9.3. Foydani maksimumlashtirish
Tadbirkorlik maqsadi foyda bo‘lar ekan, uni maksimumlash-tirishga intilmaydigan firma boOmaydi. Firma qisqa vaqtda oz foyda bilan qanoatlanishi mumkin, lekin uzoq davrda, u foydani mak-simumlashtirishga, ya’ni imkon boricha ko‘p olishga intiladi. Bunga intilmagan firma tez rivojlanib va boyib keta olmaydi. Foydani maksimumlashtirish, uning normasini, ya’ni rentablellikni oshi-rishni va kapitaini ko'paytirib ishlab chiqarish koOamini kengay-tirishni talab qiladi.
Foydaning maksimumlashtirilishi rentabelJik darajasi va kapita] miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda boladi.
Biroq buning o‘z sharti bor. Ma’lumki, erkin bozor bilan bog‘langan firma u yerda narxni o‘zgartira olmaydi, balki buni bor, deb qabul qiladi, chunki narxni firma xohishidan qat’iy nazar bozor-dagi talab-taklif belgilaydi.
Firma bozordagi narx bilan hisoblashgan holda foydani ko‘pay-tirishi mumkin. Buning uchun u mahsulotni bozor qabul qiladigan miqdorda chiqarishi va xarajatni pasaytirishi talab qilinadi. Foyda olish uchun o‘rtacha xarajatlar narxdan past bo‘lishi kerak, ya’ni Wo‘r
Jadvalga qarasak, narx (P bilan maijinal daromad (Dm) teng-ligini, ya’ni 40=40 ekanligini ko‘ramiz. Ishlab chiqarish ko‘payishi bilan jami daromad oshgan, lekin mahsulot chiqarish 4 birlikka yetguncha foyda manfiy bo‘lgan, ya’ni zarar ko‘rilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |