Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot


Download 1.01 Mb.
bet41/120
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1790386
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   120
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

Moliyaviy vositalar, umuman olganda, monetizatsiyalashgan real bazis, ekvivalent qiymat va xossalarga ega boʻlgan, maxsus iqtisodiy- huquqiy mexanizm bilan ta’minlangan, moliya bozoridagi munosabat- larni belgilovchi, moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlovchi, ma’lum shakllarda daromad kelti- ruvchi vosita sifatida har xil tur, shakl va mazmunlarda namoyon boʻladigan ham investitsion kapital, ham toʻlov vositasi, ham alohida moliyaviy tovardir.
Moliyaviy vositaning ekvivalentlik xossasi bevosita va bilvosita, real va nisbiy boʻlishi mumkin.
Moliyaviy vositalarning tovarliligi xossasi uni boshqa turdagi tovarlardan (koʻchmas va intellektual mulk, xomashyo va shu kabilar)
farqli kimningdir (iqtisodiyot subyektlari) tomonidan chiqarilishi, oʻziga xos moliya bozorida muomalada boʻlishi, unda maxsus funksiyalar va rolni bajarishi bilan belgilanadi.
Har qanday moliyaviy vositani u yoki bu belgi asosida tasniflanishining mazmuni uning oʻziga xos tomonlari va xususiyatlari bilan bogʻliq holda amaliy ahamiyati bilan belgilanishini hisobga olsak hamda agar koʻrilayotgan vosita turining kelib chiqishi, maqsadi va funksiyasi, uning bozor muomalasini bir-biri bilan taqqoslaydigan boʻlsak, albatta, sezilarli farq namoyon boʻladi. Masalan, pul va uni tovar toifasiga aylantiruvchi vositalar (kredit, chek, kartochkalar va h.k.) muomalasi uchun ularga xos boʻlgan moliya bozori segmentlari, mos ravishda, pul bozori, kreditlar bozori va h.k. zarur, valyuta uchun valyuta bozori, sugʻurta risklarini boshqarish xizmatlari uchun sugʻurta polislari bozori, qimmatli qogʻozlar uchun esa faqat fond bozori kerak. Moliyaviy vositalarning tovar sifatidagi asosiy maqsadlaridan biri foyda olish boʻlganligi uchun kapitalni (jamgʻarmani) orttirish bir vaqtning oʻzida kapital qoʻyilmalar uchun moʻljallangan bozor hamdir. Pul mablagʻlari moliyaviy vositalarning har qanday turiga qoʻyilishi (yoʻnaltirilishi) mumkin? Buning barcha holatlarida yoʻnal- tirilgan pul mablagʻlari vaqt mobaynida oʻz ortishiga (yoki zarariga)
ega boʻlishi, ya’ni foyda yoki zarar keltirishi mumkin.
Demak, moliyaviy vositalar moliyaviy resurslarni investorlardan iste’molchilarga tomon va aksincha yoʻnalishda harakat qilishini ta’minlovchi vositalar hisoblanadi.
Fond bozori vositalari investitsiyalash faoliyatini moliyalash- tirishda qoʻllaniladigan turli xildagi qimmatli qogʻozlar va ularning hosilalaridir. Investitsion maqsad va investitsiyalarni samarali boshqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli xossa va xususiyatlarga ega boʻlgan vositalar qoʻllanilishi mumkin.
Fond bozori vositalari vaqt oʻtishi bilan uzluksiz takomillashib borishi yoki qandaydir qoʻshimcha xossa va funksiyaga ega boʻlishi yoki mazmunan va shaklan oʻzgarishi tabiiy holatdir.
Muomalaga chiqarilishi maqsadi – toʻlov va pul aylanmasi (oboroti) uzluksizligini ta’minlash, investitsiyalarni jalb qilish va ular asosida daromad olish boʻyicha mos ravishda: pul-kredit siyosatini amalga oshirishning qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi moliyaviy vositalar (davlat va bank vositalari), qarz (davlat va
korporativ maqsadda) va ulush (korporativ maqsadda) munosabatlarini ifodalovchi investitsion moliyaviy vositalardir.
Segmenti boʻyicha: pul, kredit, valyuta, sugʻurta, lotereya oʻyinlari, qimmatli qogʻozlar (fond, kapital) bozorlari vositalari.
Bazisiga koʻra: pul, valyuta, sugʻurta, tovar (jumladan, xomash- yo), koʻchmas mulk, indeks, foiz stavkasi (kelajakdagi daromad), qim- matli qogʻoz, bazisli moliyaviy vositalar.
Iqtisodiyotning u yoki bu subyektiga koʻra: davlat boshqaruvi va hokimiyatlari, bank-kredit muassasalari, sugʻurta tashkilotlari, birjalar, nomoliya tashkilotlari (korporativ) vositalari.
Chiqarilish muddati boʻyicha: qisqa va uzoq muddatli moliyaviy vositalar.
Milliyligi boʻyicha: milliy, xorijiy va xalqaro moliyaviy vositalar.
Iqtisodiy-huquqiy mazmuni boʻyicha: qarz va ulush munosabatlari hamda hosilaviy moliyaviy vositalar.
Iqtisodiy-huquqiy xossalariga koʻra: bazaviy va bazisli moliyaviy vositalar. Bazaviy vositalarga ulush va qarz munosabatlarini oʻzida mujassamlashtiruvchi emissiyalanuvchi (derivativlardan tashqari) va emissiyalanmaydigan qogʻozlar kiradi. Bazislilariga esa derivativlar (hosilaviy qimmatli qogʻozlar) kiradi.
Funksiyasi boʻyicha: investitsion vositalar (qimmatli qogʻozlar), banklarning moliyalashtirish vositalari (kredit, depozit, seleng, plastik kartochkalar, cheklar va h.k.), riskni moliyalashtirish vositalari (sugʻurta polislari), toʻlov vositalari (milliy va xorijiy valyuta, xalqaro valyuta, kvazivalyuta, birja kotirovkasiga ega boʻlgan valyuta sifatida oʻtuvchi oltin, platina, kumush, kamyob elementlar, qimmatbaho tosh- lar va h.k.), tovar taqsimlovchi vositalar (tovar varranti, konosament, ombor guvohnomasi va shu kabilar), garov qogʻozlari, lotereyalar.
Roʻyxatdan oʻtkazilishi boʻyicha: emissiyalanuvchi (aksiya, obligatsiya, deriktivalar) va emissiyalanmaydigan (bank sertifikatlari, cheklar, xususiylashtirish jarayonida qoʻllaniladigan vaucher va ku- ponlar, veksellar, ombor guvohnomalari, konosament, garov qogʻoz- lari va h.k.) vositalar.
Muomalaga chiqaruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga koʻra: davlat, munitsipal va korporativ moliyaviy vositalardir.
Egalik huquqini belgilash boʻyicha: taqdim etuvchiga egasini ismi yozilgan, orderli moliyaviy vositalardir.
Daromad turlariga koʻra:dividend beruvchi, belgilangan va suzuv- chi foiz stavkali, kuponsiz (diskontli), yutuqli moliyaviy vositalardir.
Toʻlov muddati boʻyicha: spot va muddatli bozor vositalaridir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, fond bozori vositalarining keng qamrovli ekanligi, investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida ularning xossa va xususiyatlari hamda investitsion maqsad asosida turli vositalardan foydalanish mumkinligini koʻrish mumkin.
Shunday qilib, moliyaviy vositalarga quyidagilar kiradi:
-pul mablagʻlari;
-boshqa korporatsiyadan olinadigan naqd pul yoki boshqa turdagi moliyaviy aktivlarni olish boʻyicha shartnomaviy huquq;
-moliyaviy vositalarni boshqa korporatsiya bilan potensial qulay shartlarda almashtirishning shartnomaviy huquqi.
Moliyaviy vosita - bir vaqtning oʻzida bir kompaniyaning moli- yaviy aktivlari va boshqasining moliyaviy majburiyatlari (qarz yoki kapital) koʻpayishi bilan amalga oshiriladigan har qanday shartno- madir. Pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar turlari, joriy operatsiyalar boʻyicha kreditorlik va debitorlik, ikkilamchi yoki derivativlar bilan ifodalanadigan asosiy moliyaviy vositalarni ajratib koʻrsatish mumkin. Bozorlarning 4 turi mavjud - valyuta, derivativlar, pul bozori va fond bozori. Ya’ni ularning har biri oʻzining moliyaviy vositalaridan foydalanadi. Pul olishingiz mumkin boʻlgan hujjatlarni sotish yoki oʻtkazish orqali amalga oshirish mumkin. Qimmatli qogʻozlar fond bozorida sotiladi va ular uning asosiy vositasidir. Darhaqiqat, bu maj- buriyatlarning muayyan turlari, ular orqali investitsiyaga mablagʻ
kiritiladi.
Qimmatli qogʻozlar bozori vositalarini ikkita katta kichik guruhga boʻlish mumkin:
-asosiy vositalar (ular tarkibiga obligatsiyalar va aksiyalar, veksel- lar, ipoteka kreditlari, bank sertifikatlari, bir soʻz bilan aytganda, oʻz- oʻzidan ma’lum bir narx aktiviga boʻlgan huquq mavjud boʻlgan barcha narsalar kiradi). Ular, shuningdek, joriy operatsiyalar boʻyicha kreditorlik va debitorlik qarzlarini oʻz ichiga oladi. Masalan, aksiya oʻz egasiga kompaniyadagi ulush huquqini beradi, veksel egasiga unda koʻrsatilgan miqdorni olish huquqini beradi va h.k.;
-hosilalar (opsionlar, veksellar, cheklar, fyucherslar va boshqalar). Asosiy moliyaviy vositalarga quyidagilar kiradi:
-kredit shartnomalari;
-bank depozit shartnomalari;
-bank hisobvaraqlarni yuritish uchun tuziladigan shartnomalari;
-pul talabini berishga qarshi moliyalashtirish shartnomalari (faktoring);
-moliyaviy ijara shartnomalari (lizing);
-kafillik va bank kafolati shartnomalari;
-kapital va naqd pulga asoslangan shartnomalar.
Ayni paytda zamonaviy vositalar paydo boʻldi, chunki bozor ishtirokchilarining aksariyati spekulyativ bitimlarni amalga oshirish orqali yuzaga keldi. Spekulyatsiya - bu iloji boʻlsa, katta miqdordagi foyda olishga imkon beradigan xavfli aktivlarga sarmoya kiritishdir.
Hosil boʻlgan moliyaviy vositalarning oʻziga xos xususiyati shundaki, ular boʻyicha majburiyatlarning umumiy miqdori bozorda muomalada boʻlgan asosiy aktivlarning umumiy miqdori bilan bogʻliq emas.
Hosil boʻlgan moliyaviy vosita quyidagi xususiyatlarga ega:
-uning qiymati bazaviy aktiv narxining oʻzgarishi (foiz stavkasi, tovar yoki qimmatli qogʻozlar narxi, valyuta koʻrsi, narxlar indeksi yoki stavkalari, kredit reytingi yoki kredit indeksi, boshqa oʻz- garuvchi) oʻzgarganidan keyin oʻzgaradi;
-uni sotib olish uchun narxlar bozor kon’yunkturasining oʻzgarishiga xuddi shunday ta’sir koʻrsatadigan boshqa vositalar bilan taqqoslaganda yetarlicha kichik boshlangʻich xarajatlarga ega;
-kelajakda hal qilinadi.



      1. Download 1.01 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling