Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daviat muiki
- Iqtisodiy mexanizm — bu iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi barcha vositalarning majrauasidirki, bular boshqarishda qoilaniladi.
- An’anaviy tizim.
Jamoa mulki. Bu jamoaga birlashgan kishilarning umumiy mulki. Bu qavm-qarindoshlar, bir yerda istiqomat qiluvchi kishilar va ma’lum maqsad yoljda ko‘ngilli tarzda birlashgan kishilar mulki. Bu mulkdan daromad topishning asosiy sharti jamoa faoliyatida qatnashish hisoblanadi.
Daviat muiki — bu davlatga qarashii resurslar va yaratilgan mahsulotlarning, umuman boylikning davlat tomonidan o‘zlash-tirilishini bildiradi. Bu mulk davlat pay do bo‘lishi bilan vujudga keladi, ammo uning maqsadi va miqyosi o‘zgarib turadi. U xususiy va Jamoa mulkidan o‘sib chiqadi, ya’ni ularga tegishli moddiy va ma’naviy ne’matlar davlat tasarrufiga o‘tadi. Aytilgan mulk shakllari hamma tizimlarga xos bo'ladi, lekin ular turli qorishmada mavjud. Bu yerda mulk shakllarining nisbati ulardan qaysi birining ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Tizimni tavsiflovchi iqtisodiy munosabatlar mulkchilik bilan cheklanmaydi, balki xo'Jalik aloqalarining xarakteri, mehnat stimullarining qandayligi bilan ham ajralib turadi. Ulaming hosilasi esa iqtisodiy mexanizmdir. 57
Iqtisodiy mexanizm — bu iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi barcha vositalarning majrauasidirki, bular boshqarishda qoilaniladi. Tizimlar iqtisodiyotni boshqarish usullari bilan ham tavsif-lanadi. Bir yerda boshqarishning iqtisodiy zo‘rlash mexanizmi bo‘lsa, boshqa yerda guruhiy manfaatga intilish yoki individual manfaatlarni yuzaga chiqarish, ya’ni iqtisodiy rag‘batlantirish me xanizmi amal qiladi, yana boshqa yerda melinatga siyosiy-g‘oyaviy undash, moddiy emas, balki ma’naviy-ruhiy stimullarga urg‘u beriladi. Tizim, deganda uning tarkibida noiqtisodiy munosabatlarni, xususan, mafkuraviy munosabatlarru ham ko‘rish kerakki, ular siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa shakllarga ega bo‘ladi. Ammo ulaming har birida iqtisodiyot muhri bor. Turli tizimning o‘z iqti-sodiyotiga mos ravishda o‘z dunyoqarashi mavjud bo‘ladi. G‘oyasiz odam bo‘lmaydi, u ma’lum g‘oyaga rioya qilib ish tutadi. Demak, mafkurasiz tizim bo‘lmaydi. Bir tizimda mustabidlik va zo‘rlik g‘oyasi boisa, boshqasida erkinlik va demokratiya g‘oyasi, yana boshqasida davlatga tobelik va itoatkorlik g‘oyasi ustuvor bo'ladi. Mashhur Lngliz iqtisodchisi M. Keyns aytganidek dunyoni iqtisodchilar va siyosatchilar g‘oyasi boshqarib turadi. G‘oya e’tiqodning o‘zi bilan cheklanmay, ma’lum xatti-harakatlami keltirib chiqaradi. Iqtisodiy siyosat ham tizimga kiradi. Bu iqtisodiy sohadagi yoi-yo‘riq va chora-tadbirlar majmuasi boiib, ma’lum maqsadni ko‘zlaydi. Ular iqtisodiyotga ta’sir etish vositasi hisoblanadi. Iqtisodiy siyosatni davlat yoki ayrim mulk sohiblari yuritadilar. Bundan umumdavlat manfaati, individual yoki guruhiy manfaat ko’zlanadi. Demak, tizimlar qiyofasini bir qator belgUar shakllan-tiradiki, bular moddiy-ashyoviy, shaxsiy-insoniy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-g‘oyaviy belgilardir. Bulardan eng asosiysi ijtimoiy-iqtisodiy belgilardir. Ammo boshqa belgilarni ham nazardan qochirib bo’lmaydi, chunki ular ham iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi. Shu sababli tizimlarning asosida iqtisodiyot yotsa-da, ularni sof iqtisodiy holda emas, balki boshqa belgilar bilan ham tavsiflash zarur. 1. Iqtisodiy faoliyat har doim muayyan tizimlar doirasida kechadi. Bulardan har birining o‘z xususiyatlari bo’ladi. Yuqorida aytib 0‘tilgan belgilar asosida aniq tizimlar baholanganda ular uch tipga ajratiladi. Bu an’anaviy tizim, bozor tizimi va totalitar-rejali tizimdir. Bular orasidagi ilk bor shakllangan, eng ko‘hna tizim - bu an’anaviy tizimdir. J 58 ■/ An’anaviy tizim. Insonning iqtisodiy faoliyati dastlab mana shu tizimda yuz bergan. lining alomatlari sarqit sifatida uzoq saqlanib kelindi, hatto hozir ham onda-sonda uchrab turadi. Ал’апау1у tizim hukmron bo‘lgan davr g‘oyat uzun davrdir. An’anaviy iqtisodiyot —bu o4a zaif ishlab chiqarish omillariga tayangan, kam unumli natural ishlab chiqarishga, an’analar shakliga kirgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiyotdir. Aл’anaviy tizim ishlab chiqarish omillarining kuchsizligi, iqti-sodiyotda tabiiy resurslarning birlamchi boMishi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish faoliyati tabiatdan tartibsiz va hatto vaxshiyona foydalanishga asoslanadi. Iqtisodiyot g‘oyat resurstalab bo‘ladi, chunki resurslarning tejalishini ta’minlovchi texnologiya rivojlan-magan bo'ladi. Ishlab chiqarishda qo‘l mehnati ustuvor, tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalaniladi. Tabiatda mavjud energiya manbalari ishlatiladi. Dastlab tabiatda uchraydigan mahsulotlar terib olinib iste’mol qilinadi, so'ngra tabiatga tayanib mahsulotlar ishlab chiqariladi, mehnat unumdorligi g'oyat past bo‘lib, bu mahsulotiarni hammaga yetarli qilib ishlab chiqarish imkonini bermaydi, turmush darajasi past bo‘ladi. An’anaviy tizim dastlab jamoat mulki, so'ngra esa individual xususiy mullcka tayanadi. Jamoat mulki bu qon-qarindoshchilik asosida birlashgan yoki yagona hududda yashovchi kishilarning umumiy mulki hisoblanadi. Masalan, XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysi hududidagi xususiy yerlar hayot yerlari, deb qishloq jamoasiga qarashli katta yerlar paykal, deb nomlangan. Xususiy mulkning iqtisodiy jihatdan amalga oshirilishi meh-natga jismonan zo‘rlash, mehnatga iqtisodiy majburlash va nihoyat mustaqil ishlab chiqaruvchining erkin mehnat qilishi asosida yuz be-radi. Jamoat esa birgalikda mehnat qilishga asoslanadi. An’anaviy tizimga natural ishlab chiqarish xos bo'ladi. Natural ishlab chiqarish bu mahsulotiarni ishlab chiqaruvchilaming o‘z ehtiyojini qondirish uchun yaratiUshi bo'lib, bunda mahsulotlar onda-sonda sotiladi yoki barter qilinadi. Natural xo'jalik mayda, tarqoq bir xil tipdagi xo'jaliklarning massasidan, yakka dehqon, hunarmand, oOaviy, davlat va jamoa, yirik yer egalari xo'jaliklaridan iborat bo'lgan. Bu xo'jaUklarda ishlab chiqarish xomashyoni olishdan boshlab, to tayyor mahsulot iste’moligacha bo'lgan mehnat jarayonini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish agrar xarakterda bo'lgan, ya’ni uning asosini qishloq xo'jaligi tashkil etadi, sanoat esa uning qo'shimchasi hisoblanadi. An’anaviy tizimga iqtisodiy avtarkizm, ya’ni iqtisodiyotning o‘z qobig'iga o'ralib biqiq holda bo'lishi, iqtisodiyotning yopiqligi 59
xosdir, Avtarkizm o‘zini-o‘zi mahsulot bilan ta’minlab o'zgalar bilan kamdan kam aJoqa qilishdir. Bu barcha iqtisodiy jarayonlarni tor doira bilan cheklaydi. Ish kuchi va moddiy resurslar muayyan xo‘jalikka juda qattiq biriktirib qo‘yiladi va ko‘chib yurishdan mahrum bo‘ladi. Bu bilan iqtisodiy o‘sish yoilari ham to‘sib qo'yiladi. Bu tizimda ishlab chiqarishning kengayishi uzoq davrda, g‘oyat sustlik bilan boradi. Bu qo'shimcha resurslarni jalb etish hisobidan, ya’ni qo‘shimcha ish kuchi va tabiiy resurslarni ishlab chiqarishga kiritish hisobidan bo'ladi. Ishlab chiqarish hajm jihatdan juda kichik uning turlari esa oz bo'lganidan eng oddiy ehtiyojiarni qondirishga bo‘ysundiriladi. An’anaviy tizim konservativ, eskilikka moyil bo‘lib, yangilikni kamdan kam yaratadi, uning asriar davomida saqlanishi ham shunda. Unga o‘ta arxaik, ya’ni daqqiyunusdan qolgan inunosa-batlarxos bo‘lib, ularuzoq vaqtgacha saqlanib keiadi. Bu asriar osha avloddan avlodga o‘tgan iqtisodiy odatlar va ko'nikmalardan iborat boladi, ular uzoq vaqt saqlanib qolganidan an’analar shakliga ki-radi. Bu tizimning an’anaviy, deb atalishi ham shunda. Bu tizim g'oyat uzoq saqlansa-da, lining bag'rida sekin-asta bozor munosabati rivojlanib, yangi tizim paydo bo‘ladi. Bozor tizimi. Bu an’anaviy tizim 0‘rniga keluvchi yangi tizim-dir. U 0‘zining bir qator belgilari bilan o'tmishdoshidan ajralib tu-radi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling