Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet46/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

Darsning turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozlari: uyushiq bo‘lakli gaplar yozilgan ko‘rgazma, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Husnixat daqiqasi:
Bolalar, tabiatni asrang!
O ‘tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
III. Mustahkamlash.

1 -topshiriq.
Ekranda matn beriladi. O‘quvchilar matnni o‘qib, chiziqlar o‘rniga matn mazmuniga mos undalmalarni qo‘yadilar va matnga sarlavha topadilap.

Darslik bilan ishlash.
72-mashq. O‘quvchilar, ustoz, aka, buvi so‘zlarini undalma vazifasida qo‘llab, gaplar tuzing. Tuzgan gaplaringiz maqsadga ko‘ra qanday gap? Undalmalar qaysi gaplar bilan qo‘llangan?
73-mashq. Matnni o‘qing. Matnga sarlavha toping.
-Bobojon, men kaklikni Toshkentga olib ketsam maylimi? U Toshkentda zerikmaydi.
-Bilmadim, bolam. Kaklik salqin tog‘ havosiga o‘rgangan. Akram kaklikni uyiga olib keldi va dadasidan so‘radi: - Dadajon kaklik nega sayramayapti?
-Akram, unga tabiat va toza havo kerak. Qushlar qafasda sayramay qo‘yadi, ‒ dedi dadasi.
Akram qafas og‘zini ochdi. Kaklik ,,qiyq“ deb qafasdan chiqdi va uchib ketdi.
‒ Undalmali gaplarni ko‘chirib, undalmaning tagiga chizing. Undalmalarni tushirib o‘qing. Qanday o‘zgarish bo‘ldi?
‒ Undalmalar ifoda maqsadiga ko‘ra qanday gaplar tarkibida kelgan? Toza so‘zini qaysi so‘z bilan almashtirish mumkin?
74-mashqda e’lon namunasi berilgan. O‘quvchilarga namuna asosida e’lon yozish topshirig‘i beriladi.



Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling