Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
«BOY BO‘LISH USULb Super mashina muborak boisin, boyib ketibsan, nima ish qilyap- j
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
«BOY BO‘LISH USULb
Super mashina muborak boisin, boyib ketibsan, nima ish qilyap- j san?' i - Men bankirman, bankim bor, do'stim. > ! Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiy tanlov qoidasiga asoslanadi. Nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish zarur, degan muammoni bozoming o‘zi hal qiladi. Bozordan keladigan signal (narx)ga qarab nima qilish aniqlanadi, shunga binoan resurslar taqsimlanadi va ishlatiladi. Faoliyat turi erkin tanlanadi, hamma ishlab topganini o‘zi oladi. Bozor munosabatlarining har bir subyekti, bu korxonami, davlatmi, ayrim kishimi — buning ahamiyati yo‘q, o‘z manfaatini ko‘zlab faoliyat yurgizadi. Ammo hech kim xohlagan ishini qila olmaydi. U bozor bilan hisoblashishga majbur, aks holda ishi yurishmaydi, daromad topmaydi, xonavayron bo'ladi. Ishlab chi-qaruvchi ham, iste’molchi ham nima qilish kerakligini bozordan bilib oladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zaro munosabatlar manfaatlarni ko‘zlagan holda o‘rnatiladi. Ish yuzasidan bo‘lgan munosabatlar (sheriklik) erkin shakJIanadi. Turli ishlab chiqaruvchilar bir-biri bilan manfaatli aloqa o‘rnatadilar. Bozorda esa xaridor bilan sotuvchi bir-birini erkin tanlaydi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) o‘z izmini o‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifatiga va narxiga qarab tanlab olish imkoniga ega bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi — narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, narx ayrim ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi tazyiqi ostida shakllanmaydi. Narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuviga binoan yuzaga keladi. Bozor munosabatiga kelishilgan narxlar xizmat qiladi. Ular esa pul bilan o‘lchanadi. Bozor iqtisodiyotining belgisi uning iqtisodiy mexanizmida raqobatning mavjudligidir. Raqobat iqtisodiy munosabatlar ishti-rokchilarining xususiy, o‘zgalarnikidan alohidalashgan manfaati borligini bildiradi, lekin bu manfaat yo‘lida kurash qabul qilingan qoidalarga rioya qilish asosida boradi. Manfaatlarni yuzaga chi-qarishning birdan bir yo‘li talabgir, ya’ni kishilar uchun zarur tovarlarni ishlab chiqarishdir. Raqobat moddiy va mehnat re-surslarini kam sarflagan holda ko‘plab va sifatli tovarlar ishlab chiqarishga undaydi. Shu jihatdan raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuchdir. Bozor iqtisodiyoti erkin bo‘lganidan u monopoliya (yakka hukmronlik) bilan chiqishmaydi. Monopoliya raqobatni cheklaydi, shuning uchun u ma’qui emas. Monopoliya turg‘un!ikni yuzaga 62
chiqaradi, tashabbusni chegaralaydi. Shu sababli bozor iqtisodiyoti u bilan chiqisha olmaydi. Mana shu jihatdan bozor iqtisodiyoti anti-monopol yo‘nalishga ega. Bozor iqtisodida manfaatlar to‘qnashganda raqobat yuz bersa, ular uyg‘unlashganda partnyorlik (sherikchilik) aloqalari paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi korxonalardan bir-biriga tovar va xizmatlarni yetkazib berishni talab qiladi. Shu sababli iqtisodiy aloqalar tasodifiy emas, balki muntazam tus oladi. Bu aloqalarni yuzaga chiqaruvchi omil o‘zaro ishonch hisoblanadi. Ishonch bor yerda partnyorlik paydo bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti ijtimoiy yo‘nalishi bor iqtisodiyotdir, ya’ni u pirovardida farovonlikni ta’miniashga qaratiladi. Bozorga kishilar turmushini farovon qiladigan tovarlar chiqarilgandagina tovar ishlab chiqaruvchilarning ishi yurishadi, aksi yuz bersa ular tovarlarni sota olmay xonavayron bo‘ladilar. Raqobat tovarlarni sifatli qilib, ko‘plab va arzon ishlab chiqarishga undaydi. Bozor ish qobiliyati bor kishilarni yaxshi ishlab, yaxshi pul topishga undaydi. Bozor tizimida boy boMish taqiqlanmaydi, ishlab pul topish qobiliyati esa har xil, shu sababli kishilar daromad jihatidan jiddiy farqianadilar. Aholi boy, o‘rtahol va kambag‘al qatlamlarga ajrati-ladi. Boy bo‘lish o‘rnak sifatida xizmat qilganidan bunga intilish ki-shilarda iqtisodiy faollik uyg‘otadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling