IV. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
V. Uyga vazifa.
75-mashq. She’rni yoddan yozing. Undalmani topib, tagiga chizing. Qavsda gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turini ko‘rsating. She’rni ko‘chiring. Undalmani topib, tagiga chizing. Fikr kim yoki nimaga qaratilganini ayting. Ajratilgan gaplarning ma’nosini tushuntiring. She’rda qaysi so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
30
Darsning mavzusi: Nutq. Matn. (82-84-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: nutq, matn so‘zlariga izoh berish. Nutqning inson hayotida tutgan o‘rni, matnni ifodali, tinish belgilarga rioya qilib o‘qish, matnni qismlarga bo‘lish haqida ma’lumot berish;
FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay olish, tanlangan matnga sarlavha qo‘yib, reja tuza oladi, tuzilgan ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga rioya qilgan holda va xatboshi, imlo hamda husnixat qoidalariga amal qilib yoza olish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish;
TK3: kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish; TK4: o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish; TK5: milliy qadriyatlarni bilish;
rivojlantiruvchi: mashq matnlari orqali o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi, nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars
Do'stlaringiz bilan baham: |