи қандай тасаввур ва тушунчалар унда ўз ривожини топишини, ўқувчи қандай билим ва кўникмаларга эга бўлишини аниқлайди. Дарснинг мақсади ва мазмунига мос равишда ўқитувчи таълим методларини танлайди. Дарсда ўқитувчи ва ўқувчининг фаолиятлари бир-бири билан узвий боғлиқ бўлганлиги сабабли, бу фаолиятларнинг аниқ босқичларини белгилаб олиш керак. Бутун дарс давомида синфнинг фаол ишлаши учун, усул ва воситаларнинг тўғри алмашинувини аниқлаб олиш керак. TA’LIM MAZMUNINI INTEGRALLAShNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI Bugungi kunda mavjud bo’lgan ta’lim amaliyoti, ayniqsa o’quv dasturlarini chuqur tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, ko’pgina mavzular turli o’quv fanlari tarkibida takror va takror taqdim etilmoqda. Bu o’z navbatida ijtimoiy buyurtma bilan ta’lim mazmuni hamda o’quvchi imkoniyatlari o’rtasidagi nomutanosiblikning vujudga kelishiga sabab bo’lmoqda. Ijtimoiy borliqning barcha jabhalari chuqur globallashayotgan va ularda muammolar yechilayotgan bir sharoitda o’zaro aloqador va bog’liq bo’lgan turli tushunchalar hozirgi davrda polifonik (ko’pqirrali) tafakkurli insonning har tomonlama mukammal rivojlanishi, kamol topishi va shakllanishiga aniq ehtiyoj bor. Shu bois olimlar, masalan, R.Pol ko’pqirrali dunyo monologik tafakkurli odamlar tomonidan o’zlashtirila olinmasligi, polimodal xususiyatga ega bo’lgan muammolar hajmining o’sib borishi fanlararo analiz va sintezni talab qilayotganligini ta’kidlamoqdalar. Ularni yechishda turli xil muqobil yondashuv va fikrlash shakllari o’rtasidagi mutanosiblikni izlash zarur. Qayd etilgan vaziyatlar hamda tashqi va ichki omillar integrasiya, pedagogika va ta’lim mazmuni rivojining yetakchi qonuniyatiga aylanish jarayonini aks ettiradi. Bu juda ko’p tadqiqotchilar tomonidan ham (A.S.Belkin, A.P.Belyayeva, M.N.Berulava, G.I.Ibragimov, V.D.Semenov, Yu.S.Tyunnikov, I.P.Yakovlev, R.Safarova, P.Musayev, R.Axlidinov) e’tirof etilmoqda. Ushbu dalillar o’zaro mutanosib tarzda qonunlar, me’yoriy hujjatlar, xalqaro va mahalliy ilmiy tadqiqot dasturlarida ijtimoiy buyurtma sifatida pedagogik integrasiya muammolariga doir qarashlarga e’tiborni kuchaytirishda aks etmoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Osiyo rivojlantirish banki bilan hamkorlikdagi loyihasi doirasida o’quvchilarda dunyoning yaxlit manzarasi, tabiat va jamiyat hodisalari hamda shaxslararo o’zaro aloqadorlik, muloqot madaniyatini shakllantirish maqsadida yagona pedagogik psixologik, uyg’unlik nuqtai nazaridan turli xil predmetlarni integrasiyalashning zarurli ayon bo’lmoqda. Ta’lim mazmunini integrasiyalashning muhim jihatlari pedagogika nazariyasi va amaliyoti darajasida yechilishi zarurligi yaqqol namoyon bo’lmoqda. O’zbekiston Respublikasida boshlang’ich ta’limning tasviriy san’at, tabiatshunoslik o’quv kurslari bo’yicha integrativ dasturlar yaratilgan. Xorijiy davlatlarda esa iqtisodiyot, ijtimoiy-gumanitar hamda tabiiy fanlar bo’yicha integrativ kurslar mavjudligi izlanishlar jarayonida aniqlangan. O’zaro hamkorlik, ijodkorlik tarmoqlari ustuvor ahamiyat kasb etayotgan hozirgi sharoitda kommunikativ muloqot jarayonlari butun dunyo bo’ylab dolzarblik kasb etmoqda. Integrativ dars, o’quv materiali, uyg’unlashtirilgan, kontekstli, tahliliy o’qitish kabi o’qitishning integrativ turlari va texnologiyalari jadallik bilan joriy etilmoqda. Ta’lim mazmunini globallashtirish va me’yorlashtirilgan o’quvchilarning o’zaro hamkorlikda bilim olishiga imkoniyat yaratishga xizmat qiladigan integrasiyalashgan o’quv dasturlarini yaratishga ehtiyoj sezilmoqda. Bugungi kunda ta’lim mazmunini integrasiyalash sohasida ma’lum qadamlar qo’yilmoqda. Mamlakatimiz va jahon pedagogikasida integrasiya muammolarini tadqiq qilishning boy tajribasi mavjud. 90-yillardan boshlab mamlakatimizda integrativ-pedagogik tadqiqotlarni o’tkazish jarayoni kuzatilmoqda. Ta’lim mazmunini integrasiyalashga oid tadqiqotlar (Yu.A.Kustov, M.N.Berulava, V.D.Semenov, L.D.Fedotova) bilan bir qatorda pedagogik integrasiyaga bevosita bog’liq bo’lmagan tadqiqotlarda ham mazkur masalaga muayyan o’rin ajratilgan (G.I.Ibragimov, I.Ya.Kuramshin, Yu.A.Kustov, Yu.S.Tyunnikov, R.Safarova, P.Musayev, H.Nazarova, R.Ahlidinov, I.Makuxina) So’nggi o’n yil mobaynida mazkur masalaga aloqador bo’lgan bir qator monografiya, ilmiy maqolalar. o’quv dasturlari chop etildi (V.S.Bezruxova, M.N.Berulava, V.D.Semenov, G.F.Fedorev, N.K.Chapayev, R.Safarova, P.Musayev, H.Nazarova, R.Ahlidinov). Ushbu masalaga, ayniqsa, xorijda katta e’tibor qaratilgan. Amerikalik A.Blum, Djerom Bruner, G.Vintrop, R.Gagne, Djeyms Rezerford, R.Slavin, R.Stivenson va boshqalarning tadqiqotlari bunga misol bo’la oladi. Olmoniyalik V.Bresinka, R.Vinkel, X.Deppe Volfinger, L.Klinberg, G.Noyner, K.G.Tamashevski, fransiyalik F.Best, bolgariyalik M.Andreyev, D.Lazerev, I.Santulov, chexiyalik Ch.Mazyaj, V.Roglichek, vengriyalik O.Mixay, A.Xorvat va boshqalar ham pedagogik integrasiya muammosiga murojaat qilganlar. Shuni o’zi ham ko’rsatib turibdiki, ta’lim mazmunini integrasiyapash juda serqirra, ijtimoiy-pedagogik, Amaliy ahamiyatga ega bo’lgan masalalardandir. Bu sohada tadqiqotlar olib borayotgan pedagogik olimlarning nazariy va amaliy jarayonlarni kuzatishlari natijalari quyidagilarni ta’kidlash imkonini berdi: 1. Ta’lim mazmunini integrasiya qilish masalasi metodologik, nazariy va amaliy yo’nalishlarda tadqiq etilishi kerak. 2. Ta’lim mazmunini integrasiyalashda quyidagi yondashuvlar muhim ahamiyatga ega: a) ta’lim mazmunini integrasiyalashning obyektiv asoslari, mezonlari, mohiyati va kategoriyalarini aniqlash; b) ta’lim mazmunini integrasiyalashning tarkibiy tuzilishi, instrumental-metodologik negizlarini izlab topish; v) integrallashgan o’quv-biluv jarayonini pedagogik jihatdan ta’minlashga xizmat qiladigan ta’lim mazmuni va texnologiyalarini belgilab berish. 3. Ta’lim mazmunini integrallashning konseptual asoslarini yaratish. Ammo, ta’lim mazmunini integrasiyalash nazariyasi va amaliyotida differensiasiya, analizatorlik, maydalanish, verbalizmning ko’lami kengaymoqda. Differensiasiya pressingi (iskanjasi) ham ta’lim mazmunini cheklab o’tmayapti, balki borgan sari ko’proq qamrab olyapti. Bu turli tushunchalarni o’quv dasturi va darsliklarda maydalashtirib o’quvchilarga taqdim etishda yaqqol ko’rinmokda. Ta’lim mazmunida tushunchalarning maydalanishi shu darajaga yetib keldiki, bugungi kunda har bir o’quv kursi mazmunida minglab ilmiy-nazariy tushunchalarni o’quvchilarga o’rgatish ko’zda tutilgan. Buni boshlang’ich sinf o’quv dasturlari va darsliklarida, hattoki, yuqori sinflarning fizika, kimyo, biologiya, geografiya o’quv fanlari misolida ham yakqol ko’rish mumkin. Ta’lim mazmunining yangi modellarini tanlashda bunga alohida e’tibor berish kerak. Global tushunchalar doirasida bir qadar aniq ilmiy atamalarni o’quvchiga taqdim etish zarurati paydo bo’lmoqda. Ta’lim mazmunini belgilashda bir tizim, soha yoki tarmoqqa oid o’quv fanlari mazmunini uyg’unlashtirishga erishishni nazarda tutish kerak. Bugungi kunga kelib didaktikada o’zaro bir tarmoqni tashkil etuvchi o’quv fanlari mazmunini unifikasiyalash, ya’ni uyg’unlashtirishga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligi bu muammoning nazariy jihatdan asoslanmaganligi yaqqol namoyon bo’lmoqda. Yuqorida ta’kidlanganlarga shu bugunga qadar o’quv fanlariaro sintezni amalga oshirish dastur va darslik mualliflarining ishi qabilida qaralganligi, bu muammoning aslida ko’pqirraliligi olimlar e’tiboridan chetda qolib kelganligini ko’rsatadi. Uning natijasida o’quvchilarda muloqot ko’nikmalari, muloqot matn yaratish, yozma fikr bayon qilish, loyihachilik ko’nikmalari sust rivojlanganligini ko’rish mumkin. Biz amaliy pedagogik faoliyatimiz natijasida o’quvchilarda chog’ishtirish, qiyoslash, differensiallash, uyg’unlashtirish, qarama-qarshi qo’yish, olingan bilimlarni amalda tatbiq etish, transformasiyalash, umumlashtirish, turli sifatli hodisalar. qarama-qarshi yondashuvlar, bilimlar, konsepsiyalar, shuningdek, tabiatning turli xil sintezlashgan birlashishlarini ifodalagan holatlar o’rtasida tutashishning umumiy nuqtalarini topish ko’nikmalarining juda sust shakllanganligidan darak beradi. Kuzatishlarimiz natijasida ayon bo’lishicha. o’quvchilar fikr ifodalash va voqyea-hodisalarni tasvirlashda individual hayotiy tajriba, falsafiy nuqtai nazar hamda ta’lim muassasasida u yoki bu o’quv fani bo’yicha egallanadigan bilimlarni uyg’unlashtirish usuliga juda kam murojaat qiladilar. Rokirovka, ya’ni o’quv fanlariaro aloqadorlik hamda ayni bir o’quv fanining ichida mavzulararo bog’lanish atamalarini muqoyasa qilish asosida uyg’unlashtirish va shunday ko’nikmalarni o’quvchida ham shakllantirib borish o’qituvchining muhim vazifasidir. Bularning barchasi o’zaro aloqador bo’lgan uch xil yondashuvni aniqlash imkonini berdi: a) o’quv materiallarining mazmunan bir butunligi, yaxlitligini ta’minlash. Bu jarayondao’quvchi shaxsi va integrasiyalashmagan bilim mazmunining o’zaro munosabatiga e’tibor qaratish lozim; b) o’quv fanlari tizimida integrasiya o’quv jarayoni rivojining yetakchi qonuniyati sifatida integrasiyalashuv tendensiyasining ustuvor ahamiyat kasb etishida namoyon bo’ladi: v) integrallashmagan o’quv jarayonida o’quvchining kuchi va vaqtini tejash, imkoniyatlarini safarbar qilish, o’quv-biluv jarayoni samaradorligini ta’minlash bir qadar murakkabligi ayon bo’lmoqda. Buni o’quv rejasida o’quv fanlarining miqdori tobora ko’payayotganligida ham ko’rish mumkin yuqorida ko’rsatilgan holatlarning kelib chiqish sabablari turlichadir. Shu bilan bir qatorda o’zida o’quv fanlari mazmuniga kiradigan barcha adekvat tushunchalarni jamlash imkonini beradigan pedagogik integrasiya konseptual modelini yaratishga kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Bu esa o’quv jarayoni samaradorligini ta’minlashning muhim omilidir. Bugungi kunga kelib integrasiyalashgan o’quv fanlari mazmunining ayrim modellari, pedagogik integrasiyaning parametrlari mavjud. O’quv fanlari mazmunini integrasiyalash jarayoni uzoq davrlar mobaynida dolzarb bo’lib kelayotganligiga qaramasdan, integrativ o’quv kurslarining tarkibiy tuzilishi, ularning amal qilish funksiyalari, mexanizmlari belgilab berilmagan. O’quv fanlari mazmunini integrasiyalashda quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 1.Amaliyot oilan bog’liq bo’lgan tushunchalar bevosita davr talablariga javob bera oladigan bilimlar bilan uyg’unlashtiriladi va ta’lim mazmunida xuddi shu tarzda ifodalanadi. Ta’lim samaradorligini oshirishda bir tipdagi tushunchalarni uyg’unlashtirish muhim ahamiyatga ega. Tahlil qilingan integrasiyaga bag’ishlangan 70 ga yaqin ishlarda 4, 5 tasinigina integrasiyaga mutlaqo alokador deyish mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, ta’lim mazmunini integrasiyalash muammosiga uzoq yillardan boshlab murojaat qilinayotgan bo’lsada, bu masala hamon o’z yechimini topmay kelmoqda. Integrasiyaga bag’ishlangan tadqiqotlar tarkibiy tuzilishi va yo’nalishi jihatidan turli-tumandir Kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatadiki. ularning 60-65 foizga yaqini integrallashgan ta’limni tashkil etishning shakllari va metodlarini yaratish muammosiga bag’ishlangan. 25-30 foizi institusional, shu jumladan, edukologik integrasiya masalalariga, qolgan 5-10 foizi boshqa muammolarning yechimiga qaratilgan. 2. Integrasiya turlaridan biri modullashgan integrasiya hisoblanib, uyg’unlashtirishning bu turi taqdim etilayotgan o’quv yuklamasining izchilligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, ta’lim mazmunida bilim, tushunchalarning integrasiyalashuvi turli o’quv predmetlarini o’zaro kesishuvini ta’minlaydi. 3. Ta’lim mazmunining asosiy negizini tashkil qiluvchi bilim, tushunchalarni yaxlit holda o’quvchilarga taqdim qilishda integrallashgan ta’lim jarayoni muhim ahamiyatta ega. Turli o’quv fanlari doirasida bilim. Tushunchalarni integrallashtirish natijasida turli tipdagi o’quv dasturlarini yaratish imkoniyati vujudga keladi. Bu esa o’z navbatida o’quv-biluv jarayonini samarali tashkil etishga yordam beradi. Bu shundan dalolat beradiki, integrasiya bilim, tushuncha uyg’unligida, aynan sof ko’rinishdagi tizimlar gneseologiyasi darajasida namoyon bo’ladi. Integrasiya o’quv fani doirasida bilim va tushunchalar sintezi sifatida namoyon bo’lar ekan, u ijtimoiy-madaniy sohadagi bilimlarni ham mujassamlashtiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, o’quv fanlari integrasiyasining bir butun konseptual modelini yaratish zaruriyati mavjud. Bunda pozitiv hamda negativ yondashuvlarni ajratib olish va ta’lim mazmunini integrasiyalashda ularning o’ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratish lozim. Shu nuqtai nazardan yondashgan holda ta’lim mazmunining integrallashgan modellari nazariy va amaliy bilim va tushunchalarning izchil tizimidan iborat ekanligini hisobga olib, modullashgan integrasiyaning afzalligini ko’rsatib o’tamiz. Integrallashgan ta’lim mazmunini nazariy-metodologik jihatdan asoslash pedagogik integrasiyaning konseptual-tadqiqot modelini ifodalovchi, o’zida real obyektning umumiy, haqiqiy jihatlarini jamlovchi hamda integrasiyaning o’zi singari, yaxlitligicha pedagogik nazariya va amaliyotning samarali rivojlanishiga imkon beruvchi evristik, umumiy nazariy, tarkibiy-morfologik va texnologik-metodologik yondashuvlarning integrallashgan tizimini aks ettiradi. Tadqiqotning yetakchi g’oyasi o’quv fanlarining integrallashgan mazmunini aniqlashdan iboratdir. Bu o’z navbatida o’quv rejasidagi davlat ta’lim standartlarini takomillashtirishni taqozo qiladi. Bundan tashqari o’quv dasturlari va darsliklarining yangi tipologiyasini vujudga keltirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. O’quv predmetlari tarkibiga kirgan bilim, tushunchalarning bir xilligi va o’zaro o’xshashligiga ko’ra uyg’unlashtirilishida namoyon bo’ladi. Ta’lim mazmunini integrallashtirish qay darajada amalga oshirilgan bo’lsa, tushunchalarning ontogenetik (o’ziga xosligi) va filogenetik (rivojlanish) xususiyatlari hisobga olinishi kerak. O’quv fanlari mazmunini integrallash o’quv jarayoni tarkibiy qismlari izchilligini ta’minlaydi. Integrallashgan ta’lim mazmuni vositasida bilim, ko’nikma va malakalarning rivojlanish darajasi aniqlanadi. Pedagogik izlanishlar shuni ko’rsatadiki, integrasiya asosda fanlarni o’rgangan o’quvchilar predmetli o’rgatishning chiziqli kurslarini qisqa muddatda o’zlashtirmoqdalar. Tez o’qitish maqsad qilib olinmaganligiga qaramasdan, undagi tabiat, mehnat, rasm, o’qish sohasidagi elementlar bu fanlarni tez o’rganishda umidli asos bo’lib xizmat qilmoqdalar. Pozitiv natijalar deb dunyo haqidagi ilmiy tasavvurlarning zamonaviy darajasiga to’g’ri baho berish; o’quvchi oldida olamning ko’p o’lchovli dunyo manzarasining dinamikida, to’g’ri bog’lanishlarda yaratiщsh, aylantirish; ko’rish gorizontlarini kengaytirish, o’zi uchun dunyoni qaytadan kashf etish, o’quvchi bilan muloqotdagi yangi metodik shakllarni izlash; turli mutaxassislarning faoliyatlarini muammolarni hal etishda birlashtirish, o’quv faoliyatidagi toliqishning oldini olish, yangi sifatli pedagogik natija olish, ta’limning yangi falsafasi bo’lishi, pedagogik jarayonning integrativ birligini aks etishiga aytiladi. Integrasiyaga qarshi fikrlar, muamolar tug’ilishi xavfi yaratilishi mumkin. Ayrim olimlar integrasiyani mexanik birikishga xavf tug’diradi deb hisoblamoqdalar. Ta’lim muassasalari rahbari ko’pincha integrasion kursning maqsad va vazifalarini aniqlashda kerakli o’quv dasturini tanlashda, o’qituvchilar malakasini oshirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shunday qilib, integrasiya ta’lim rivojlanishiga zamin yaratgan holda, har bir maktabda dolzarb muammo bo’lib qolmoqda. Ta’lim tizimi tashkilotchilari zimmasiga bu masalani to’g’ri yechishda kata mas’uliyat tushmoqda. Ta’lim mazmunini insoniylashtirishda asosiy mexanizm deb integrasiyani anglash qadriyatni, ya’ni zamonaviy maktabning rivojlanishida ilg’or tendensiyalar ahamiyatini aniqlashga imkon beradi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling